7
I BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI TASHKIL ETISHNING
NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Budjet tashkilotlari moliyasining mazmuni, tashkiliy tamoyillari va
xususiyatlari
Mamlakatimizda keng tarqalgan budjetdan mablag’ oluvchilarning asosiy
qismini tashkil qiluvchi budjet tashkilotlari faoliyatining nazariy asoslari
to’g’risida fikr yuritar ekanmiz,
avvalambor, shuni aytish kerakki, budjetdan
mablag’ oluvchi sub’ektlar ortib borayotgan ehtiyojlarining davlat budjeti va
budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan qondirilishi ko’p
jihatdan mamlakatning
iqtisodiy o’sish sur’atlariga bog’liq. Xususan, “Mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga oshdi. Ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega
bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. ... Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha
6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga
nisbatan sezilarli darajada
pastdir. O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa
9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi”
3
.
Davlatning iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarga ta’sir etish qurollaridan
biri davlat budjetidir. Davlat budjet orqali jamiyat talablariga mos ravishda pul
mablag’larini moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida
qayta taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi,
iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining
jadallashuviga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, davlat budjeti
iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan
boshqarish va tartibga
solishda muhim vosita – dastak bo’lib xizmat qiladi.
3
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib
berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 4-bet.
8
Bizga ma’lumki, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan
iborat:
1. Moddiy ishlab chiqarish sohasi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida
moddiy qimmatliklar yaratiladi, tovarlar
ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi.
Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy,
davlat boshqaruvi, mamlakat
mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari)
ko’rsatiladi.
Noishlab chiqarish sohasida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlar turli-
tuman bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: