e) differensial-diagnostik muhitlar deb, bir turdagi mikroblar boshqa turdagi mikroblardan fcrmcntativ faolhgiga kora farqlovchi muhitlarga aytiladi. Masalan. uglcvodli va indikatorli Gissa muhitlari uglevodni parchalovchi mikroorganizmlar o'sganda. muhitning rangi o'zgaradi;
2. Qo'llanilishiga ko'ra:
asosiy oziqa muhitlari ko‘pgina patogen mikroorganizmlami o‘stirish uchun qoilaniladi. Bularga GPA, GPSh, Xottingcr agari va sho‘rvasi, peptonli suv kiradi;
maxsus oziqa muhitlari oddiy oziqa muhitlarda o‘smaydigan mikroorganizmlami o‘stirish va ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, streptokokklami o‘stirish uchun oziq muhitlarga shakar, pnevmokokk va mcningokokklar uchun qon zardobi, ko‘kyo‘tal qo‘zg atuvchisi uchun qon qo‘shiladi;
d) elektiv (tanlanib olingan) muhitlar ma’lum turdagi mikroor-ganizmlami o‘stirish uchun ishlatiladi. Bu muhit mikroorganizmlami o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan muhitlardir. Masalan, o‘t suyuqligi qo'shilgan muhit ichak tayoqehasini o‘sishiga to‘sqinlik qilib, qorin tifi qo‘zg‘atuvchisini o‘sishiga sharoit yaratadi. Oziqa muhitlari ma’lum antibiotiklar, tuzlar crishi yoki pH ning o'zgarishi natijasida elektiv muhitga aylanadi.
152
3-ILOVA
Nazorat savollari Oziqa muhitlarning pH qanday aniqlanadi?
Ko‘pgina patogen mikroblar uchun oziqa muhitning pH qanday bo‘lishi lozim?
Agarli muhitlar qanday haroratda eirydi va zichlanadi?
Oksidli va uglevodli muhitlar quyiladigan laboratoriya idishlari qanday tayyorlangan bo‘lishi lozim?
4-ILOVA Kichik guruhlarda ishlash qoidasi O'quvchilar ishni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo'lmog'i lozim.
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog'i lozim.
Kichik guruh oldiga qo'yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi.
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tayziqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, oqituvchi ularga yo 'riqnoma berishi lozim.
Nima bo'lganda ham muloqotda bo'ling, o'z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga bo’lib topshiriq beradi va bajarganliklariga qarab baholanadi.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
Guruhlar bildirgan fikrlarni keyingi guruhlar takrorlamasligi uchun diqqat bilan eshitib, bir xil ma'lumotlarni o'chirib boradilar. Muammoni bahsga aylantirish kerak emas. Ularni o'qituvchini o'zi asoslab xulosa yasashi va baholashi kerak.
153
5-ILOVA
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar
Oziqa muhitlar va mikrobiologik tekshirishlarni o’rganish