O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`’RTA MAXSUS A’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-10 ING-19-GURUH TALABASI
MAVZU: Mehribonlik uyida ijtimoiy va
pedagogik faoliyat modeli
TAYYORLADI:
REJA:
MEHRIBONLIK UYI TUSHUNCHASI;
MEHRIBONLIK UYI TO’G’RISIDAGI
NIZOM TASDIQLANISHI;
MEHRIBONLIK UYIDAGI PEDAGOGIK
FAOLIYAT;
MEHRIBONLIK UYLARIDA
TARBIYACHILAR FAOLIYATIGA
QOYILADIGAN TALABLAR;
PEDAGOG TARBIYACHILARNING
KASBIY KOMPITENTLIGI.
1) Mehribonlik uylari
- yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy
vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan
ochilgan taʼlim tarbiya muassasasi. Yetim yoki qonuniy vasiylar
qaramogʻida boʻlmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan otaonalik
huquqidan mahrum qilingan, otaonalari voz kechgan bolalar uchun
tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan
sogʻlom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar
yaratiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni oʻqitish va boqish
toʻla davlat taʼminoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mehribonlik uylari 3
—7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7—
16 yoshli bolalar uchun umumiy oʻrta taʼlim maktabi tartibida ishlaydi
hamda maktab taʼlimtarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi.
Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning maktab oʻquv dasturini toʻliq
oʻzlashtirishlari, ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish va
mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik
tarbiya olgan barkamol shaxslar boʻlib yetishishlari taʼminlanadi.
Shuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy,
madaniy-ommaviy tadbirlar olib boriladi.
Mehribonlik uylari Oʻzbekistonda dastlab 1918 yil yetimxonalar asosida
bolalar uyi nomi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida
jangchilarning bolalari uchun maxsus bolalar uylari ochilib, ularda
Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya, Moskva, Leningrad va
boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalandi. Mustaqillik yillarida
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Bolalar uylari" Mehribonlik uylari deb
nomlana boshlandi. 2002 yil Oʻzbekistonda 27 Mehribonlik uylari
ishladi, ularda 3650 bola tarbiyalandi. O'zbekiston Respublikasi
Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi
ham 1924 yilda tashkil topgan.
2) MEHRIBONLIK UYI TO’G’RISIDAGI
NIZOM TASDIQLANISHI;
2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarorini
bajarish yuzasidan, Bolalar uylari faoliyatini
takomillashtirish, yetim bolalar va ota-ona
qarovisiz qolgan bolalarni, psixofizik rivojlanishi
buzilgan bolalarni huquqiy himoya qilishni
kuchaytirish hamda tibbiy-ijtimoiy kafolatlarni
ta’minlash chora-tadbirlari samaradorligini
oshirish, ularni tarbiyalash, jamiyatga
integratsiyalash, ularga ta’lim berish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi Qaror qiladi:
1. Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar
uylarining amaldagi shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqsin,
ularda tarbiyalanuvchi bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya
qilish ishlari uchun xodimlarni, shuningdek pedagog va
xizmat ko‘rsatuvchi kichik xodimlar yuklamasining amaldagi
hisoblangan normalari kamaytirilishini nazarda tutsin.
Belgilansinki, Bolalar uylarining ko‘rsatib o‘tilgan xodimlari
sonining ko‘paytirilishi munosabati bilan budjetning
qo‘shimcha xarajatlari sog‘liqni saqlash muassasalarining
tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish hisobiga
qoplanadi.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Bolalar uylari tarbiyalanuvchi bolalarini tarbiyalash,
ta’lim berish, psixologik va intellektual
rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini
hisobga olgan holda pedagoglar hamda
tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tadbirlarini muntazam
ravishda amalga oshirsin
.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Bolalar uylarining moddiy-
texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularda tarbiyalanuvchi
bolalarga yordam berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-
tadbirlarini ko‘rsin, shuningdek Bolalar uylari faoliyati yuzasidan
muntazam nazoratni ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga
oshirishda ularga har tomonlama ko‘maklashsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda
qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu
qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga
yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |