O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


-rasm  Smetalarning guruhlanishi



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana25.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#509241
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

3-rasm 
Smetalarning guruhlanishi
10
 
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi
11

yakka (individual) smetalar;
 

jamlanma smetalar;
 
9
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 51-son, 612-modda 
10
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash 
va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
11
2634-sonli
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini 
tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tayyorlandi 
Smetalarning guruhlanishi 
Xarajat 
manbalariga 
ko’ra
Amal 
qilishiga ko’ra
Muassasaning 
va tadbirning 
turiga ko’ra
Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar 
smetasi
 
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha 
daromad va xarajatlar smetasi
 
Vaqtinchalik smeta
 
Doimiy smeta
 
Yakka smeta (xarajatlar smetasi)
 
Jamlanma xarajatlar smetasi
 
Markazlashgan tadbirlar uchun smeta
 


17

budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar; 
 

markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
 
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan 
muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) 
joylashganyuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta’lim
muassasalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik 
litseylar mustaqil ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini 
yakka smeta asosida rejalashtiradi.
 
Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli 
davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va 
tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 
tashkilotlar bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli 
markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Budjet 
Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi – budjet mablag‘larini 
taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet 
mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar 
smetasi” hisoblanadi. 
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar 
smetasi) – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va 
tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu 
mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan 
holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks 
ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ularni 
ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli Nizom) bilan 
belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta asosida 
rejalashtiriladi.
 
“Budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha 
smetalar tuzadilar: 
-
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi; 


18
-
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish 
jamg‘armasi; 
-
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari 
jamg‘armalari; 
-
budjet tashkilotlariga undiriladigan to‘lovlar hisobidan shakllantiriladigan 
budjetdan tashqari mablag‘lar”
12
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar va 
hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda 
amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir 
uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki 
kiyim-bosh bilan ta’minlash, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari va 
anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik 
darajasida markazlashgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi. 
 
Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik 
muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy 
tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha 
esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – budjet tashkilotining (yoki budjet 
mablag‘lari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan 
o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi 
o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan 
ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi 
oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi 
va tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragida 
budjet tashkiloti tomonidan sarflangan budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan 
oshib ketmasligi shart.
 
12
2634-sonli
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini 
tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, 30-band. 


19
“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va 
budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya 
yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi”
13
.
 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda 
bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi 
birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning 
vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam 
bo‘lishi mumkin emas.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish