O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

E vitamini (tokoferol) 
 
Bu vitamin ko‘payish vitamini deb ham yuritiladi, chunki uning 
tanada yetarli bo‘lishi erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining faoliyat 


225 
ko‘rsatishida ijobiy ahamiyat kasb etadi. Tokofero so‘zi (“tokos” – 
avlod, urug‘, “ferro” – qornida olib yurmoq) bola, avlod paydo 
bo‘lishi, tug‘ulishi ma'nosini anglatadi. E vitamini faqat o‘simliklarda 
uchraydi, hayvon tanasida u sintezlanmaydi. Hayvonlarni sintetik yo‘li 
bilan tayyorlangan oziq moddalar bilan boqish natijasida ular o‘sib 
rivojlansada, nasl qoldirish xususiyatini yo‘qotadi. Ulardagi bu 
nuqsonni yo‘qotish uchun ishlatiladigan yashil yaproqlar, ayniqsa don 
murtagi hamda yong‘oqlardan ajratib olingan maxsus omil ye vitamini 
nomini olgan. Bu vitamin haroratga (170 
0
C qizdirilsa ham 
yo‘qolmaydi), kislota ta'siriga ancha chidamli, lekin ultrabinafsha 
nurlari ta'sirida tez parchalanib ketadi va oson oksidlanadi.
E vitamini pushtsizlik yoki farzandsizlikni davolashda ancha foydali 
darmondori, shuning uchun ham uzoq vaqtlar u faqat insonning 
ko‘payishi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi degan 
fikr ham bo‘lgan. Hozirgi kunda ham xalq orasida ye vitamini jinsiy 
imkoniyatlarni kuchaytiruvchi vosita degan tushuncha keng tarqalgan. 
Bu fikrning asosi bor albatta, lekin tokoferol yuqoridagi vazifadan 
tashqari vujudning yana boshqa faoliyatlarida ham ishtirok etadi. 
Masalan, bu vitamin qon tomirlarini ivigan qon quyqalaridan tozalaydi, 
yurak mushaklari faoliyatini yaxshilaydi, nafas qisish va qandli diabet 
kasalligiga yordam qiladi, hujayra qobig‘i turg‘unligini ta'minlaydi, 
jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining oldini oladi va hokoza. 
E vitaminining yurak qon tomirlari kasalliklarida naf berishini 
kanadalik olim Vilfred Shute o‘z ustida olib borgan tajribalarida 
isbotladi. Kundalik ovqatida tokoferolli mahsulotlardan ko‘p ishlatgani 
uchun 80 yoshida ham u 50 yoshlik odamdek ko‘rinishga va 
hattixarakatga ega bo‘lgan. ye vitaminining eng muhim 


226 
xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘simlik yog‘larida mavjud 
bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan oksidlanib hosil bo‘ladigan salomatlik 
uchun zararli erkin radikallarni zararsinlantirishga xizmat qiladi. Erkin 
radikallar hujayra qobig‘i orqali uning ichiga kirib biokimyoviy 
jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bu holat vujud uchun bir qator 
xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. E vitaminning 
manbalari haqidagi ma’lumot 13-jadvalda berilgan. 
 
14-jadval 
E vitaminining manbalari (100 g da mg hisobida) 
Mahsulot nomi 
Tokoferol 
miqdori 
2nav bug‘doy unidan qilingan non 
Grechka yormasi 
Qaymoq 
Pishloq 
Mayonez 
Sabzi 
Qalampir 
Ismaloq 
O‘rik 
Shaftoli 
Olma 
Chakanda (oblepixa) 
Na'matak 
Yong‘oq 
Mol jigari 
3,30 
6,65 
0,16 
0,34 
32,0 
0,63 
0,67 
2,50 
0,95 
1,50 
0,63 
10,30 
1,71 
23,0 
1,38 


227 
Tovuq tuxumi 
2,0 
 
Tokoferolning yetarli bo‘lishi ana shu radikallarning hujayra 
qobig‘i orqali ichkariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tokoferol tarkibida ko‘p bo‘lgan mahsulotlar mayonez, 
yong‘oq hamda chakanda (oblepixa) dir. Lekin bu mahsulotlar hamma 
yerda va hammaga ham yetarli bo‘lavermaydi. 
Vujudni E vitamini bilan yetarli darajada ta'minlab turishning eng 
oson, arzon yo‘li bug‘doy donini undirib, uning oq maysasini iste'mol 
qilishdir. Bug‘doy o‘rnida boshqa donlar yoki donlar aralashmasidan 
ham foydalansa ham bo‘ladi. 
Donlar una boshlaganida ularning oziq modda sifatidagi 
to‘yimlilik va foydalilik darajasi oshadi, ularda inson uchun zarur 
bo‘lgan aminokislotalar hosil bo‘lib, eng muhimi, ularning bir-biriga 
nisbati salomatlik uchun eng maqbul holatda bo‘ladi. Aynan shu 
aminokislotalardan tanada to‘la qiymatli oqsillar sintezlanadi. Shu 
boisdan bunday taomni doimiy suratda iste'mol qilib turish koni foyda. 
Ayniqsa, tanada umumiy darmonsizlik paydo bo‘lganida xomilador va 
emizikli onalar uchun u bebadal oziq modda hisoblanadi. 
Endi unib chiqayotgan turli xil o‘simliklar, masalan, kartoshka, 
piyoz, sholg‘om va boshqalarning tarkibida ko‘pgina vitaminlar (E, A, 
B, va C) va boshqa biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular 
salomatlik uchun ko‘p foydalidir. 
ye vitamini yana bug‘doy va boshqa donlarning kepagida ham 
ko‘p bo‘ladi. Kepagi to‘liq ajratib olingan, oliy nav unlarda bu 
vitamin bo‘lmaydi. 


228 
Tokoferol tanada zahira holida unga boy mahsulotlarni iste'mol 
qilib turish yog‘ to‘qimalarida to‘planadi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish