Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Estetika kategoriyalarining anʻanaviy va zamonaviy tasnifi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Estetika kategoriyalarining anʻanaviy va zamonaviy tasnifi 
Har bir fan oʻz maqomiga koʻra muayyan faoliyatning tadqiqot sohasi 
boʻlib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil 
qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga 


523 
qaratilgan boʻladi. Ma‘lumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan 
ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Chunki bu kategoriyalar (olam, harakat, 
makon, me‘yor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va 
h.k) insonni oʻrab turgan olamda sodir boʻladigan voqea-hodisalar haqida 
aniq xulosalar chiqarishga, ularni toʻgʻri tahlil etishga koʻmak beradi. 
Shuningdek, kategoriyalar insonga oʻz tevarak-atrofidagi olamni, voqea-
hodisalarning mohiyatini chuqur bilishga imkon beradi. Biroq ―Falsafada 
oʻrganiladigan kategoriya‘ning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi 
shundaki? - deyiladi ―Falsafa qomusiy lugʻat‖ida,- ular voqelikdagi narsa va 
hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan, 
balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga xos umumiy belgilar, 
aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. ... Falsafiy kategoriya 
voqelikni chuqur va mmukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida 
amal qilishi bilan oddiy tushunchalardan farqlanadi. Shu tufayli har bir 
konkret fan oʻzi oʻrganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda 
falsafiy kategoriyaga murojaat etadi.‖ Aytish mumkinki, kategoriyalar 
qandaydir oʻzgarmas tushuncha emas, aksincha ular doimo jamiyat va inson 
taraqqiyoti natijasida oʻzgaradi, takomillashadi. Shu bois zamon falsafasi 
katoriyalarni oʻrganish va ularga tizimli yondoshishni talab etadi. Estetika 
ham falsafiy fan sifatida oʻzining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika 
kategoriyalari (goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, 
kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq 
bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. Biroq estetika kategoriyalari 
nafaqat bilimning oshishiga xizmat qiladi, balki ayni paytda bilimni 
baholaydi ham. Shu jihati bilan estetika kategoriyalari boshqa falsafiy 
fanlarning kategoriyalaridan farq qiladi. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, 
estetika kategoriyalari nafaqat gnoseologik va ontologik mohiyat kasb etadi, 
balki ular qadriyatlilik mazmuniga ham ega. ayniiqsa, bu jihat goʻzallik va 
ulugʻvorlik kategoriyalarida koʻproq aks etadi. Zero, narsalar goʻzal va 
chiroyli, ulugʻvor va maftunkor boʻlgani uchun ham insonga qadrlidir. 
Uchinchidan, estetik kategoriyalarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ular 
mohiyat-mazmuniga koʻra umumiy va qamrovlidir. Bu xususiyatlar ayniqsa, 
estetik faoliyat va san‘at sohasida yaqqol koʻzga tashlanadi.
Falsafiy fanlar tizimida estetika kategoriyalarining nazariy taxlili va 
ilmiy oʻrganilishi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uch tamoyilga asoslanadi. 
Shuning uchun estetika kategoriyalarining oʻrganilish doirasi kengqamrovli 
boʻlib, bu masalaga estetika fanining qator bilimdonlari murojaat qilishgan. 
Bu borada rus nafosatshunoslari N.A.Dmitriev, V.V.Vanslov, L.N.Stolovich, 
O.Butkevich, Yu.B.Borev, D.D.Sredneg, A.F.Losev, V.P.SHestakovlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. 
Shuningdek, estetika kategoriyalarini tizimlashtirish masalasi gʻarb olimlari 
tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda ham kuzatish mumkin. Jumladan, 


524 
nemis psixologiya estetikasining vakili Ernst Meyman oʻzaro munosabatlar 
jarayonida kategoriyalarning sababiy bogʻlanishini estetik tasavvurlarning 
ikki jihatiga koʻra ajratadi. Birinchisi – obyektiv sharoitdan kelib chiqadigan 
dastlabki jarayonlar. Bular - goʻzallik, ulugʻvorlik, chiroylilik hamda 
ularning ziddi boʻlmish – xunuklik, tubanlik, pastkashlikdir. Ikkinchisi – turli 
xil obyektiv sharoitlarda yuzaga keladigan hamda bevosita psixologik 
jarayonlarga tegishli boʻlgan sharoitlardir. Bular – fojeaviylik va kulgililikdir. 
Italyan estetigi Morpurgo-Talyabue esa estetik kategoriyalarning ikkita turini 
ajratib koʻrsatadi: ontologik va ta‘sirchanlik (ekspressivnыy)/ 
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus 
nafosatshunos olimlarning qator tadqiqotlarida oʻrganilgan. ayniiqsa, 
E.G.YAkovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir 
qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U oʻzi 
ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruhga ajratadi. Bular: 1) 
obyektiv, 2) obyektiv-subyektiv, 3) subyektiv. Bu tizim ushbu jadvalda 
quyidagicha aks etgan: 
Nafosat 
Universal kategoriyalar 
Goʻzallik 
Estetik ideal 
San‘at 
Ulugʻvorlik 
Estetik did 
Badiiy obraz 
Fojeaviylik 
Estetik tuygʻu 
Ijod 
Ob‘ektiv 
kategoriyalar 
Ob‘ektiv-
subyektiv kategoriyalar 
Sub‘ektiv 
kategoriyalar
E.G.YAkovlevning fikriga koʻra, mazkur tizim shu turda yaratilgan 
boshqa tizimlardan oʻzining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-
estetik 
mohiyat 
kasb 
etib, 
moslashuvchanlik 
(subordinatsiya) 
va 
muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamoyilini mujassam etgani holda 
―ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar‖ga ega. ayniiqsa, 
V.P.SHestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish 
muammolari, kategoriyalarga oʻziga xos yondashuvning zamonaviy talqinlari 
hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi 
kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Faylasuf bu borada yuqorida 
nomlari 
tilga 
olingan 
estetika 
nazariyotchilaridan 
farqli 
oʻlaroq, 
kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik 
kategoriyalar, estetik kategoriyalar koʻrinishlari. Tadqiqot davomida mazkur 
turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki 
kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta 
umumestetik kategoriyaga ajratadi: goʻzallik, fojeaaviylik, kulgulilik, 
ulugʻvorlik va xunuklik. 


525 
Mazkur 
jadvalda 
V.P.SHestakov 
tomonidan 
tizimlashtirilgan 
kategoriyalarning umumiy koʻrinishi aks etgan: 
DASTLABKI KATEGORIYA 
Nafosat 
Goʻzallik 
Fojeaaviylik
UMUMESTETIK KATEGORIYALAR 
Kulgulilik 
Ulugʻvorlik 
Xunuklik 
ESTETIK 
KATEGORIYALARNING 
KOʻRINISHLARI 
Disgarmoniya 
Dahshatlilik 
Mubolagʻa 
Garmoniya 
Hazil 
Forigʻlanish 
Qahramonlik 
Ideal 
Latofat
Biroq ta‘kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari 
asosan goʻzallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim 
etilgan.Ammo, davrlar oʻtishi bilan bu anʻanaga oʻzgartirishlar va 
qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga Yu.B.Borev - ulugʻvorlikni, 
L.N.Stolovich - xunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, 
N.I.Kiyaщenko – qahramonlikni, oʻzbek olimlari T.Mahmudov uygʻunlikni, 
Abdulla She‘r qiziqarlilikni kiritdi. 
Shu oʻrinda Abdulla She‘r taklif etgan estetika kategoriyalari (mezoniy 
tushunchalari) tasnifi oʻziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga koʻra, barcha 
estetik tushunchalar uch guruhga boʻlinadi. Birinchisi, – mezoniy 
tushunchalar. Ular subyekt-obyekt munosabatlarida estetik obyektning 
xususiyatlarini subyektga ochib beruvchi, tashqi nafosat bilan bogʻliq eng 
qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir. Masalan, goʻzallik ulugʻvorlik, 
fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – subyekt – obyekt munosabatlarida subyektdagi 
estetik anglash muruvatlarini tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan 
bogʻliq estetikaning xususiy tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik 
mushohada, estetik did, v.h. Uchinchisi – san‘atning mohiyati, san‘at turlari, 
umuman, badiiy ijod biln bogʻliq estetikaning muayyan tadqiqot obyektlariga 
qaratilgan tushunchalar. Masalan, san‘at, ijodkor, dizayn janr, uslub v.h. Bu 
oʻrinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini alohida oʻqtirib 
oʻtish joiz. 


526 
Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni 
tizimlashtirish muammolari, koʻrinishlari va oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq 
qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar e‘tibor bergan 
boʻlsangiz, kategoriyalar tizimi qanday koʻrinishda boʻlmasin, ularning har 
birida goʻzallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda. Biz mana shu 
jihatga koʻra goʻzallik falsafasini tushuntirishdan avval goʻzallikning muhim 
mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini koʻrib oʻtishni 
maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit 
tizimini ishlab chiqish muammosi koʻp yillardan buyon olimlar e‘tiborini jalb 
etib kelayotganligidan maqsad ham goʻzallikning falsafiy, axloqiy, hatto 
siyosiy mohiyatini atroflicha oʻrganishga qaratilganligidadir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish