O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana25.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#509241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

N
sns
 
— OTMning oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o’qiyotgan 
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o’rtacha yillik soni. 
OTMning xarajatlar smetasini tuzish “Budjet tashkilotlari va budjet 
mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash 
va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”20ga asosan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 
414-son «Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to’g’risida»gi
21
qaroriga, 
budjetdan 
moliyalashtirishning 
tasdiqlangan 
xarajatlarning bazaviy normativlari va yuqorida keltirilgan ormativ va tuzatuvchi 
koeffitsientlarga muvofiq OTM mustaqil ravishda xarajatlar smetasini hamda 
tasdiqlangan namunaviy shtat birliklari asosida shtatlar jadvalini tuzadi va 
tasdiqlaydi. 
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va professor-o’qituvchilar tarkibining 
shtat formulyarlarini tuzish o’rnatilgan tartibga qat’iy rioya qilgan holda va 
xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari asosida hisoblangan 
mablag’lar hajmi doirasida amalga oshiriladi. 
20
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan. 
21
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 1999 y., 9-son, 51-modda 


29
Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini 
qo’llash asosida hisoblangan OTM uchun budjet mablag’lari hajmi quyidagi qat’iy 
tartibda taqsimlanadi: 
-
ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov; 
-
stipendiyalar; 
-
to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan 
OTM talabalarini moddiy ta’minlash; 
-
kommunal xizmatlar uchun xarajatlar; 
-
qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar. 
Bunda: 
-
xarajatlar smetasiga ish haqi mablag’lari bazaviy lavozim maoshlari, 
Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlar va ish haqi stavkalari, ularga qonunchilik 
bilan belgilangan ustama va qo’shimchalardan kelib chiqib hamda amaldagi 
namunaviy shtat birliklari va normativlarga, professor-o’qituvchilar tarkibining 
yillik individual ish rejalariga va boshqalarga amal qilgan holda kiritiladi; 
-
yagona ijtimoiy to’lov miqdori xarajatlar smetasiga qonunchilikda 
o’rnatilgan miqdorlarda kiritiladi; 
-
stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan 
ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi; 
-
to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan 
OTM talabalarining moddiy ta’minoti bo’yicha xarajatlar qonunchilikka muvofiq 
hisoblanadi; 
-
energiya resurslari, kommunal xizmatlar xarajatlari va joriy xarajatlarni 
hisoblash natural ko’rsatkichlar, energiya resurslari va kommunal xizmatlarning 
amaldagi narxlari va tariflariga asosan amalga oshiriladi. 
Bunda, qoida tariqasida, OTMlariga ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar 
uchun ajratilayotgan budjet mablag’larining hajmi, davlat granti asosida ta’lim 
olayotgan talabalar ulushiga mos ravishda nazarda tutiladi. 


30
OTMning ayrim budjet xarajatlari bo’yicha debitor qarzdorligi mavjud 
bo’lganda xarajatlarning bazaviy normativlari asosida hisoblangan budjet 
xarajatlarining hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi. 
OTMning kreditor qarzdorligi xarajatlarning bazaviy normativlari asosida 
aniqlangan budjet xarajatlar smetasi mablag’lari doirasida, mablag’ etishmagan 
taqdirda — mazkur OTMning budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplanadi. 
Agar 2014 yilda, OTM uchun I va II guruhlar bo’yicha xarajatlarning 
bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari asosida hisoblangan budjet 
mablag’lari hajmi 2014 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi tegishli 
guruhlar bo’yicha rejalashtirilgan mablag’lar hajmidan ko’p bo’lsa, mablag’ 
etishmovchilik asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjetdan qo’shimcha 
ajratiladigan mablag’lar hisobidan qoplanadi. 
Bunda, agar OTMga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqib 
ajratilishi ko’zda tutilgan budjet mablag’lari hajmi, OTMning 2014 yilgi 
tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi tegishli guruh xarajatlari hajmidan kam 
bo’lsa, 2014 yilga tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi mablag’lar hajmi 
kamaytirilmaydi. 
Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslar va kommunal 
xizmatlar narxlari va tariflarining oshishi munosabati bilan OTMlarning budjet 
xarajatlar smetasi bo’yicha vujudga keladigan qo’shimcha mablag’ga ehtiyoji 
asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjet mablag’lari hisobidan O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartibda qoplanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga asosan alohida OTMlariga xarajatlarning bazaviy 
normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash yo’li bilan hisoblangan 
IV guruh xarajatlari uchun budjet mablag’lari hajmiga qo’shimcha ravishda 
budjetdan ajratiladigan mablag’lar nazarda tutilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarini bajarish uchun OTMlari uchun qo’shimcha budjetdan 
ajratiladigan mablag’lar, tasarrufida OTMlari mavjud bo’lgan vazirliklar, davlat 


31
qo’mitalari va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga ko’ra nazarda tutiladi va 
o’rnatilgan tartibda OTMlarning xarajatlar smetasini tuzish jarayonida yoki tegishli 
moliya yili davomida nazarda tutilishi mumkin (xarajatlar smetasiga tegishli 
o’zgartirishlar kiritish orqali). 
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ularga 
o’zgartirishlar kiritish hamda xarajatlar smetasi ijrosi bo’yicha hisob-kitob va 
hisobotlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlarining 
qo’llanilishi munosabati bilan OTMlarning budjet xarajatlari qayta hisob-kitob 
qilinib, OTMlarning 2014 yilga tasdiqlangan budjet xarajatlar smetalariga 
o’rnatilgan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. 
OTM xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) tartibi va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
OTM xarajatlarini to’lash o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 
respublika g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. 
“Boshqa xarajatlar” IV-guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar 
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: 
to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan 
OTM talabalarini moddiy ta’minlash; 
-
dori-darmonlar; 
-
kommunal xizmatlar; 
-
boshqa xarajatlar. 
Xarajatlar smetasining to’g’ri tuzilishi va ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim 
etilgan xarajatlar smetasi hisob-kitoblarida ko’rsatilgan OTMning ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlari (maydoni, kubaturasi, sarflanayotgan kommunal xizmatlar bo’yicha 
natural ko’rsatkichlar hajmi va ular bo’yicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar 
smetasiga va pasport ma’lumotiga, shartnomalarga va hokazolarga mosligi)ning 


32
to’g’riligi va asoslanganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq OTM rahbari 
va bosh buxgalteri shaxsan javobgar hisoblanadilar. 
Shtatlar 
jadvalini 
va 
professor-o’qituvchilar 
tarkibining shtatlar 
formulyarining to’g’ri tuzilishi hamda Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlar
bazaviy lavozim maoshlari, ustama va qo’shimchalarning to’g’ri qo’llanilishi 
bo’yicha javobgarlik OTMlarining moliya va buxgalteriya xizmatlariga yuklatiladi. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish