Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ulugʻvorlik va tubanlik kategoriyasining falsafiy mohiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ulugʻvorlik va tubanlik kategoriyasining falsafiy mohiyati 
Ingliz nafosatshunosi E.Byork goʻzallikni ulugʻvorlik bilan qiyoslaydi 
va ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. Olmon 
faylasufi I.Kant esa goʻzallik va ulugʻvorlikni uygʻunlikda rivojlanuvchi 
tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli oʻlaroq, faylasuf Xegel 
ulugʻvorlikni goʻzallikning bir koʻrinishi boʻlib, ulugʻvorlik – zohiriy 
goʻzallikning botiniy goʻzallikka aylanishidir, deb tushuntiradi. Mazkur 
fikrlardan ulugʻvorlik - insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy 
mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuygʻusini hosil 
qiluvchi estetik hissiyot majmui, degan fikr kelib chiqadi. 
Ta‘kidlash zarurki, ulugʻvorlik goʻzallik singari qamrovli tushuncha. U 
oʻzida hajm, miqdor, koʻlam va buyuklikni namoyon qiladi. Fridrix Shiller 
ulugʻvorlik qaygʻu va qoʻrquvni enguvchi va insonni ulugʻlab unga goʻzallik 
baxsh etishini tushuncha ekanligini uqtiradi. Buni u «axloqiy xavfsizlik» 
tushunchasi orqali izohlaydi. Chunki qoʻrquv va dahshatga qarshi borish 
uchun ham xavfdan xoli boʻlish lozim. Zero, jismoniy xavfsizlik bevosita 
shaxsning oʻziga tegishli boʻlib, insondagi qat‘iy ishonch bois xotirjam, 
xavfsiz. Biroq dahshatli yoʻqotishlar va mudhish qotilliklar qarshisida 
insonning xotirjamligi yoʻqoladi. Agar xavf insonning oʻzigagina 
yaqinlashsa-yu, u oʻzini hotirjam his qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan 
xoli; unga hech qanday xavf tahdid solmaydi. SHu bois «axloqiy xavfsizlik» 
din, e‘tiqod va abadiylikka daxldorlikni taqa‘zo etadi. Buni oʻzbek xalqi 
ma‘naviy merosida muhim oʻrin tutgan Ja‘loliddin Manguberdi, Temur 
Malik, Amir Temur kabi sarkardalarning, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo 
Ulugʻbek kabi olimlar hayotidagi ma‘naviy jasoratni asos sifatida aytish 
mumkin. ayniiqsa, Abu Muin Nasafiy islomiy xalqlarning zaiflashuvi va 
oʻzaro e‘tiqodiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda e‘tiqodiy masalalarda 
hujjatlari eng aniq keltirilgan manba‘lar asosida ―ahli sunna val‖ jamoa bilan 
unga xusumatlashgan boshqa firqalarning oʻzaro murosaga kelishini 
ta‘minlash yoʻlida koʻrsatgan ma‘naviy jasorati bunga misol boʻladi. Shunga 
koʻra, ulugʻvorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, 
bu muhokama goʻzallik muhokamasidan ustuvorroqdir, deyish mumkin. 


532 
Tabiatdagi ulugʻvorlik cheksiz osmon, purviqor togʻlar, yuksak 
choʻqqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va 
chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon boʻladi. Ular uzoqdan 
kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq ularga 
yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, joʻshqinlik egallay boshlaydi, 
ularni butunligicha koʻz bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu 
hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulugʻvorlik matematik va dinamik 
xususiyatga ega. Matematik xususiyatida hajm, dinamik xususiyatida kuch 
ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq ikkala xususiyat ham insonda kuchli 
hayrat va hayratlanish tuygʻularini paydo qiladi. Togʻlar insonni yuksak 
fikrlashga, buyuk gʻoyalarga undaydi: everestga Oʻzbekiston bayrogʻini tikib 
qaytishgan alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Odatda estetikaning asosiy kategoriyalariga ―zid‖, ―qarama-qarshi‖ va 
―teskari‖ tushunchalar tabiat, jamiyat munosabatlarida namoyon boʻlishi 
mumkin. Biroq estetika kategoriyalari orasida ulugʻvorlikning ziddi boʻlgan 
tubanlik bevosita inson va uning faoliyati bilan bogʻliq tarzda namoyon 
boʻladi. 
Tubanlik - insonda kuchli nafratlanish tuygʻularini hosil qiluvchi 
estetik kategoriya. U kishilarda salbiy his-tuygʻu paydo qiladigan 
xunuklikdan koʻra kuchliroq, ta‘sirchanroqdir: Shu bois uni xunuklik bilan 
aynanlashtirib boʻlmaydi. Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik 
tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib 
etadi. Daryoning suvi loyqalangani, koʻkalamzorlarga toʻkilgan axlat, 
qurbaqa, ilon xunuk koʻringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. 
Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qoʻzgʻatib yuborishi 
natijasida insonni tubanlashtiradi. 
Tubanlik kategoriyasi etika bilan estetikaning bir-biriga yaqin, uzviy va 
ajralmas ekanligini isbotlovchi tushuncha hamdir. Tubanlik etikada – xoinlik, 
sotqinlik, qotillik, vahshiylik kabi illatlar bilan bab-baravar mazmun kasb 
etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish