Immunitet deb, organizmning barcha begona agentlar, shuningdek, kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlarini yuqtirmaslik xossasiga aytiladi (lotin. immunitas
Organizmga genetik jihatdan begona agentlar — antigenlar tushganda, qator mexanizm va omillar ta’sirga o‘tib, begona agentlami aniqlaydi va zararsizlantiriladi. Organizm himoya reaksiyalari ichki muhitning gomeostaz doimiyligi buzilishiga qarshi kurashuvchi a’zo va to‘qima sistemasi mmunosistema deyiladi.
1 Immunologiya — immunitet haqjdagi ta’limot bo‘lib, begona moddalarga va
mikroorganizmlarga, begona to‘qima va xavfli o'smalarga nisbatan organizmning reaksiyasini o'rganadi. Immunologiya asosida tabiat kuchi bilan bo'ladican kuzatishlardan odam o'zini yuqumli kasalliklardan sun’iy ravishda himoya qilish imkoni yotadi. Hpidcmiya o'chogida odamlarm ku/atish natijasida hamma ham kasallanaver- maydi, degan xulosaga kclindi. Toun bilan xastalanib tuzalgan bemorda kasallik qaytarilmaydi, qizamiq bilan faqat bir marotaba kasallanadi, sigir chechagi bilan kasallanganlar ehincheehak bilan kasallanmaydi.
Tug‘ma immunitet turlari
Tug'ma (tur) immunitet - bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo‘lib, chidamlilik omillari bilan nasldan naslga o‘tishiga asoslangan. Ma’lumki, odam, yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo‘g‘ma bilan kasallan- maydi. Lekin tug'ma immunitet mutlaq emas, ya’ni mikroorganizm uchun noqulay sharoit yaratisn bilan uning yuqtirmaslik xossasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqeha issiqiash, sovqotish, avitaminoz, gormonlaming ta’sin odam yoki hayvon uchun tegishli bo‘lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlami sovqottirish yo'li bilan ularga sun’iy ravishda kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda, kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi.
Orttirilgan immunitet
Orttirilgan immunitet odam hayoti davomida orttiriladi, nasldan naslga o‘tmaydi.
Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og‘rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya dcyiladi). Ko'pgina hoflarda u uzoq vaqt saqlanadi, qi/amiq, suvcncchak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yu/aga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetnmg muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va b.). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'/.g'atuvchining kichik do/ada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy. turmish immunizatsiyasi).
Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib, homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib kctadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlami yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |