b) “Sport malikasi” sport sharti - ushbu shartda ishtirokchilar ikkinchi tashabbus bo‘yicha sport yo‘nalishida hakamlar hay’ati tomonidan beriladigan topshiriqlar (60-100 m. yugurish (12-19 sek.), basketbol to‘pini 3 m. jarima maydonidan savatchaga tushirish (3 marotaba) va arqonda (skakalka) aylantib sakrash (2 daqiqada 90 marotaba) bo‘yicha sinovdan o‘tadilar;
ushbu shart sport zalda va ochiq maydonda amalga oshiriladi;
ushbu shartda har bir ishtirokchiga har bir topshiriqni bajarish uchun bir martadan imkoniyat beriladi;
ushbu shartda ishtirokchilarning mahorati va berilgan topshiriqni to‘g‘ri bajarishi baholanadi;
shartlar 15 ballik (3 ta topshiriqni bajargani uchun 15 ball, 2 ta topshiriqni bajargani uchun 10 ball, 1 ta topshiriqni bajargani uchun 5 ball) mezonda baholanadi.
d) “Texno tashabbus” taqdimot sharti - ushbu shartda ishtirokchilar uchinchi tashabbus bo‘yicha kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha o‘zlari tomonlaridan yaratilgan yoki yaratilishi rejalashtirilayotgan mobil ilovalari yoki veb-dasturlarini taqdimot qilishlari lozim;
ushbu shartda ishtirokchillar loyihasining g‘oyasi va dolzarbligi baholanadi;
taqdimot sharti 20 ballik (loyihaning dolzarbligi uchun 10 ball, g‘oyaning mukammaligi uchun 5 ball, muallifligida amaliyotga taqbiq etilganligi uchun 5 ball) mezonda baholanadi;
e) “Kitobning do‘stiman” savol javob sharti - ushbu shartda ishtirokchilarning aktyorlik mahorati sinovdan o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar Qizlarjon telegram kanalida e’lon qilingan kitoblardan biri bo‘yicha sahna ko‘rinishini ko‘rsatishi lozim;
shart 10 ballik (xar bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball) mezonda baholanadi;
f) “Daromadli oshxona” ishbilarmonlik sharti - ushbu shartda ishtirokchilar oshxonada tayyorlash va sotuvga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahsulot bo‘yicha biznes rejalarini taqdimot qilishlari (respublika bosqichida mahsulotni o‘zlari tayyorlab berishlari lozim bo‘ladi) lozim;
ushbu shartda ishtirokchilarning loyihasi va biznes rejaning puxtaligi, kam xarj va yaxshi daromad topish imkoniyati baholanadi;
ishbilarmonlik sharti 40 ballik (biznes reja uchun 10 ball, g‘oyasi uchun 10 ball, amaliyotga tadbiq etgan bo‘lsa natijasi uchun 10 ball, respublika bosqichida tayyorlashi jarayonidagi mahorati uchun 10 ball) mezonda baholanadi.
10. Tanlovning final bosqichida g‘olib bo‘lgan 42 ta maktablar
1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlanadi.
11. Tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yuqori darajada ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
12. Tanlov g‘oliblari deb topilgan umumta’lim maktablari va ishtirokchilar xalq ta’limi vazirining maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
5-bob. Yakuniy qoidalar
13. Tanlov natijasi bo‘yicha berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat Appellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Appellyatsiya komissiyasi tarkibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
14. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar tanlov yakunidan so‘ng 15 daqiqa ichida Appellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart.
15. Shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng Appellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko‘rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |