Sanitariya-bakteriologik tekshirishlar uchun oziqa muhitlari



Download 82,85 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi82,85 Kb.
#695329
  1   2   3
Bog'liq
19-Mavzu


Sanitariya mikrobiologiyasining vazifasi tashqi muhit (suv, tuproq, havo, oziq-ovqat va b.)da mikroorganizmlarning rivojlani- shini keltirib chiqaradigan jarayonlarni aniqlash va patogen mikro­organizmlarni yo‘qotish hisoblanadi. Shuning uchun tashqi muhit ifloslanish ko‘rsatkichi sifatida mikroblarning sanitariya ko‘rsatkichi qabul qilinadi.
Mikroorganizmlarning sanitariya ko‘rsatkichi odam va hayvon organizmida uchraydigan, tashqi muhitga chiqarilib turiladigan mikroorganizmlar hisobiga aniqlanadi. Har bir tashqi muhitning o‘z sanitar ko‘rsatkichi mavjud. Sanitar-mikrobiologik tekshirish tadbirlari maxsus standartlar, ГОСТ yoki uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib boriladi va baholanadi.

  1. Sanitariya-bakteriologik tekshirishlar uchun oziqa muhitlari

  1. Eykman muhiti.

  1. Konsentrlangan Eykman muhiti, 100 ml distillangan suv, 5 g NaCl, 10 g pepton solib qaynatiladi va filtrlanadigan 10 g glukoza solib, pH ni 7,4—7,6 gacha togrilanib, 3 ta kolbaga 10 ml.dan solinadi. Gazni yigish uchun ichiga suzgich (paxta) ham solib qoyiladi va yana shu muhitdan 1 ml.dan 3 ta suzgichli (paxtali) probirkaga solib chiqiladi.

  2. Suyultirilgan Eykman muhitiuni tayyorlash uchun 3 ta suzgichli (paxtali) probirkaga 1 ml.dan muhit va 9 ml distillangan suv solinadi. So‘ngra 20 daqiqa 112°C harorat va 0,5 atm bosimida sterillash uchun avtoklavga qo‘yiladi.

  1. Kessler muhiti.

100 ml distillangan suv, 1 g pepton, 5 ml ot suyuqligi solib, qaynatib, filtrlab, songra unga 1 g laktoza qoshiladi, pH ni 7,4—7,6 ga teng qilib togrilanadi. Keyin unga 0,4 ml 1 % li gensian binafshaning suvli eritmasi qo‘shiladi. So‘ngra 5 ml suzgichli (paxtali) probirkalarga solinadi. 15 daqiqa 112°C haroratda va 0,5 atm bosimida avtoklavda sterillash uchun qoldiriladi.

  1. Yarimsuyuq glukozali muhit.

100 ml distillangan suv, 20 g glukoza, 0,5 g GPAlarni qaynatib, pHni 7,2—7,4 ga togrilab, 5 ml.dan probirkalarga quyiladi, 100°C da 30 daqiqadan 3 kun davomida Kox apparatida sterillanadi.

  1. Tukayevning oziqa muhiti.

100 ml distillangan suv, 1 g pepton, 0,5 p/g NaCl, 5—6 ml yog‘- sizlantirilgan sut solinib, kolbada aralashtiriladi, songra 5 ml.dan probirkalarga solib chiqiladi va 100°C da 3 kun davomida sterilizatsiya qilinadi.

  1. Suvni sanitariya-bakteriologik tekshirish

Buning uchun quduqlar, ochiq suv havzalari, basseyn, chiqindi suvlar, markazlashgan suv havzalaridan sinama olinadi.
Sanitariya jihatidan suvga baho berish uchun quyidagi tekshirishlar olib boriladi:

  1. 1 ml tekshiriladigan suvda mikroblarning umumiy sonini aniqlash.

  2. Koli-titr va koli-indeksni aniqlash (koli-indeks 3, koli-titr 333 va undan yuqori).

3.3. Suvdan sinama olish
Vodoprovod suvini tekshirganda, kolbaga 10 g NaSO3 solinadi (xlorni
yo‘qotish uchun) va jo‘mrakning og‘zi spirtovka yoki spirtga namlangan tampon bilan sterillanib, 10—14 daqiqa oqizib qo‘yiladi. Sinamaga 500 ml suv olinadi. Ochiq suv havzalaridan suv sinamaga barometr asbobi yordamida olinadi. Suv tushuntirish xati bilan birgalikda laboratoriyaga jo‘natilishi lozim. Tushuntirish xatida qayerdan va kim tomonidan olingani, olingan vaqti, maqsadi, olingan vaqtdagi suv va havoning harorati, qaysi laboratoriyaga jo‘natilayotganligi ko‘rsatilishi lozim. Bunda suv olingan vaqtdan 2 soatdan ko‘p o‘tmasligi kerak. Laboratoriyaga keltirilgan sinama maxsus jurnallarga yoziladi.
3.4. Mikroblarning umumiy sonini aniqlash
Vodoprovod suvi tekshirilganda alohida Petri kosachalariga 1 va

  1. 1 ml tekshirilayotgan suvdan quyib, ustiga eritilgan va 45°C gacha sovitilgan GPA solinadi. Ariq suvi bo‘lsa, kosachalarga 0,01, 0,001,

  1. 0001 ml.dan ekiladi. Termostatga 37°C haroratda 2 soatga qoldiriladi.

  1. kuni ekilgan muhitlar tekshiriladi. Koloniyalar kam bo‘lsa, ular oddiy ko‘z bilan lupa yordamida sanaladi. Agar koloniyalar soni ko‘p bo‘lsa, ularni koloniya sanaydigan asbobda hisoblanadi, so‘ngra suyultirish soniga ko‘paytirib, kosachalar soniga bo‘linadi. O‘rtacha arifmetik hisobda 1 ml tekshiriladigan suvdagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.

3.5. Suvdagi koli-titr va koli-indeksni aniqlash
Ikki usulda aniqlanadi.

  1. Bijg‘itish usuli.

  2. Membranali filtr usuli.

  1. kuni. Tekshiriladigan suv glukoza peptonli Eykman muhiti solingan uchta flakonga 100 ml.dan, uchta probirkaga 10 ml.dan, suyultirilgan Eykman muhiti bolgan 3 ta probirkaga 1 ml.dan ekiladi. Ekilgan muhit 43°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.

  2. kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Agar oziqa muhiti tiniq va gaz hosil bolmasa, ichak tayoqchasi aniqlanmadi, deb javob beriladi.

Agar loyqalanish va gaz hosil bo‘lsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi. Har bir flakon va probirkalardan olib sektorlarga bo‘lingan Endo muhitga ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.

  1. kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Endo oziqa muhitida ichak tayoqchasi yaltiroq metall, malina rangli koloniya hosil qilib osadi. Shunday shubhali koloniyadan olib:

  1. oksidaza sinamasi otkaziladi: buning uchun shubhali koloniyadan olib, dimetilparafenilendiamin reaktivi shimdirilgan filtr qogozga surtiladi. Agar reaksiya musbat bo‘lsa, surtilgan joyda ko‘k rang hosil bo‘ladi;

  2. har bir sektordan koloniya olib, alohida yarimsuyuq glukozali muhitga ekiladi. Ekilganlarni termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.

  1. kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Agar yarimsuyuq glukozali muhitning rangi ozgarib gaz hosil bolgan bolsa, davlat standart jadvaliga asoslangan holda koli-titr va koli-indeks aniqlanadi.

3.7. Membranali filtr usuli
Tekshirilayotgan suv Zeyts asbobi orqali filtrlanadi. Steril pinset yordamida filtr olinib Endo muhitiga o‘rnatiladi. Termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
2-kuni ekilgan muhit tekshiriladi. Agar Endo muhitida yaltiroq metall, malina rangli koloniya hosil bo‘lgan bo‘lsa, yuqorida aytilgandek tekshirish ishlari o‘tkaziladi.

  1. Alkogolsiz ichimliklarni sanitariya- bakteriologik tekshirish

Alkogolsiz ichimliklarni sanitar-bakteriologik tekshirish ГОСТ 13273—75 talabi asosida olib boriladi. Tekshirishga korxonadan chiqqan, qopqog‘i muhrlangan butilkalar keltirilishi lozim. Tekshirishdan oldin butilka qopqog‘i va bo‘yin qismi artiladi, kuydiriladi, qopqog‘i ochiladi, steril paxta-dokali qopqoq bilan yopiladi. Gaz chiqib ketishi uchun 43°C haroratda termostatda 1 soatga qoldiriladi. Kislotali sharoitga ega bo‘lgan ichimliklarni kislotasini neytrallash uchun 10 % li natriy bikarbonati eritmasidan solinadi. Ichimliklarni tekshirish ichimlik suvlarini tekshirgandek olib boriladi.

Achitish natijasida tayyorlangan ichimliklarda mikroblarning umumiy soni aniqlanmaydi, chunki ularning tarkibida mikroblarning o‘zi ko‘p bo‘ladi. Koli-titrni aniqlash uchun Kessler yoki glukoza-peptonli muhitga 2 ta 100 ml va 10 ta probirkaga 10 ml.dan ekiladi. Siroplar

  1. marta suyultiriladi, kvas, pivo va boshqa achitqi mikroblarni saqlovchi ichimliklar esa 10; 1; 0,1 va 0,01 ml.dan ekiladi. Qolgan tekshirish ishlari suvnikiga oxshash. Gazi bolgan alkogolsiz ichimliklarda koli- titr 300 dan, gazsizlarda 100, non kvaslarida 10 dan oshmasligi lozim.






Nazorat uchun savollar

  1. Sanitar mikrobiologiyasining asosiy vazifalari nimadan iborat?

  2. Tekshirishga suv qanday olinadi?

  3. Koli-titr, koli-indeks, mikroblarning umumiy soni deganda nimani tushunasiz?

  4. Koli-titr va koli-indeks qanday usullarda aniqlanadi?

  1. Havoni sanitariya-bakteriologik tekshirish

Tashqi muhit omillaridan havo organizmga katta ta’sir ko‘rsatadi. Havo mikroflorasini o‘rganadigan fanga aeromikrobiologiya deyiladi. Mikroblarni yashashi uchun havo qulay sharoit bo‘lib hisoblanmaydi, chunki unda mikroblarning yashashi uchun oziqa moddalar yo‘q va u doimo harakatda bo‘ladi. Shunga qaramasdan, unda ayrim mikrob­lar— sil, klostridiy sporalari, zamburug‘lar va boshqa mikroblar saq­lanadi. Havoni sanitariya-bakteriologik tekshirish ГОСТ talabiga asosan olib boriladi. Rejali va epidemiologik ko‘rsatkich bo‘yicha tekshiriladi. Ya’ni, operatsion xona, tug‘urug‘xona, bog‘lov xonasi, dorixona va boshqa xonalarning havosi tekshiriladi.
Havoni sanitariya-bakteriologik tekshirishda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

  1. 1 m3 havodagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi;

  2. 1 m3 havodagi patogen va shartli-patogen mikroblar aniqlanadi.


Download 82,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish