Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Xushfe’llik. 
Ushbu axloqiy hatti-harakat me‘yoriylik nuqtayi nazaridan 
gʻoyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma‘lum ma‘noda undagi 
fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, 
xushfe‘l, shirinsuxan inson oʻzining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea 
sifatida qaramaydi, alam yoki gʻazab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga 
oʻtkazishga intilmaydi. Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada, oʻziga 
ham, oʻzgalarga ham koʻtarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning 
oʻtkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bagʻishlaydi. Jamiyat doimo 
ana shunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan oʻrnak olishga intiladi. 
Xushfe‘llik, shirinsuxanlik qay darajadadir koʻproq kishining ma‘lum 
bir insoniy tabiatga intilishi bilan bogʻliq boʻlsa, bosiqlik, kamtarlik, 
kamsuqumlik, aksincha, koʻproq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan, 
insonning oʻz gʻazabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; 
soʻzlagisi, biror-bir gap bilan oʻzini koʻrsatgisi kelib qolganda oʻsha istakni 
toʻxtata olishi kuchli irodani talab qiladi. Shu bois muomala bosiq, kamtarin 
etti oʻlchab bir kesish tamoyili asosida ish koʻrgan shaxslar oqil odamlar 
sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil boʻladilar. 
Xushmuomalalik. 
Muomalaning asosiy manbaini soʻz tashkil etishi 
barchamizga ma‘lum. Shuningdek, soʻz insonning botinidan chiqishi, inson 


489 
botinidan chiqadigan soʻzga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq, 
tashqariga chiqqan soʻz insonning oʻzini qulga aylantirib qoʻyishini doim 
ham bilavermaymiz. Ya‘ni ogʻizdan chiqqan yaxshi -yomon soʻz bevosita 
insonning ruhiyatiga oʻrnashadi: yaxshi soʻz bilan muomala qilinsa – 
yaxshilik topiladi, yomon soʻz bilan muomala qilinsa – yomonlik.
Xushmuomalalikijtimoiy ahamiyatiga koʻra xushfe‘llikka nisbatankeng 
qamrovlidir. U insonning ham hatti-harakati, ham muloqoti natijasida 
vujudga keladi. Xushmuomalalik oʻz ichiga muloyimlik, murosaimadora, 
ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi.
Shuningdek, xushmuomalalik qat‘iy tartibga asoslagan axloqiy me‘yor 
hisoblanadi: u oʻzgani ranjitmaslik, birovga yomon soʻz aytmaslik, bahs-
munozaraga kirishganda muxolifni hurmat qilish, qoʻrslik va chapanilikdan 
xoli boʻlish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish