9
-
noishlab chiqarish sohasi moliyasi barcha jamiyat a’zolari uchun turli
xarakterdagi xizmatlar ko’rsatish jarayonida amal qiladi, bu xizmatlar asosan
muayyan to’lov evaziga yoki bepul ko’rsatiladi;
-
noishlab chiqarish sohasi faoliyatining moddiy asosi bo’lgan
noishlab
chiqarish maqsadlaridagi fondlarni sotib olish, yangilash, kengaytirish va
foydalanish – maqsadli pul fondlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan pul munosabatlari asosida
yuz beradi;
-
noishlab chiqarish sohasi mahsulotining moddiy emasligi va, shuning
uchun jamg’arilmasligi bilan xarakterlanadi,
bu holat mazkur sohada pul
mablag’lari harakatining o’ziga xosligini, pul fondlari shakllanishi va
ishlatilishining o’ziga xos tartibi va shart-sharoiti mavjud bo’lishini taqozo etadi;
-
noishlab chiqarish sohasida shunday maxsus moliya mexanizmidan
foydalanish lozimki, u aqliy mehnatni rag’batlantirishga,
uning samaradorligini
oshirishga hizmat qilsin.
Noishlab chiqarish muassasalarining bir qismi tijorat hisobi asosida ish
yuritsa, bir qismi notijorat asosida faoliyat yuritadilar. Bu faoliyatning pirovard
maqsadi - foyda olish bo’lmaydi, lekin ularning qo’shimcha daromadlarni jalb
qilish intilishlarini ham inkor etmaydi.
Notijorat muassasa va tashkilotlari quyidagi xizmatlarni amalga oshiradilar:
-
ijtimoiy xarakterdagi xizmatlar;
-
boshqaruv xarakteridagi xizmatlar;
-
jamoat tartibini saqlash;
-
mamlakat mudofaasi.
Rejali iqtisodiyot davrida bu tashkilotlarning
deyarli barcha xarajatlari
budjetdan moliyalashtirilar edi. Lekin bozor sharoitlariga kelib aholiga ijtimoiy
xizmat ko’rsatish darajasini oshirish maqsadida pullik xizmatlar sohasini
kengaytirish, tashkilotlarning xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga o’tishi
natijasida ular moliyaviy resurslari manbalarining tarkibi birmuncha kengaydi.
10
Iqtisodiyotning notijorat sektori tashkilotlari va muassasalarining moliyaviy
resurslari – o’z faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun turli manbalar
evaziga jalb qilingan pul mablag’laridir.
Notijorat tashkilotlari moliyaviy resurslarining
shakllanish manbalari ikki
omilga bog’liq:
-
xizmat turiga;
-
ularni taqdim etish xarakteriga (bepul yoki pullik).
1. Xizmatlarning ayrim turlari jamiyat uchun bepul ko’rsatiladi (davlat
boshqaruvi, mudofaa, milliy xavfsizlik xizmati, jamoat tartibini saqlash kabilar).
2. Ayrim xizmat turlari – muayyan to’lov evaziga amalga oshiriladi. Bular:
teatrlar, kontsert uyushmalari, ko’rgazma zallari, adliya xizmatlari, ya’ni notariat,
advokatura va boshqalar.
3. Ijtimoiy-madaniy xarakterdagi xizmatlar turli-tuman bo’lib, ham muayyan
to’lov evaziga, ham bepul ko’rsatiladi. Shu sababli bu muassasalar moliyaviy
resurslarining manbalari turli-tumandir
.
Ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarning o’zi turli tuman bo’lib, ularni quyidagi
guruhlarga jamlash mumkin:
1). Butun jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ehtiyojlar. Bu
ehtiyojlarni qondirish har bir fuqaroning oladigan daromadiga bog’liq bo’lmasligi
va mamlakat Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan bo’lishi kerak. Bu ehtiyojlarni
qoplash manbai – umumdavlat moliyaviy resurslaridir (davlat
budjeti va
davlatning budjetdan tashqari maxsus fondlari mablag’lari).
2).
Ijtimoiy
ahamiyatga
ega,
lekin
umumdavlat
resurslarining
chegaralanganligi bois qisman davlat budjetidan zarur minimal hajmda
moliyalashtiriladigan ehtiyojlar (tibbiy xizmatlar, ta’lim, ijtimoiy ta’minot –
o’rnatilgan me’yorlar darajasida). O’rnatilgan minimal me’yorlardan oshgan
ehtiyojlar boshqa manbalar: korxonalar mablag’lari, aholi mablag’lari
va boshqa
manbalar evaziga qoplanadi.
3). Fuqarolarning dam olish, sog’lig’ini muhofaza qilish, uy-joy bilan
ta’minlash bilan bog’liq shaxsiy ehtiyojlari. Bu ehtiyojlar odatda davlat budjetidan
11
qoplanmaydi. Bu ehtiyojlarni qoplash manbalari korxonalarning mablag’lari,
aholining shaxsiy mablag’lari bo’lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda iqtisodiyotning notijorat
sektorini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat (2-rasmga qarang):
Do'stlaringiz bilan baham: