O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi


partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#744285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Minglarov Avazbek. Kurs ishi. Globallashuv


partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim. 
Yaponiya, Suriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yakka etakchi partiyani o‘z 
ichiga olgan ko‘p partiyaviylik tizimining ham foydali ekanligi tajribada sinab 
ko‘rildi 
Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning 
ro‘yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‘yxati bilan taqqoslansa, iqtisodiy qudratiga 


19 
ko‘ra «Mitsiu» kompaniyasi 25-o‘rindagi «davlat» bo‘lar ekan, keyin esa: 
«Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «Su-mitomo» (36), «Toyota»(38) va boshqalar
7

Ba’zi tadqiqotchilar daromadlarning global konvergensiyasi haqida 
gapirishmoqdalar. Ular bu boradagi fikrlarini qashshoq davlatlarning iqtisodiyoti 
o‘zib ketgan holda, ya’ni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani bilan 
dalillaydilar. Haqiqatda esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar 
iqtisodiyoti boy davlatlarnikidan ko‘ra ancha past sur’at bilan rivojlanayotgan 
paytda, tez o‘sish faqat Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining (“Osiyo 
yo‘lbarslari” deb ataluvchi) kamsonli guruhi uchun xos. Ularning 
globalizatsiyadan oladigan foydasi juda kam, ko‘pincha esa nolga teng. 
Natijada nafaqat daromadlarning konvergensiyasi va tenglashtirilishi, 
balki ularning qutblanishi ham mavjud. 
 
 
7
Социал-демократия перед лицом глобальных проблем. М., 2000. с. 23. 


20 
II BOB. Globallashuv va lokallashuv 
2.1. Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri 
Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga 
aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‘proq ortda qoladi. Dramatik 
tarzda o‘sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik 
keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‘nggi 15 yilda 
aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod 
mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda 
yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me’yorlarga 
mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 
qismi esa to‘yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon 
iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. 
Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas. 
Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora 
darajasidagi o‘zaro bog‘liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy 
yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish 
yoki bo‘hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Dunyo bo‘yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib 
chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o‘zaro bog‘liqlik va 
aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi 
bo‘lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to‘qnashuv kelib chiqishi 
mumkin. 
Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar 
ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko‘pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro 
tashkilotlar qo‘liga o‘tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba’zi siyosatshunoslar 
globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko‘rmoqdalar. SHu 


21 
sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida 
ojizlik hissini tug‘dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg‘usi 
uyg‘otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya 
va millatchilikni qayta tug‘dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga 
kuchli sabab bo‘ladi
8
. Ko‘pincha ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiy rivoj topgan 
mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to‘siq bo‘ladigan hodisalar qatoriga 
kiritishadi. Ammo, e’tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko‘pchiligida 
ishsizlikning past me’yori va ish haqi past bo‘lgan davlatlarda ishsizlikning 
yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va 
texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko‘proq ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Globallashuv kengayib borishiga ba’zan uning ijtimoiy farovonchilikka 
xavfi to‘g‘risidagi afsonalarni bog‘lashadi. Biroq ijtimoiy farovonchilik 
darajasiga mutlaqo boshqa ta’sirlar — soliq siyosati, demografik tendensiyalar 
ancha ko‘proq ta’sir etadi. Shu bilan birga keyingi vaqtlarda ko‘pchilik 
rivojlangan mamlakatlarda o‘rta sinfning foiz ulushi kamayib borayotganini aniq 
dalil sifatida inkor etmaslik kerak. 
Nihoyat, globallashuvdan asosan muayyan davlatlarning tashqi 
siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni oqlash uchun foydalaniladi. 
Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy rivojlanish 
tendensiyalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasdan turib iqtisodiy xavfsizlik 
muammosini tadqiqot qilish mumkin emas. 
Bu tendensiyalarning asosiysi iqtisodiyotning globallashuvidir. Xorijda 2-
3-ming yilliklarda geosiyosiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishini tahlil qilarkan, 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov 
8
Mirziyoyev.Sh.M Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 
―O’zbekiston‖ . Toshkent.2017 


