DezinfeksiY. Bu so‘zning manosiga ko‘ra ular oziq-ovqat mahsulotlarni
402
saqlovchi vositalar emas, lekin oziqa mahsulotlaridagi mikroblarini ingibitorlaydi yoki o‘ldiradi. Ular mahsulotlami kontaktda bo’ladigan yuza qismiga ta’sir ettiriladi. Bunday holatlar dori vositalarini nazorat qiluvchi tashkilotlar tomonidan emas, atrof- muhitni saqlash tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Bu tashkilotlar hayvon va parranda go‘shtidagi mikroorganizmlaming sonini kamaytirishga talab qo'yadi, Mikroblarga qarshi mahsulotlarni yuvish vositasidan foydalanadilar.
Sulfitlar. Oltingugurtning dioksidi (SO2) qadim zamonlardan dezinfeksiyalovchi modda sifatida qo’llanib kelingan. Antimikrob ta'sirga ega bo'lgan sulfit tuzlariga kaliy sulfit (K2SO3), natriy sulfit (Na2SO3), kaliy va natriy gidrosulfit (KHSO3, NaHSO3), natriy va kaliy meta bisulfit (K2S2O5, N2S2O5) kiradi. Ular asosan, sabzavot mahsulotlarining achitqilar, shilimshiq hosil qiluvchi zamburug’lar va bakteriyalariga qarshi ishlatiladi. Bakteriyalarning ularga sezuvchanligi achitqilar va shilimshiq hosil qiluvchi zamburug’larga qaraganda ko‘proq. Bu esa vinoni bakteriyalardan tozalashga yordam beradi, chunki ular achitqilaming spirtli bijg'ishiga to‘sqinlik qiluvchi laktozali bijg'ituvchi bakteriyalarni ingibitorlaydi. Sulfitlar shuningdek, antioksidant ta’sirga ham ega bo‘lib, fermentlar faoliyatini ham cheklaydi.
pH ko‘rsatkich sulfitlarning antimikrob ta’siri uchun muhim bo’lgan muhitlardan biridir. Suvda sulfit okidi va uning tuzi pH muvozanatda bo’lganidagina mavjud boladi:
SO2 * H2O = HSO3 + H+ = S0j + H+
Yana bir bor, kislota dissotsiatsiyalanishi muhim rol o‘ynaydi. Odatda, pH eritmadagi SO2 - H2 O ning miqdorini kamaytiradi va gidrosulfit (HSO-3) ioni konsetratsiyasini pasaytiradi. Sulfit okisdini eritmadagi pKa ko‘rsatkichi 1.8-7,2 ga teng bo'ladi. Sulfitlar kislota yoki SO2 - H2O ning dissotsialanmagan holida ko‘proq tormozlash xossasiga ega bo’ladi. Shuning uchun ularning SO 2 - H2O ko‘rinishdagi pH > 0.4 sharoitdagi faollik holati HSO'3 yoki SO'23 holatiga nisbatan100-1000 barobargacha ko‘proqdir. Bunda E.coli, achitqilar va Aspergillus nigerga qarshi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Sulfitlar, ayniqsa, gidrosulfit ioni juda aktiv kimyoviy modda sanaladi. Ular a-gidroksisulfanatlarga aldegid va ketonlami qo'shib hosil qilinadi.
Oltingugurt dioksidining kam konsentratsiyali eritmasi zamburug’larni o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt dioksidining milliondan 0,1 dan 20,2 ulushigacha bo‘lgan konsetratsiyasi Saccharomyces, Zygosaccharomyces, Pickia, Hansenula, va Candida turlarini ingibitorlaydi. Oltingugurt dioksidining milliondan
25 dan 100 ulushigacha bo’lgan konsentratsiyasi Byssochlamys nivea turini o'sishini to'xtatadi. Sulfitlar vino, meva va go'shtlardagi bakteriyalar faoliyatini
Do'stlaringiz bilan baham: |