5 tashabbus besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon” ko‘rik-tanlovi tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom



Download 49 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2022
Hajmi49 Kb.
#580319
  1   2   3
Bog'liq
Кизларжон курик танлови Низоми


O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vazirining
2021-yil ____-_______dagi
_____ -son buyrug‘iga
14-ILOVA

5 tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon” ko‘rik-tanlovi tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida


NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy saviyasini rivojlantirish va sportga jalb etish, axborot-texnologiyalari hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, o‘quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan turli to‘garaklar, seksiyalar va klublardagi o‘quvchilar qamrovini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoniga muvofiq umumta’lim maktablarida “5 tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon”


ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov 2021-yil sentabr-oktabr oylarida xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida respublika miqyosida o‘tkaziladi.
3. Tanlov 5 ta tashabbus doirasida qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish yo‘nalishida tashkil etiladi.
4. Tanlov maktab, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri (final) bosqichlaridan iborat tarzda tashkil etiladi.


2-bob. Tanlov maqsadi va vazifalari

5. Tanlovning maqsadi:


o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mustaqil hayotga tayyorlashda umumta’lim maktablarining o‘rnini kuchaytirish;
o‘quvchi-qizlar ongiga mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki bilim va ko‘nikmalarini singdirish;
elektron kompyuter sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
o‘quvchi-qizlarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning turli soha va yo‘nalishlardagi qobiliyatlarini ruyobga chiqarishni yanada rivojlantirishdan iborat.
6. Tanlovning vazifasi:
umumta’lim maktablaridagi o‘quvchi-qizlar orasidan iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash;
o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qadriyat,
urf-odat va an’analarni o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish;
o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, innovatsion menejment, marketing va IT texnologiyalaridan foydalangan holda o‘zaro tengdoshlari bilan tajriba almashinuvini tashkil etish;
5 ta muhim tashabbusni joriy etishda faol ishtirok etgan umumta’lim maktablarini munosib rag‘batlantirish hisoblanadi.



Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish