Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa 
kategoriyalarining tasnifi.
Har qanday fan obyekti va predmetiga 
yondashuvda oʻrganilishi kerak boʻlgan muammoning tushuntirishda ma‘lum 
tushuncha, me‘yor, jihatlar, oʻziga xos qonunlar va tamoyillari boʻladi. 
Masalan, fizika fani fizik qonunlar, massa, ogʻirlik, tezlik, kuch kabi 
tushunchalar bilan ishlaydi. Aksariyat qonun va tushunchalar bu fan tarixida 
chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bogʻlangan. Masalan, 
fizikada Isaak Nyuton, Albert Eynshteyn, Nikola Tesla va boshqa olimlar 
fizika sohasida muhim kashfiyotlar qilganlar. Matematikani esa Pifagor, al-
Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy kashfiyotlarisiz, qonunlarisiz tasavvur qilish 
qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy 
tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni oʻrganishdan 
avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. 
Agar 
qonun
falsafiy 
kategoriya 
sifatida 
narsa 
va 
hodisalar 
rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy 
takrorlanib turuvchi, ichki oʻzaro bogʻlanishlar, aloqalar, munosabatlarning 
mantiqiy ifodasi ekanligi boʻlsa, 
kategoriyalar
«izohlash», «tushuntirish», 
«koʻrsatish», degan ma‘nolarni anglatadi.Falsafa tarixida ularni birinchi 
boʻlib, Arastu ta‘riflab bergan. U oʻzining «Kategoriyalar» degan asarida 


262 
ularni obyektiv voqe‘likning umumlashgan in‘kosi sifatida qarab, 
turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar 
mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «oʻrin», 
«vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «a‘zob-uqubat». Bu turkumlashtirish, 
oʻz vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Keyinchalik 
Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» 
kategoriyalarini ham izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida 
oʻrganishni aynan Arastu boshlab berganligi e‘tirof qilinadi. Ma‘lumki, 
ungacha YUnonistonda koʻproqsiyosat va notiqlik san‘ati sistemalashgan, 
ya‘ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. CHunki oʻsha davrda qoʻshinni, 
mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati 
sirlarini bilish katta ahamiyatga ega boʻlgan. Ammo oʻsha davrlarda hali 
falsafa qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan 
tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida 
shakllantirilmagan edi. Arastu falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi 
marta sistemalashtirgan, ta‘riflagan va falsafani fan darajasiga koʻtargan. 
Oʻsha davrdan boshlab falsafa oʻz qonunlari, tamoyillari, kategorial 
tushunchalariga ega boʻlgan fanga aylangan. SHarqda bu masalaga Farobiy, 
Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.XVIII asrlarga kelib, 
falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. XVIII–XIX asrga 
kelib, xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, 
chegaralash), «miqdor» (birlik, koʻplik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya 
va mohiyat, sabab va harakat, oʻzaro ta‘sir), «modallik» (imkoniyat va 
imkoniyatsizlik, voqe‘lik va novoqe‘lik, zaruriyat va tasodif) tarzida 
izohlangan. Kantdan farqli ularok, Gegel mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» 
(sifat, miqdor, me‘yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» 
(obyektiv, subyektiv, absolyut Gʻoya) tarzida izohlagan. 
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlash-tirib 
aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) 
obyektiv vokelikning in‘ikosi; 2) narsa va hodisalarning oʻzaro bogʻlanish va 
aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va 
hodisalarning rivojlanishi bilan oʻzgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) 
borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy – mantiqiy bilish 
darajalaridan biri. Koʻpchilik mutaxassis-lar kategoriyalar olam, undagi narsa 
va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini 
ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qoʻsxiladilar. 
Bu ma‘noda borliq, voqe‘lik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va 
boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. 
Falsafada oʻz xususiyatlariga koʻra, 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish