Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

oʻz-oʻzini inkor etish tamoyili 
nihoyatda muhim. Bunda 
vorislik 

e
skining inkori vayangilikning 
shakllanishi sifatida namoyon boʻladi. Ana shu jarayonlarning doimiy 
takrorlanishi 
inkorni inkor qonunini
mohiyatini bildiradi. 
Mazkur qonunga muvofiq obyektiv voqeliqdagi narsa va hodisalarning 
rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi roʻy beradi. 
Biroq aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy 
tomonlar saqlanib qoladi. 
Inkor 
tushunchasi kundalik ongda «yoʻq», soʻzi bilan qoʻsxilib keladi, 
inkor qilmoq – «yoʻq» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin 
dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladgan tushunchadan farq qiladi. 
Dialektikada inkor qilish toʻgʻridan- toʻgʻri «yoʻq» degani emas, ya‘ni narsani 
mavjud emas, deb e‘lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yoʻqotib 
tashlamoq emas. 
Inkorni dialektik tushunish 
yangining eski bilan oddiy almashuvi 
boʻlmasdan, balki eskining bagʻrida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror 
topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: 
birinchisi, eskining oʻrniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon boʻlganligi 
uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, birinchi eski bilan 
vorisiy bogʻliq ekanligini ham ifodalaydi. 
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday atalishini 
izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta‘limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda 
ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir 
holatdan ikkinchi holatga oʻtib borishi va oqibatda, rivojlanish yoʻlida 
ekanligidan kelib chiqadi. 
Bu qonunga koʻra, har bir mavjud boʻlgan narsa va hodisalargacha 
boʻlgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shy bilan birga, ana shu 
narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitining oʻzgarishi, vaqtining oʻtishi bilan 
inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi va 
rivojlanishi hamisha ikki va undan koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi. 
Insoniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana 
shunday hol nazarda tutiladi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi 
davriylikning muayyan xalqasida, ya‘ni navbatdagi inkor bosqichida uning 
oldingi bosqichidagi ba‘zi belgilar miqdorlanadi. Masalan, don oʻsimliqdan 
yana donlarga aylanadi, keyinroq yana oʻsimlikka va hoka‘zo. 


261 
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot toʻgʻri chiziq shaklida 
emas, doira shaklida boʻladi, uning oxirgi nuqtasi boshlangʻich nuqtaga 
yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi 
boʻlmasdan, balki yuqori bosqichda sodir boʻlishi sababli taraqqiyot spiral 
shaklga ega buladi. Bu spiralning har bir yangi oʻrami oldingi oʻramiga 
nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi. 
Dialekgak inkor yangi bilan eski oʻrgasidagi bogʻlanishni Butkul rad 
qiladi, deb tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilgʻor boʻlmasin, u yoʻq 
joydan paydo boʻlmaydi, balki eskining qobigʻida asta-sekin shakllanadi. 
SHuning uchun ham koʻp hollarda eskidan yangiga oʻtilayotganda eski 
butunlay tashlab yuborilmaydi, SHuning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va 
rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski oʻrtasida vorislik 
mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va oʻzgaruvchanlikning 
birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan 
iborat. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida roʻy 
berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. 
YAngi jamiyatni barpo etishga qaratilgan oʻzgarishlar hamma narsani 
butunlay yoʻq qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti 
jarayonida erisxilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy yutuqlarni saqlab 
qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning 
asosiy tamoyili yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi toʻgʻrisidagi 
xulosada yaqqol oʻz asosini topgan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish