Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

«
juft kategoriyalar
»
deb ataladigan; 
umumiy bogʻlanish va aloqadorlik munosabatlarini ifoda‘lovchi tushunchalar 
ham bor. 
Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, miqdor va sifat, sabab va 


263 
oqibat, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqe‘lik
shular jumlasidandir. Ular 
narsa va hodisalarning muayyan yoʻnalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan 
barqaror, 
davriy 
takrorlanib 
turuvchi 
bogʻlanish 
va 
aloqadorlik 
munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, 
bogʻlanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining 
oʻzluksizligini ta‘minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. 
Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular narsa va hodisalarning 
rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda 
namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon 
boʻlayotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa 
hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon boʻlishidir. 
Alohidalik va umumiylik oʻrtasidagi bogʻlanish, aloqadorlik va munosabat 
«xususiylik» 
kategoriyasi 
orqali 
ifodalanadi. 
Birinchidan, 
bu 
kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi 
konkretlik boʻlib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», 
«umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini 
ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon 
boʻlishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining 
namoyon boʻlish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan 
xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka oʻtish tarzida yoki aksincha, 
izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va 
maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan 
farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish 
jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati boʻlsa ham, bu jarayon turli 
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun oʻziga xos boʻlgan 
modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash 
asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor strategiyasi va 
taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba‘zi falsafiy adabiyotlarda koʻrsatilganidek, yakkalikni 
muayyan xossa hamda xususiyatga ega boʻlgan narsa va hodisalarning 
makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib 
aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, 
individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan 
turgʻunlikka ega boʻlgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Xegel, 
alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning 
namoyon boʻlish momenti sifatida qaraydi. 
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning 
umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga 
kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Evropatsentrizm» 
ta‘limotlari toʻgʻrisida eslash kifoya). 


264 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida 
muayyan ichki birlik mavjud boʻlib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat 
oʻz oʻrni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat 
sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan 
siyosiy 
manfaatlarga 
asoslangan 
boʻlib, 
buyuk 
davlatchilik, 
shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida 
fashizm mafkoʻrasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi. 
Alohidalikni, umumiy 
qonuniyatlar 
targʻibidagi, 
elementlarning 
individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har 
qanday umumiylik, dastlab vokelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. 
Shunga koʻra, har qanday sistema oʻz targʻibidagi nisbatan yangi, alohida 
hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir boʻla olmaydi. Shunday qilib, 
alohidalik voqe‘lik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari oʻrtasidagi 
bogʻlanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, 
ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, 
umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon boʻladi. 
Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tolaqonli boʻlishini 
ta‘minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy 
munosabatlari oʻziga xos boʻlgan yoʻnalishlarini vujudga keltirgan. Ya‘ni, 
iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy 
munosabatlar umumiy madaniyat targʻibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy 
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan 
mustaqil yoʻnalishlarga asos boʻlgan. Bu madaniyat yoʻnalishlari nisbatan 
mustaqil boʻlsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va 
rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib 
chigkan boʻlib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», 
«sistema», «element», kategoriyalari oʻrtasida uzviy bogʻliqlik va muayyan 
farqlar mavjud. Ya‘ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va 
hodisalar rivojlanish jarayonidagi bogʻlanish, aloqadorlik munosabatlarining 
yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash boʻlsa, «butun», «qism», «struktura», 
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi 
bogʻlanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi 
nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida 
olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan oʻxshashlik boʻlishiga 
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda 
sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham boʻlishi mumkin. 
Umuman, narsa va hodisalarni targʻibiy jihatdan «butun», «qism», 
«element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa boʻlib, uning 
samaradorligini ta‘minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga koʻra, yuqorida 


265 
aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, 
balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish