General motors kompaniyasining yaralish tarixi - General motors korparatsiyasi bir nechta avtomobil ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish natijasida paydo bo’lgan. Korparatsiyani tashkil etuvchi komponiyalarning eng qadimgi kompaniyasi R.E. Olds tomonidan 1892-yilda Detroyt shahrida “olds Motor Vehicle Companiy”nomi bilan tashkil etilgan. 1903-yilda Uilyam Durant tashabbusi bilan “Olds Motor Vehicle Company” va “Buick” kompaniyasini o’z ichiga olgan “General Motors” korparatsiyasi tashkil etildi. 1909-yilda Cadillac va Oakland kompaniyalari ularga qo’shildi. 1917-1919-yillarda GM maxsulotining 90% i harbiy maqsadlarda edi. 1945-yilgacha GM 12,3 milrd dollarlik harbiy maxsulot ishlab chiqargan. 1950-yildan boshlab barcha markadagi avtomobillar avtomatik uzatish bilan mavjud bo’ldi. 21-asrning birinchi o’n yilligi oxirida GM ning moliyaviy axvoli yomonlashdi. 2009-yil 1 iyunda kompaniya bankrotlik to’g’risida ish yuritishni boshladi. Va Gm aksiyalari yirik hukumatlar, kasaba uyushmalari, yirik kreditorlar o’rtasida taqsimlanadi. Natijada 2009-yil 10-iyulda yangi GM Company mustaqil kompaniyasi tashkil etildi. Eski GM (General Motors Corporation) nomi “Motors Liquidation Company”deb o’zgartirildi.
Kompaniyaning iqtisodiy ko’rsatkichlari - GM Amerika kompaniyalarining eng yiriklaridan biri bo’lib, 2019-yil natijalariga ko’ra, konsern sotilgan avtomobillar soni bo’yicha dunyoda 3-o’rinda (7,74 mln dona) turadi. Ishlab chiqarish 35 ta mamlakatda, sotish esa 192 mamlakatda tashkil etilgan. Taqdim etilayotgan maxsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan daromadning beshdan bir qismi xarbiy buyurtmalarga xizmat ko’rsatadigan federal mijozlar sektoriga to’g’ri keladi.
- Aylanma daromad - 137.237 billion US$
- Operatsion foyda – 8.393 milliard US$
- Boyligi – 228.037 milliard US$
- Toza foyda – 6.732 milliard US$
Avtomobil markalari Hozirgi vaqtda General Motors avtomobil markalariga ega:Buick, Cadillac, Chevrolet, GMC va Holden. Ilgari ishlab chiqarilgan: Oldsmobile, Pontiac, Hummer, Saturn, Asuna, Acadian, Alpheon, Geo - Kompaniya boshqaruvida rais va bosh direktor yuqori darajali raxbariyatning boshqa a’zolari muntazam ravishda barcha hodimlarga xulq –atvor kodeksining muximligini ta’kidlab, har bir xodim qiyin bo’lsa ham to’g’ri ish qilishga intilishini ta’kidlab boradilar. Boshqaruvning barcha a’zolari, mansabdor shaxslari va xodimlariga treyninglar o’tkaziladi. Global etika va Muvofiqlik markaziga (GECC) bosh maslaxatchi yordamchisi va ijrochi Vitse- prezident va bosh maslahatchiga va bilvosita direktorlar kengashining Audit qo’mitasiga bo’ysinuvchi bosh maslahatchi rahbarlik qiladi. Muvofiqlik bo’yicha bosh direktor GM direktorlar kengashining audit qo’mitasiga muntazam yangilanishlarni taqdim etadi. GM barcha maoshli xodimlar va direktorlarga tegishli bo’lgan manfaatlar to’qnashuvini oshkor qilish jarayonini qo’llab-quvvatlaydi. Xodimlar mehnat faoliyati davomida kamida bir marta manfaatlar to’qnashuvi bo’yicha elektron so’rovnomani to’ldirishlariva shaxsiy sharoitlari o’zgarganda uni yangilab turishlari shart.
Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi - Kompaniyaning o’sish strategiyasi-bu boradigan joy uchun kompasdir. Kompaniyada innovatorlar g’oyalari chuqur qadrlanadi va epchillik muhim hisoblanadi. Kompaniya brendlari dasturiy ta’minotga asoslangan xizmatlarni ko’paytirish bilan birga jahon darajasidagi mijozlar tajribasini taqdim etishga e’tibor qaratgan. Ertangi kunga qarab hozir innovatsiya qilib, mas’uliyat va halollik bilan g’alaba qozonib kelmoqda.kompaniyaning maqsadi ilg’or plotformalar va ilg’or texnologiyalar, shu jumladan elektr va avtonom transport vositalariga ega global avtomobil portfeliga ega bo’lishdir. Shu jumladan kompaniya rivojlanish uchun xizmat qiluvchi strategiyasi bir qancha bosqichdan iborat:
- GM narxlari va narxlash strategiyasi
- Joylashuv va tarqatish strategiyasi
- Reklama strategiyasi
- Maxsulot strategiyasi
Xodimlarni boshqarish - General Motors AQSh da 88 400 dan ortiq xodim ishlaydi. 2020-yil 31-dekabr holatiga ko’ra, GM butun dunyo bo’ylab taxminan 155 000 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan. 87 000 (56%) soatlik ishchilar va 68 000 (44%) maoshli xodimlar. 2020-yilda AQSh xodimlarining taxminan 46 000 nafari (49%) kasaba uyushmalari vakillari bo’lgan, ularning ko’pchiligi xalqaro ittifoqi, Amerika Avtomobil, Aerokosmik va Qishloq xo’jaligi asboblari ishchilari (UAW) tomonidan taqdim etilgan. Xodimlarni boshqarishda kompaniya adolatli va siyosat yuritadi. Xodimlar o’z malakalarini oshirib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Kompaniya xodimlari bilan doimiy elektron so’rovnomalar o’tkazib turadi. Bularnin barchasi xodimlarining ijtimoiy sharotlarini o’rganib borish, ish jarayonida sog’lom muhitni yaratish, va albatta xodimlardam innavatsion g’oyalarni qabul qilish ish samaradorligini oshirish.
Kompaniyaning O’zbekiston amaliyotiga qo’llash mumkin bo’lgan jihatlari. - Bular quyidagilar:
- Korxona faoliyatini to’g’ri tashkillashtirish, innavatsion g’oyalarni ko’paytirish
- Jahon miqyosi darajasidagi sifatli maxsulot xizmatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
- Jahon tajribasiga e’tibor qaratish
- Xaridorlar talabini o’rganish
- Xodimlar orasida adolatli, inklyuziv jamoaga intilib, xavsiz, madaniyatli muhitni yarata bilish.
- maxsulotni to’g’ri narxlarda taklif qilish
- Marketingni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |