Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar 
 
1.
Nikohni eng qadimgi axloqiy munosabat shakli sifatida qanday 
tasavvur qilasiz?
2.
Nikohning qonuniy va diniy jihatlari haqidagi fikringiz? 
3.
Oilaning 
psixologik, 
ijtimoiy-ma‘naviy 
muhitining 
farzand 
tarbiyasiga ta‘siri haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Oila nomusi va sha‘nini saqlashda ota-ona va farzandlar ma‘suliyati 
va burchlari haqida nimalarni bilasiz? 
5.
Milliy ma‘naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar 
haqidagi fikringiz? Uning yoshlar tarbiyasi, ma‘naviy-axloqiy kamolotiga 
ta‘siri haqida nimalarni bilasiz?
6.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma‘naviy, axloqiy
tamoyillarini shakllantirish deganda nimalarni tushunasiz? 
7.
Bugungi kundagi oilaviy ajrimlar va uning yoshlar axloqiy 
kamolotga salbiy ta‘siri haqidagi fikringiz?
1
O‗zbekiston Respublikasining Oila Kodeksiga sharhlar. - Toshkent: Adolat, 2000, -B. 11. 


485 
8.
Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
9.
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta‘minlashdagi oʻrni 
haqidagi fikringiz? 
15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar 
Axloqiy madaniyat
mohiyatiga koʻra inson ongining jamiyat bilan 
aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, oʻz xulq-atvorini jamiyat 
taraqqiyoti darajasiga bogʻliqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan 
axloqiy me‘yor, ideal hamda talablarni bajarishda ma‘suliyatni his etishi, 
ma‘naviy-axloqiy bilimlarning e‘tiqodga aylanishi va bu e‘tiqodlarning 
tizimliligi, 
mustahkam 
ma‘naviy-axloqiy his-tuygʻu va xislatlarni 
shakllantirish, oʻquvchi-talabalar tomonidan ma‘naviy-axloqiy xulq-atvor 
jamiyat a‘zolariga boʻlgan hurmat-e‘tiborni namoyon etuvchi mezonlardan 
ekanligining anglab etilishi, ma‘naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va 
boshqalarda namoyon boʻladi. 
Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida 
muhim oʻrin tutgani bois, bu masala azaldan etuk faylasuflar, allomalarning 
diqqat-e‘tiborida turgan. Chunonchi, oʻz asarlarida inson axloq normalarini 
egallasagina, ma‘naviy kamolotga erishishi mumkinligini, ta‘kidlagan Abu 
Nasr Farobiy. Axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida 
toʻxtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat a‘zolari bilan 
faoliyatda mushtarak-mutanosib boʻlsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki 
ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini 
koʻp bor tilga oladi. 
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, 
jamiyatga va oʻz-oʻziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini 
ta‘kidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh 
unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib boʻlmogʻi kerakligini bayon etib, 
insondagi noxush axloqsizlik, badfe‘llik, avvalo, uning oʻzi uchun, qolaversa,
jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi. 
Shu bois jamiyat taraqqiyoti uchun zarur hisoblangan axloqiy 
qadriyatlarning egallanishi, insonning amaliy faoliyatda ularga amal qilishi - 
axloqiy madaniyatning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Axloqiy madaniyat, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy omillarga axloqiy 
tamoyillar amollar va qadriyatlar shakllanishi sharoitlariga bogʻliq boʻladi. 
Axloqiy madaniyat olamni ma‘naviy-amaliy anglashning zarur 
vositalaridan biri sifatida ma‘lum qadriyatlarga yoʻnalganlikni, faoliyat 
me‘yorlari va sabablarini, insonlararo munosabatlarning oʻziga xos 
shakllarini qamrab olgan holda, ularni asoslab beradi. Axloqiy madaniyatning 
muhim omili boʻlgan axloqiy ong oʻz navbatida u yoki bu holatda nafaqat 


486 
qanday yoʻl tutish kerakligini, balki vaziyat taqozo ettan vazifani qanday 
amalga oshirish zaruratini ham tushunishga imkon yaratadi. Axloqiy 
madaniyatga, avvalo, tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiya qilish mahsuli sifatida 
qarash, shu bilan birga, unga erishgan shaxs turli ijtimoiy muhitlar stixiyasi 
va favqulodda sodir boʻlgan hodisalar zarbidan oʻzini yoʻqotib qoʻymasligini 
ham ta‘kidlash joiz. 
Insonning goʻzal hayot kechirishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topa olishi, 
boshqalarning hurmat-e‘htiromiga erishishda muomala madaniyatining oʻrni 
kattadir. Insonning shirinsoʻzligi, uning tarbiyalanganidan guvohlik bersa, 
soʻzga boyligi, chechanligi, bilimdon va oʻqimishli, ekanligini koʻrsatadi. 
Goʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq soʻz, 
qoʻpol muomala inson qalbini larzaga soladi.
Donishmandlarning ―Yuziga boqma, soʻziga boq‖

degan hikmatlari 
ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyati fikriy 
goʻzalligini yaxshi , ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga 
chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bogʻlovchi,
yaqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning 
goʻzal hayot kechirishida, jamiyat orasida oʻz oʻrnini topa olishida, 
boshqalarning hurmat - ehtiromiga erishishda muomalaning oʻrni kattadir. 
Insonning shirinsoʻzligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, 
soʻzga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi uning oʻqimishli, bilimdonligini 
koʻrsatadi. Goʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha 
achchiq soʻz, qoʻpol muomala inson qalbini larzaga soladi. Sirin muomalada 
boʻlish ham katta san‘at. Shirin soʻz bilan kishining ishonchi va qalbini 
egallash mumkin. Soʻz, yuz va koʻz, tilning koʻrki hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham 
baho beriladi. Soʻz orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglasxiladi, muomala 
madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu-nasabi, ota-onasi
va ustozining bergan ta‘limi tarbiyasi namoyon boʻladi. Insonnning ichki 
dunyosi, Shaxsi, aqli va his-tuygʻulari uning tashqi qiyofasi – koʻzlari, 
chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va yurish-turishida toʻla aks etadi. 
Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal boʻlsa, yurish – turishi ham 
shunchalik madaniyatli boʻladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish