Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tushuncha tafakkur shakli sifatida
1.Tushuncha –
predmet va hodisalarni ularning umumiy, muhim 
belgilari orqali aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. 
Belgilar deb predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning 
birbiriga oʻxshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. 
Belgilar muhim yoki nomuhim boʻladi. Predmet belgisining muhim yoki 
nomuhim boʻlishi bilish vazifasiga va u bilan bogʻliq ravishda bizning 
predmetga qaysi jihatidan yondashishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, 
bir munosabatda muhim boʻlmagan belgilar boshqa munosabatda muhim 
boʻlishi mumkin. Masalan, kishining individual layoqat‘i uning qanday 
kasbni tanlashi uchun muhim boʻlsa, inson sifatida mavjud boʻlishi uchun u 
darajada muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma‘lum bir 
munosabatdagi muhim belgilari deyilib, obyektiv muhim belgilaridan 
(predmetning mavjud boʻlishi bilan zaruriy aloqada boʻlgan belgilardan) farq 
qiladi.
Demak, tushunchada predmet oʻzining muhim belgilari orqali fikr 
qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari boʻlishi 
mumkin. Masalan, «Gʻafur Gʻulom» tushunchasida predmetning umumiy 
belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari jihatdan 
(xususan, «Sen etim emassan» she‘rining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida 
e‘tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol 
obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, oʻzimiz yozib 
oʻtirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u toʻgʻrisida tasavvurga ega 
boʻlishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib boʻlmaydi. CHunki 
tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam 
tushunchasi oʻzida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, 
ularning har biriga xos boʻlgan individual belgilarni tashlab yuborib, 
umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. aynii paytda bu belgilar qalamni 
boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq
qildirib turadigan maxsus belgilar boʻlib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, 
uni toʻlaligicha aks ettira olmaydi. Bu ma‘noda u hissiy bilish shakllariga 
nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim 
belgilarini in‘ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish 
shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, toʻlaroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli oʻlaroq, inson miyasida 
toʻgʻridan toʻgʻri aks etmaydi. U ma‘lum bir mantiqiy usullardan 
foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, 
abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.


374 
Taqqoslash
yordamida predmetlar oʻzaro solishtirilib, ularning 
oʻxshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari 
aniqlanadi.
Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. CHunki, predmetlarni yaxlit holda 
solishtirib boʻlmaydi. Ular u yoki bu xossasiga koʻra taqqoslanishi kerak.
Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. 
Analiz 
yordamida predmet 
fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida 
oʻrganiladi.
Sintez 
tahlilga teskari usul boʻlib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, 
tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni fikran bir butun xoliga keltirishdan 
iborat. Sintez boʻlmasa, predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib boʻlmaydi. 
Analiz va sintez uzviy bogʻliqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan 
aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, 
nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa 
abstraksiyalash 
yordamida 
amalga oshiriladi.
Umumlashtirish
da predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim 
xususiyatlariga koʻra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada 
bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi soʻz bilan uzviy bogʻliq. Ular oʻrtasidagi 
aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning konkret tarzda namoyon 
boʻlishidir.
Tushunchalar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. 
Masalan, «talaba», «falsafa yoʻnalishi», «Oʻzbekiston milliy universiteti» va 
shu kabilar soʻzlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va soʻz aynan bir 
xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, 
ba‘zan bir tilda ham turli xil soʻzlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim 
va sinonim hodisalari soʻz va tushunchaning nisbiy mustaqil holda 
mavjudligidan da‘lolat beradi.
SHuni ham aytish lozimki, soʻzning koʻp ma‘noga ega boʻlishi ba‘zan 
fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. 
Shuning uchun ham fan va texnikada koʻproq terminlardan foydalaniladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish