O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

 
 
15-jadvalda ko‘rsatilgan mahsulotlardan tashqari askorbin 
kislotasi har xil ko‘katlarda ham (petrushka, ko‘k piyoz va 
boshqalarda) mo‘l bo‘ladi. 
Kasalliklar tufayli antibiotiklar, boshqa doridarmonlar teztez 
qabul qilib turadiganlar, har xil stress omillar (ruhiy-hissiy zo‘riqishlar, 
og‘ir jismoniy ish, uzoq muddatli juda sovuq yoki issiq haroratga duch 
kelish va boshqalar) ta'siriga uchraydiganlar, kalbosa va shunga 
o‘xshash dudlangan mahsulotlarni sevib iste'mol qiluvchilar transport 
qatnovi ko‘p bo‘ladigan yo‘llar atrofida yashaydiganlar, 
xomiladorlikka qarshi preparatlar oladiganlarda bu vitaminga bo‘lgan 
ehtiyoj ancha oshadi. Chekuvchilarda ham askorbin kislotaga ehtiyoj 
ancha katta, kuniga 1 pachka sigaret chekuvchilar uchun C vitaminiga 
bo‘lgan me'yor talabi 20% oshirilishi kerak. Ma'lumki, C vitamini 
yetishmasligidan tish milklari tez qonaydigan bo‘lib, singa kasalligi 
yuzaga keladi, tishlar tushib ketadi, odam charchaydigan bo‘lib qoladi 
va mehnat qilish qobiliyati pasayib ketadi va har xil kasalliklarga tez 
chalinadi. Keyingi paytlarda vitaminning davomli yetishmasligi rak 
(saraton) kasalligiga olib kelishi haqida fikrlar paydo bo‘ldi. Bu haqida 
yaponiyalik olim K.Nishi iste'mol taomlarida askorbin kislotasining 
uzluksiz yetishmasligi rakka olib keluvchi 3 ta sababdan biridir, deydi.


242 
C vitamini shamollashning oldini olish va davolashda samara 
beradi. Doktor Laynus Poling o‘zining “C vitamini va shamollash” 
kitobida kuniga bu vitamindan 15 g qabul qilib turish shamollashdan 
saqlaydi deb yozadi. Buning uchun, eng yaxshisi, na'matak kabi S 
vitaminiga boy mahsulotlardan ko‘proq iste'mol qilish kerak. Agar 
yegan ovqatimiz asosan qaynatilgan va qovurilgan mahsulotlardan 
iborat bo‘lsa, meva chevalar, ko‘katlar kam iste'mol qilinsa, teztez 
shamollash va yuqumli kasalliklar bilan og‘rishning sabablaridan biri 
shundadir. C vitaminining yetarli miqdorda iste'mol qilib turilishi 
ichaklardan temir moddasining qonga so‘rilishini yaxshilaydi va shu 
yo‘l bilan kamqonlikning oldini olish mumkin. C vitaminining yana bir 
foydali xususiyati shundan iboratki, u hujayra va to‘qimalardagi 
hayotiy 
jarayonlarni 
buzib 
tashlaydigan 
erkin 
radikallarni 
zararsizlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu radikallar ekologik 
muhitning yomonlashuvi bois (havo va suvning, oziq – ovqat 
mahsulotlarining turli xil zararli kimyoviy moddalar bilan arlashtirilishi va 
boshqalar) kishi tanasida ko‘payib bormoqda, odamlar tez keksayib, 
erta ishga yaroqsiz bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun sog‘lom odam 
ham har kuni kamida tarkibida 200 – 300 mg askorbin kislotasi bor 
mahsulotlardan iste'mol qilib turish kerak.
Askorbin kislotasi mahsulotlarni termik qayta ishlash natijasida 
parchalanib ketadi. Shuningdek, muzlagan va uzoq vaqt ochiq havoda 
saqlangan mahsulotlarda ham u ancha kamayib ketadi. Olma 
uzilganidan 6 – 7 oy o‘tishi bilan o‘zidagi S vitaminining 50% ini 
yo‘qotadi.
Ko‘pgina qo‘llanma va tavsiyalarda C vitaminining miqdori 
halqaro birlikda (ME) beriladi. Uning milligrammlardagi ekvivalent 


243 
miqdorini aniqlash uchun halqaro birlikdagi sonni 20 ga bo‘lish kerak, 
masalan, 1000 ME dagi C vitamini 50 mg ga teng (1000 ME : 20 = 50 
mg). 
C vitamini tanada zaxira holda to‘planmaydi, shuning uchun 
tarkibida askorbin kislotasi mavjud oziq – ovqat mahsulotlarini har kuni 
tegishli miqdorda iste'mol qilib turish kerak. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish