14
rejalashtirish va ijro etish metodologiyasini mukammallashtirish, buxgalteriya
hisobi va auditorlik faoliyati hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish,
sug’urta bozorini
isloh qilish va rivojlantirish, shuningdek Moliya vazirligi
xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar samarali amalga
oshirildi”
7
.
Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari
haqida so’z borar ekan, bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilib
kelinayotgan Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh
qilish loyihasi doirasida
budjet tashkilotlari moliyasi, ular xarajatlarini normativ rejalashtirish, g’aznachilik
orqali xarajatlar to’lovini amalga oshirish tartiblariga bevosita taalluqli me’yoriy-
huquqiy hujjatlar ham takomillashib bormoqda.
Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish, ular xarajatlarini rejalashtirish
va moliyalashtirish, buxgalteriya hisobii yuritish, davlat xaridlarida ishtirok etish,
ular xarajatlarini g’aznachilik orqali ijro etishning qonuniy-huquqiy va me’yoriy
asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi;
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablag’
bilan
ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-
raqam bilan ro’yxatga olingan “Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari”;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-
raqam bilan ro’yxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi
69-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik
sub’ektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish
tartibi to’g’risidagi Nizom va boshqalar.
7
“O’zbekistonda budjet tizimi islohoti”.
http://www.publicfinance.uz
15
Yuqoridagi ro’yxatda keltirilgan 2634-raqamli
Nizom bilan oxirgi besh yil
ichida budjet amaliyotida qo’llanib kelingan bir nechta normativ hujjatlar, xususan,
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 92-son
“O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar
smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan
o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2157, 2010 yil 19 noyabr),
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013 yil 24 iyundagi 63-son
“O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar
smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan
o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritish
haqida”gi buyrug’i (ro’yxat raqami 2157-1, 2013 yil 29 iyul) kabilar o’z kuchini
yo’qotdi.
Budjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika budjeti va mahalliy
(viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy
faoliyati budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga
asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar
mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi
shaklida qonunchilik
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Xarajatlar smetasi – budjet tashkilotining unga ajratilgan budjet
mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning
oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.
Oxirgi bir necha yil davomida budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida
rejalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi
92-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2010 yil 19 noyabrda 2157-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini
tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Nizom”
8
bilan tartibga solinib kelingan. Lekin budjet
tizimidagi islohotlar
natijasida budjet qonunchiligining takomillashuvi, 2013 yil 26 dekabrda
8
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2010 yil, 47-son, 440-modda.
16
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi natijasida yuqoridagi
nizom orniga yangi me’yoriy hujjat - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining
2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014
yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlari va
budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
9
kuchga kirdi.
Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning
quyidagi turlari
amalda qo‘llaniladi (3-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: