Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Transplantatsiya
–odam va hayvonlarda potologik jarayon natijasida 
shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini 
koʻchirib oʻtkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma‘lum. Teri, muskul, 
nervlar, koʻzning muguz pardasi yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va 
boshqa organlar koʻchirib oʻtkaziladi. Qon quyish-transplantatsiya‘ning 
alohida turidir. Koʻchirib oʻtkaziladigan toʻqima yoki organ kimdan 
olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi. Transplanta‘logiya – deyarli chorak 
million ogʻir kasalliklarga duchor boʻlgan insonlarga hayotlarini davom 
ettirish imkoniyatini berdi, lekin Shuning bilan bir qatorda bir qator axloqiy, 
huquqiy va ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Ushbu masalada 
muammo donorlik organlarining etishmasligidadir. Transpanta‘logiya- 
yashashga umid qolmagan, dori - darmonlar foyda bermagan insonlarning 
soʻngi chorasi va yashash uchun soʻnggi umidi boʻlib qolmoqda. Lekin ushbu 
muammo bugungi kunda koʻpgina jinoiy holatlarga ya‘ni, inson organlarini 
sotish jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni yechimining 
bugungi kundagi yangi yoʻllardan biri hisoblangan, insonga xayvonning 
organi yoki toʻqimasini koʻchirib oʻtish– ya‘ni ksenotransplantatsiyadir

Lekin, yaqin-yaqingaga u faqat nazariy jihatdan mavjud edi, chunki 
organlarning insondan –insonga koʻchirib oʻtilganda bir qancha muammolar 
mavjudki, hayvondan insonga koʻchirilganda ushbu muammolar bir necha 


515 
marta koʻpayadi. Afsuski, ushbu organlarning insonda qancha vaqt faoliyat 
koʻrsatishi mumkinligini hali hech kim bilmaydi. Ta‘kidlash kerakki, ushbu 
sohada ba‘zi muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilgan. 1963 yil K.Rimstma 
insonga shimponzening buyragini oʻtkazgan va u 9 oy mobaynida faoliyat 
koʻrsatgan. 
Gʻarb tibbiy bioetikasida diniy va dunyoviy qarashlarida keskin farq 
mavjud, chunki dunyoviy qarashlarda diniy qarashlarning ayrim jihatlari 
keskin tanqid qilinadi. Islom falsafasida esa tibbiy amaliy etika alohida 
yoʻnalish sifatida shakllanmagan, ammo axloqiy qarashlarning tibbiyotdagi 
ahamiyati, ilmiy izlanishlarda va amaliyotda uning ijobiy tomonlari tahlil 
etiladi. Musulmon sharqi mutafakkirlari insonning ruhiyati, qalbi va axloqiy 
–ma‘naviy tomonlarini tibbiyotdagi ahamiyatini alohida ta‘kidlaganlar va 
axloqiylikni tibbiyot ilmining bir boʻlagi sifatida qaraganlar. Al-Gʻazzoli 
tabiblarni insonning tanasini va ruhiyatini da‘volovchi ikki guruhga ajratadi. 
Ikkinchi toifadagi tabiblar insonning yuragini da‘volaydi, yurak bu erda 
nafaqat inson organi shuning bilan bir qatorda insonning oʻzligini anglashi 
va vijdoni deb ham tushuniladi. Al-Roziy esa ―tibbiyot‖ termini inson 
organizmini da‘volash va profilaktikasini anglanishini ta‘kidlaydi, ―tibbi 
ruhoni‖ ata‘masi esa insonning ma‘naviyati, axloqi va xulqini 
takomillashtiruvchi tushuncha sifatida tahlil qilinadi.
Hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yoʻnalishlaridan biri-inson 
hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, inson 
hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning 
muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika – etika tirik 
mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham boʻlgan munosabatlarning axloqiy 
regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma‘naviy 
tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik bioetika – 
etikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, sotsial masalalar bilan 
birgalikda, qadriyatlar muammosini 
ham qamrab 
oladi. Bioetika 
maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini 
yaratuvchi, inson hatti-harakati, ruhiyatini oʻzgartirish mumkin boʻlgan, 
uning ustidan oʻtkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini 
ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, 
huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar 
qatnashmoqda. Bioetik muammoning dolzarbla shuvi, ilmiy texnik 
taraqqiyot, biotexnologiya, irsiyat texnologiyasini rivojlanishi bilan bogʻliq 
boʻlib, tabiiy muhitni maqsadga muvofiq va tez oʻzgartirishda, insonga katta 
quvvat berdi. Tabiiy evolyusion jarayonlari uchun ilgari millionlab yillar 
kerak boʻlsa,endi inson bu jarayonlarni Qisqa vaqt ichida amalga oshirishi 
mumkin boʻldi. Irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya inson taqdiriga 
bevosita aralashib, irsiyatni dasturlashtirish, turli tirik organizmlar, irsiyat 
asosida yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalarini koʻtarib 


516 
chiqdi. Natijada, insoniyatning rivojlanishi, fiziologik jihatdan qayta oʻqish 
imkoniyatlarini, diniy tahlil etish muammolarini keltirib chiqardi. Irsiyatga 
qanday ma‘naviy mezonlarga koʻra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga 
asoslanib, aralashish muammolari Bioetika etikaning tadqiqot obyekti boʻlib 
xizmat qiladi.
Mazkur hodisa soʻnggi bir necha oʻn yillik ichida sof tabobat 
muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan 
a‘zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yoʻli bilan oʻtkazish orqali 
kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtayi nazardan qanday baholanadi, 
degan savol kun tartibida dolzarb boʻlib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida 
ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar 
tushuniladi, xolos. Bu unchalik toʻgʻri emas. Bizningcha, biologik axloq 
muammolari ikki yoʻnalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik 
olam sifatidagi katta biologik olamga boʻlgan munosabatlari bilan bogʻliq 
«tashqi», ikkinchisi - insonlarning «oʻz-oʻziga va oʻzaro munosabatlaridagi 
tibbiyot bilan bogʻliq ichki» axloqiy masalalar. 
Biz odatda «ekologik etika» deganimizda aynan birinchi hodisani 
nazarda tuta‘miz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya‘ni ekologik 
axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida oʻrganish maqsadga 
muvofiqdir. 
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar 
muhimligini hamma biladi, lekin oʻz bilganidan qolmaydi – muammoning 
murakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi 
mulohazalarimizda ekologik buhrohlarning ba‘zi koʻrinishlariga toʻxtalib 
oʻtdik. Biroq yana undan tashqari soʻnggi paytlarda jahon boʻylab sintetik 
jismlar ishlab chiqarishning keng yoʻlga qoʻyilganligi, hayvonot va ayniqsa 
oʻsimliklarning gabrid usulida yangi turlarining vujudga keltirilishi singari 
hodislar ham ekologik ahamiyatga ega. Xoʻsh, ular tabiat bilan silngishib, 
uygʻunlashib keta oladimi, tabiat ularni oʻziniki qila biladimi? Bunga hozir 
javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqori da aytib 
oʻtganimiz - muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning 
uzoqlashib» borishi natijasida ayon boʻlar?...
Abort. 
Amaliy etikaning anchadan buyon koʻpchilikka ma‘lum 
muammosi, bu – abort. Ma‘lumki, toʻrtinchi haftaning oxirida homilada 
dastlabki yurak urishi paydo boʻladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya 
tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday 
abort, xalq ta‘biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni 
tiriklikka boʻlgan huquqdan mahrum etishdir. Xoʻsh, abortni axloqsizlik 
tarzida baholash kerakmi yo yoʻqmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan «inson 
zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib koʻraylik. Ularda 
«yaxshilangan» - sogʻlom, kuchli intellekt egasi boʻlgan odamlar hujayrasini 


517 
ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» 
hujayrasi oʻrniga koʻchirib oʻtkazish tajribalarini olib borish moʻljallangan. 
Ular 
amalda 
tatbiq 
etilsa, 
asta-sekinlik 
bilan 
insoniyat 
irsiyat 
jamgʻarmasining bir yoqlama oʻzgarishiga olib kelishi shubhasiz.
Homila tushirish (abort) – vrachlar, siyosatchilar, yuristlar, faylasuflar 
va olimlarning bunday muhim qarorlar qabul qilish ma‘suliyati munosabati 
bilan koʻriladigan masala. Shuni qayd etib oʻtish kerakki, ayol barcha 
asrlarda ham oʻz farzandlarini oʻldirgan. Buning asosiy sababi – ayol oʻzi 
tugʻishi mumkin boʻlgan barcha bolalarni boqib katta qilishga jismonan qodir 
boʻlmagan. Qadimda yangi tugʻilgan chaqa‘loqlarga ancha shafqatsiz 
munosabatda boʻlingan, natijada faqat kuchlilar yashab qolgan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish