22
II BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISH AMALIYOTI TAHLILI
2.1. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning
amaldagi tartibi
Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning
amaldagi tartibini ushbu paragrafda davlat oliy ta’lim muassasasi
misolida ko’rib
chiqishga harakat qilamiz.
Davlat oliy ta’lim muassasasi budjet tashkiloti hisoblanadi, u vakolatli davlat
idoralari tomonidan “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonunga muvofiq, ta’lim va ijtimoiy-
madaniy funktsiyalarni bajarish uchun tuziladi va to’liq yoki qisman davlat
budjetidan moliyalashtiriladi.
Kadrlar tayyorlashga bo’lgan davlat buyurtmasi - grant asosida ta’lim
oluvchilar soni ta’lim muassasasiga budjetdan mablag’ ajratish uchun asos bo’ladi,
shu ko’rsatkichga asosan ta’lim muassasasiga budjet mablag’i ajratiladi.
Oliy ta’lim muassasasining budjeti - tegishli qoidalar asosida oliy ta’lim
muassasasiga biriktirib qo’yilgan pul mablag’larining hosil bo’lish
va sarflanish
shakli. OTM ning budjeti ta’lim muassasasi uchun umumiy tarzda yoki qisman
yuridik shaxs maqomi berilgan ayrim bo’linmalari uchun alohida moliyaviy hisob-
kitob qilish uchun tuziladi.
Ta’lim muassasasining budjetdan oladigan mablag’lari - me’yoriy
hujjatlarga asosan tasdiqlangan smeta asosida Respublika budjeti va mahalliy
budjetlar
tomonidan ajratiladigan, OTM larining joriy xarajatlarini qoplashga
mo’ljallangan pul mablag’laridir.
Oliy ta’lim muassasasining xarajatlari - ta’lim muassasasining smetada
belgilangan xarajat guruhlari doirasida ko’zda tutilgan
sarfiyotlarini qoplashga
yo’naltiriladigan pul mablag’laridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 maydagi PQ-1345-
sonli “2010/2011 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim
23
muassasalariga qabul to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2010 yil 16 avgustdagi 178-sonli “Respublikaning oliy ta’lim
muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi birgalikda “Bir talabani o’qitish xarajatlaridan
kelib chiqib budjet mablag’lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining
xarajatlarini
normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi nizom”
14
ni
tasdiqladilar. Bu nizomga keyingi yillarda bir qator o’zgartirishlar kiritildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining 2014 yil 11 fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qarori
15
bilan kiritilgan
o’zgarishlar bilan ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalari budjetlarini hisoblash
uchun xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini
qo’llash yo’li bilan budjet mablag’lari hisobidan oliy ta’lim
muassasalari
xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: