35
Xulosa
Xulosa shuki, nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi —
alohida davlatlar — sub’ektlar tomonidan yer shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti
va siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga
oshirish imkoniyatlari
hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv
asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol global
(umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi.
SHu bilan birga, bunday
faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal bo‘lishi shart emas, balki
bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning
uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishlari sharti bilan).
Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir.
Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida
ham qarama-qarshiliklar
o‘zaro bog‘lanib ketgan. Shunga qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun
tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan uning yaxlit sifatdagi birligi
hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.
Hozir xalqaro tizimning o‘tish sifatida tavsiflanishi ham davom etmoqda,
yaqin va uzoq kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining)
turli variantlari
muhokama qilinmoqda, shu bilan birga, xalqaro munosabat ko‘plab turli rejadagi
omil va shartlarning ta’siri ostida rivojlanib borishi vaziyatiga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Globallashuvning eng katta muammosi “kim yutib chiqadi?” degan savol
bilan bog‘liq. Ustunlikning katta qismini amalda boy davlatlar yoki individlar
qo‘lga kiritadi. Globallashuv samarasining notekis
taqsimlanishi mintaqaviy,
milliy va baynalmilal hamda umumjahon miqyosida mojarolar xavfini tug‘diradi.
36
Mintaqaviy darajada ham, global darajada
ham institutsionallashuv
mavjud. Masala shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishishi
mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor
mintaqaviy sheriklikni
(xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) “mintaqalararo
globallashuv” sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy
tashkilot va kaolatsiya
ayrim muammolarning alohida bilim va tajribalaridan,
mintaqa ichidagi katta
legitimlilikdan foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini
sezilarli darajada bo‘lisha olishlari mumkin. Ammo,
global tashkilotlarning
alohida siyosiy legitimliligi tufayli va ular xavfsizlik chaqiriqlariga mintaqadagi
davlatlar samarali javob berishga qurbi etmagan yoki bu masalada siyosiy betaraf
bo‘lgan holatlarda ekstraregional aralashuv tizimini o‘zida ifodalagani uchun
mintaqaviy tashkilotlar global tashkilotlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.