22 
quyidagicha izoh beradi. ”strategik vazifalarni hal etib jahon hamjamiyatida keng 
integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlat qurishni yaxshi tushunamiz. 
Chunki jahon xo‘jaligi bugunga kelib ko‘p qirrali bo‘lmoqda… XXI asr xalqaro 
munosablarda shak shubhasiz globallashuv asri bo‘ladi.”
9
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda ko‘rish 
mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, 
global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy 
korporatsiyalarning yuqori sur’atda o‘sganligi, kichik va o‘rta korxonalarning 
ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish 
mumkin. 
Shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘zgarishlarni 
Jahon xo‘jaligining transfarmatsiyasi bilan xalqaro raqobatning kuchayishi, 
kapitalning davlatlar va hududlar orasida erkin harakat qilishi, transmilliy 
kompaniyalar faoliyatini kengaytirish, xalqaro moliya – kredit munosabatlarni 
erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuv bilan amalga oshadi. 
Boshqa tomondan globallashuv rivojlangan mamlakatlarni jumladan 
Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham Jahon xo‘jaligi aloqalariga kirishga bir qator 
muammolarni ham tug‘diradi. Bu muammolar – milliy iqtisodiyotning tashqi 
ta’siridan himoyalanmaganligi, mamlakatlarni xorijiy bozorlarga chiqishdagi 
qiyinchiliklar, tashqi transport va informatsion aloqalarni rivojlanmaganligi 
hamda ularning xalqaro tizimlardan uzoqda joylashganligi, asosiy eksport 
tovarlariga Jahon narxlarining o‘zgarib turishi, globallashuv xo‘jaligi 
faoliyatining Markaziy Osiyoda atrof muhit va energetika holatini salbiy 
oqibatlarga olib kelishi bilan chambarchasi bog‘liqdir. 
9
Каримов И.А. “Ўзбекистон XXl аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва 
тараққиёт кафолатлари”- Тошкент “Ўзбекистон”, 1997 – б.288-289. 


23 
Iqtisodiyotda globallashuv tushunchasi erkin savdo, erkin kapital oqimi, 
ishlab chiqarish korxonlari daromad solig‘inng pasaytirilishi, mehnat va tabiiy 
resurslar xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarining 
davlatlararo erkin ko‘chishi kabi asosiy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olsada, 
quyidagi xususiyatlarni ham qamrab olgan: 
- Rivojlangan davlatlardagi kabi rivojlanayotgan davlatlarda uzluksiz ish 
haqi, narx va ishlab chiqarish daromadlarining bir biriga tenglashishi
10

- Ishchi kuchini kamaytirish va radikal restruktizatsiya qilish maqsadida 
mamlakat ichida va transmilliy doirada kompaniyalar sonining ortishi
- Internet tarmog‘i orqali moliyaviy axborotlarning butun jahon bo‘yicha 
tez tarqalishi va ishlab chiqarish korxonalarining ochiqligi; 
- Moliyaviy birjalarning ahamiyati ortishi; 
- Tovarlar reklamasining ko‘payishi; 
- Mahsulotning milliylik xususiyatlari yo‘qolib borishi; 
- Transmilliy kompaniyalarning soni va ahamiyati ortishi. 
Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda 
muttasil iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshishini ta’minlashdan iborat. 
Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro 
iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir 
qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.
11
Birinchidan, global bog‘liqik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo‘jalik 
tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan 
mamakatar va rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etish 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar 
10
Коротаев А. В., Халтурина Д. А. Современные тенденции мирового развития. М.: Либроком, 2009 
11
Mirziyoyev.Sh.M Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. ―O’zbekiston‖ . Toshkent.2017 


24 
eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan 
davlatlar o‘z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya 
mamlakat, ya’ni AQSH, YAponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% 
yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 
30% to‘g‘ri kelmoqda[8]. Jahondagi “katta ettilik” mamlakatlari (AQSH, 
Kanada, YAponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga 
yalpi eksport va importning qaryib yarmi to‘g‘ri kelmoqda. 
Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman 
yo‘nalishar, mezonlar bo‘yicha xilma-xil tarzda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, 
iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo‘llaniladigan “milliy bozor modellari”ni 
olib ko‘raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor 
modeli Yaponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila 
farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti institutlarining barpo etishda umumiy 
o‘xshashliklar bo‘lsada, ularni shakllantirish yondashuvi va yo‘llari turlicha 
bo‘lib kemoqda. 
Uchinchidan, erkin iqtisodiyotni barpo etishda xo‘jalik yuritishning jahon 
qoidalarini unifikatsiyalashga urinilmoqda, lekin bunda xalqaro tashkilotlarning 
harakatlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Chunki, har bir davlat iqtisodiyotini 
tartibga solish, uni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda 
o‘ziga xos vosita va uslublarni qo‘llamoqda. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish