Oilaning psixologik muhiti
– bu oila a‘zolarining oilaviy
munosabatlarda, ijtimoiy muhit va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy-
psixologik faolligini umumiy koʻrsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik
muhit – bu oilaning asosiy koʻrsatkichi boʻlib, ijtimoiy jarayonlarda, ayniqsa,
oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy ta‘sirlarga qarshi tura olish qobiliyatida
aks etadi. Oilaning psixologik muhiti uning a‘zolarini hayot faoliyati
davomidagi oʻta keskin holatlarda ham, muammoli vaziyatlarni hal qilishda
yuzaga keluvchi bosiqlikni tavsiflaydi.
Bejizga xalqimizda ―Teng – tengi bilan‖ degan maqol bejizga
aytilmagan. Chunki, yoshlarni oilaviy munosabatga kirishganda ular qiynalib
qolmasliklari uchun: oilaviy qadriyatlarning bir-biriga mos kelishi,
oilalardagi rollarni er-xotinning funksional-rolli oʻzaro muvofiqlik boʻlishi,
ijtimoiy munosabatlarga moslashuvchan boʻlishi, oilaviy munosabatlarni
umrini oxirigacha davom etishiga intilish kabilar asosiy mezon hisoblanadi.
Oilaning psixologik muhitini ta‘minlashda ota-ona va farzandlarning
bir-birlariga boʻlgan samimiy iliq munosabatlari hamda shaxslararo
munosabatlarga ham bogʻliq boʻladi. shu bilan bir qatorda, ota-onalarda oila
haqidagi tasavvurlarning kengligi, ayniqsa bola tarbiyasiga doir bilim,
koʻnikma, malakalariga ega boʻlishi bilan belgilanadi.
Jamiyatimizda sogʻlom oilalar bilan bir qatorda nosogʻlom oilalar ham
mavjud. Nosogʻlom oila muhitini sogʻlomlashtirish uchun avvalo
quyidagilarga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, oilada ota-
ona bolalarning istak va qiziqishlarini oʻzlarining istak va qiziqishlariga mos
ravishda boshqara bilishi lozim boʻlsa, ikkinchidan, oilada har bir bolaga
ularning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, muomala
munosabatda boʻlishlari talab etiladi. Kattalarning xatosi tufayli yoshlar
notoʻgʻri yoʻldan yurishi – yolgʻonchi, gʻiybatchi, noshukur hamda hiylakor
boʻlib qolishi mumkin. Oʻzi tarbiyaga muhtoj ota-onalarni bolalar tarbiyasiga
salbiy ta‘sir koʻrsatishlari hammaga ayon. shundan kelib chiqib, bunday
oilalarni jamoatchilik qattiq na‘zoratga olishi, u oiladagi farzandlar
tarbiyasiga e‘tiborli boʻlishi maqsadga muvofiq.
―Bolalarni kattalarning aytadigan soʻzlari emas, ularning qilgan
amallari tarbiyalaydi‖
1
. Bola kichikligida kattalarga taqlidchan va itoatkor
boʻladi. Kattalar nimani buyursa shuni bajaradi, aytganlaridan chiqmaydi.
Katta boʻlgan sari aqli koʻp narsaga etadigan boʻlib boradi. Endi u ba‘zi
masalalarda kattalar bilan kelisha olmaydi, oʻz fikrida turib oladi. Buni
kattalar odobsizlik, oʻjarlik, oʻzboshimchalik deb tushinib, uni ja‘zolashga
harakat qiladilar, lekin bunday nohaklik bilan bola qalbi jarohatlanadi.
Natijada, ota-ona obroʻyiga putur etadi. Oqibatda ota-ona va bola oʻrtasidagi
mehr-muhabbat ishonchining yoʻqolishi kabi oqibatlarga olib keladi.
1
K. Yung. K.Kereni. Dusha i mif. Kiyev-Moskva, Port-Royal-Sovershenstvo.1997.B-114.
477
Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi ijobiy muomala munosabatlarini yuzaga
keltirish koʻp jihatdan ota-onalarning oʻz bolalarini, ularning fe‘l-atvori,
harakter xislatlari, qiziqishlari kabilarni bilishlariga bogʻliqdir. shu jihatdan
ham, har bir ota-ona eng avvalo, oʻz farzandlarini yaxshi bilishlari, xohish-
istaklari, psixologik holatlarini bilishlari va shu asosda muomala
munosabatda boʻlishlari lozimdir.
Oila va oilaviy munosabatlarning, shu jumladan ota-onaning ta‘sir
doirasi kuchliligini hisobga olib, eng avvalo mahalla oqsoqollari va keng
jamoatchilik nosogʻlom oila muhitini sogʻlomlashtirishga ota-ona xulqidagi
salbiy illatlarni tuzatishga harakat qilishlari lozim boʻladi.
Oilaning mustahkamligi oila a‘zolarining axloqiy tarbiyasiga bogʻliq.
Xalqimizda bejiz ―Sogʻlom turmush tarzi mustahkam oila garovidir‖deb
aytilmagan. Sogʻlom turmush tarzi deganda, biz nafaqat oiladagi Er va
xotinning bir-biriga boʻlgan munosabati, balki ulardagi axloqiy fazilatlar,
imonlilik, poklik, ha‘lollik, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, kabi axloqiy
me‘yorlarga amal qilgan holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani
tushunamiz.
Oilada eng asosiy narsa – bir-birini tushunish, qadrlash va
e‘zozlashdir. er-xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan
yopilib yurmogʻi lozim. Oilada ikki yosh bir butun boʻladi, muhabbat –
nikoh iplarini mustahkamlaydigan, axloqiy ma‘suliyatni yanada oshiradigan
hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini oʻzaro tushunib borishi natijasida
oilada moʻtadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar uygʻunligi tugʻiladi. Zero,
muhabbat faqat oʻzaro hissiy qoniqishgina boʻlib qolmasdan, munosabatlar
goʻzalligiga aylanadi.
Oila – bu kichik jamoadir. Unda oʻzaro muomalaning barcha
qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir-
biriga mehribon boʻlish, ayniqsa ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik
odatga aylanib borishi kerak. Ota - ona bolalariga namuna. SHuning uchun,
ular oilada axloq madaniyatiga toʻla rioya qilishlari shart.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa boʻlib, oilaning ichki
ishlariga hech kim aralashishga haqqi yoʻq. SHu sababli ham, oila muqaddas
va dahlsiz hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy,
iqtisodiy, mafkuraviy va ma‘naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular
ta‘sirida oʻzgarib boraveradi.
Oilalarda
nafaqat
oilaviy
munosabat,
balki
qon-qarindoshlik
munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan boʻladi. Bunday
oilada bobo, buvi, ota-ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin
quda-anda, qaynota-qaynona kabi oʻnlab qarindoshchilik darajalarini
bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl
oʻzagi namoyon boʻladi. Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda
qarindosh-urugʻlar bilan oqibatli boʻlib yashash, farzandlarni milliy udum,
478
qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tugʻiladi hamda ular
qarindoshlar orasida ham moddiy va ma‘naviy tayanch-suyanch boʻlib
yashashga odatlanadilar.
Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan
munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya
etadigan inson boʻlib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir
necha oila tarbiyalaydi. Oilaviy sharoit u yoki bu oila a‘zolarining kelajakda
hayotiga bevosita ta‘sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |