Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Tushunchalar oʻrtasidagi munosabatlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tushunchalar oʻrtasidagi munosabatlar
Ob‘ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar oʻzaro aloqada 
boʻlganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham oʻzaro ma‘lum bir 
aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil boʻlib, ularni 


377 
aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan 
tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega boʻlgan, 
mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, 
«paxtakor» va «dehqon» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan 
tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada 
boʻlgan, koʻp hollarda moddiy yoki ideal boʻlishdan boshqa umumiy belgiga 
ega boʻlmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy 
progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «goʻzallik» tushunchalari 
taqqoslanmaydigan 
tushunchalar 
deb 
hisoblanadi. 
Mantiqda 
faqat
taqqoslanadigan tushunchalar oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlar oʻrganiladi. 
Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sigʻishadigan va 
sigʻishmaydigan boʻladi.
Sigʻishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, toʻlaligicha 
yoki qisman mos keladi. Ular oʻrtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, 
qisman moslik va boʻysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta 
predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar boʻlib, ular bir-
biridan faqat azmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«Inson», «Ongli mavjudot» tushunchalari xuddi shu munosabatda 
mavjuddir. Buni quyidagi tuzilma yordamida koʻrsatish mumkin:
A –Inson 
V – Ongli mavjudot 
Qisman 
moslik 
munosabatidagi 
tushunchalarning 
hajmi 
qisman 
umumiylikka 
ega. Masalan:
A – Sportchi.
V – Talaba.
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning oʻzida ham sportchi, ham 
talaba boʻlganlarni bildiradi.
Boʻysunish 
munosabatida 
tushunchalardan 
birining 
hajmi 
ikkinchisining hajmiga toʻliq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi.
Masalan:
A – Fan.
V – Mantiq.
А
В
A В 
A



378 
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri boʻysundiruvchi (A), ikkinchisi 
(V) boʻysunuvchi boʻlib, ular jins-tur munosabatida boʻladi. Jins tushuncha 
predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub 
predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu 
tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy harakterga ega. Har bir tushuncha 
oʻzidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan 
tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy gʻoya, , fikr tushunchalari 
oʻrtasida quyidagi nisbat mavjud: «gʻoya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga 
nisbatan tur, «milliy gʻoya» tushunchasiga nisbatan jins boʻladi.
Sigʻishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega 
boʻlmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni 
yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. 
Bu tushunchalar oʻrtasida ham uch xil munosabat bor: birga boʻysunish, 
qarama-qarsxilik, zidlik.
Birga boʻysunish munosabati quyidagi tushunchalar oʻrtasida 
mavjuddir:

A – Fan.
V – Mantiq.
S – Fizika.
Bunda «mantiq» va «fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan 
birgalikda «fan» tushunchasining hajmiga boʻysunadi.
Qarama-qarsxilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini 
istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi 
belgilarini aks ettiradi, ya‘ni biri predmetning ma‘lum bir belgisini ifoda 
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-
qarsxilik munosabatidagi tushunchalar oʻzlari boʻysunadigan tushunchaning 
hajmini toʻliq egallay olmaydi. Masalan, «baland boʻyli odam» va «past 
boʻyli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini toʻliq qoplay 
olmaydi. 

A – Odam. 
V – Baland boʻyli odam.
S – Past boʻyli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta 
xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan 
noaniq boʻlib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarsxilik 
munosabatidagi 
tushunchalardan 
farqli 
oʻlaroq, 
boʻysundiruvchi 
tushunchaning hajmini toʻliq qoplaydi.
B
C
B
C



379 
Masalan:
A – Odam.
V – e‘tiqodli odam.
S – e‘tiqodsiz odam.
A
Tushunchalar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish ularning mazmuni 
va hajmini aniqlashtirishga, ularni bogʻlab, bir fikr shaklidan boshqa fikr 
shakliga oʻtishga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a‘lochi» 
tushunchalari oʻrtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba‘zi talabalar 
a‘lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish