14
1.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari
Globallashtirishning asosiy belgilari qanday? Ularga xalqaro mehnat
taqsimoti xarakteridagi sifat o‘zgarishlarini, TMK kabi jahon iqtisodiyoti
sub'ektlarining ta'mir doirasi va faoliyat qamrovining o‘sishini, global iqtisodiy
jarayonlarga moslashtirish maqsadida milliy va xalqaro darajada iqtisodiyotni
boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni, davlatlararo va nodavlat xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar tizimidagi vazifalarning o‘zgarishini kiritish mumkin. Xalqaro
iqtisodiy aloqalar xalqaro xo‘jalik mavjud barcha tarkibiy qismlarining muhim
shakliga aylanadi: hech bir, xatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan
chambarchas bog‘lanmagan, mutlaq etarlilik tartibida mustaqil rivojlana
olmaydi.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal
sur`atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan
nazorat o`rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu
jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham
etakchi o`rin tutadi.
Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global
ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro
firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo‘shimchasi o‘z nomi bilan –
TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va
sotadilar; ular g‘oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo
bo‘ylab tarqatadilar; ular o‘z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar,
bunda o‘z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar
deganda ko‘pincha, o‘z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda
nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh
kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho‘'ba kompaniyalar va filiallarni
15
investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo‘ladilar. Investirlashtirishning
bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli
investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida
pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni nazarda
tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning
hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK
maqomini olishning bir necha yo‘llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya
xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo‘lsa; 2) ular dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki
boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo‘lsa; 4) uning
ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko‘pgina turli mamlakatlardan bo‘lishi
kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab
chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo‘lishi mumkin.
Bundan
tashqari,
Xalqaro
kompaniyalar
statistikasi
ko‘pgina
murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o‘z faoliyatlari haqida
axborotlarni zo‘rg‘a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi.
Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida
ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida
aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi
kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda
aniqlash juda katta murakkabliklarni o‘zida mujassamlashtirgan, chunki
transmilliy
korporatsiyalarning
tashkiliy
tuzilmasi
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlardagi o‘zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o‘zgarib
turadi. TMKlar bo‘yicha BMT komissiyasi o‘z vaqtida transmilliy
kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:
Bu kompaniyalar:
16
- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq
mamlakat birligini o‘z ichiga oladi;
- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani
amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul
qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o‘zib ketuvchi
- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir
nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi
bilan majburiyatlarni bo‘lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o‘zaro
bog‘langan;
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko‘rinishi farqlanadi:
1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo‘yicha milliy (bosh
kompaniya bir mamlakatga tegishli bo‘ladi) va faoliyat doirasi bo‘yicha xalqaro
(investitsiyalar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).
2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo‘yicha ham, faoliyat
doirasi bo‘yicha ham xalqaro bo‘lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali
bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo‘ylab
amalga oshiriladi).
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab,
hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini
yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki
qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-
xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha,
2004-yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo
bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga
murojaat etsak, 1939-yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970-
yilda 7 mingtaga, 1976-yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi
mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan
17
16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi.
XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll.
tashkil etdi.
Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki
andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining
liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan
TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor
asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi).
Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat
manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.
Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning
barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning
iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda,
qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga
harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar
vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib
joylashadi.
TMKlar
faoliyatidan
tashvishga
tushgan
jahon
hamjamiyatini
tinchlantirish uchun 70-80-yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini
izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish
maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan.
Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda
bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi.
Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi:
- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar
axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;
18
- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va
ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab
olinishi xavfi;
- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli
yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;
- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning
yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday
hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;
Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi,
zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy
iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha
murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy
Yevropa, Yaponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o`tgan yo`li
shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol
tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat
tuzilmalariga birlashmog`i lozim.
Bitta partiyaning uzoq davr ustunligi kuzatilgan Yaponiya jamiyati ham
ko‘p partiyaviy tizimga kiradi. SHuning uchun bu mamlakatdagi tizimni bir
Do'stlaringiz bilan baham: |