O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi



Download 6,93 Mb.
bet86/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Muhit reaksiyasi - mikroorganizmlar rivojlanishiga oziqa muhitini nordonligi yok ishqorliligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Oziqa muhitining bunday xususiyati, muhit tarkibiga kirgan kimyoviy elementlarni suvli sharoitda elektrolitik dissotsiatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Biologik jarayonlar bilan aloqador kimyoviy reaksiyalar, muhitdagi vodorod ionlari miqdoriga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich pH (pH- vodorod ionining HQ o‘nlamchi logarifmining manfiy ko‘rsatkichi) bilan belgilanadi. pH 1 dan 14 gacha belgilanib, 1 dan 6 gacha nordon, 7 neytral, 8 dan 14 gacha ishqoriy muhit deb hisoblanadi. Mikroorganizmlarning har xil shtammi o‘zining mi’tadil pH iga ega va faqatgina shu ko‘rsatkich doirasi da yaxshi isib, rivojlanadi. Ko‘pgina bakteriyalar neytral muhitda yaxshi rivojlansa (pH 6,5-7,5), mitselial va bir hujayrali zamburug‘lar (hamda achitqi zamburug‘larining ayrimlari) nordon (kislotali) muhitda (pHq4-6) yaxshi o‘sib, ko‘payishadi. Muhitning pH ko‘rsatkichi hujayralarda o‘tadigan biokimyoviy jarayonlarga, xususan fermentlarning faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, pH oziqa moddalarni hujayraga kirishida katta rol o‘ynaydi.
Kislorod. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan muhtojligi ham xar xil bo‘ladi. Bu hodisani birinchilardan bo‘lib, fransuz olimi Lui Paster aniqlagan. Uning ta’kidlashicha, ba’zi bir mikroorganizmlar kislorodga doimiy ravishda muhtojlik sezsa, ba’zi-birlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaydilar. 0‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi kislorodga bog‘liq bo‘lgan mikroorganizmlar aerob, kislorodsiz muhitda yashaydiganlari esa anaerob mikroorganizmlar deb ataladi. Ammo, ba’zi bir mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kislorodni bor yoki yo‘qligi unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi. Umuman olganda, mikroorganizmlar kislorodga bo‘lgan talabiga qarab 4 guruhga bo‘linadi:

  • obligat (haqiqiy) aeroblar;

  • haqiqiy anaeroblar;

  • fakultativ (shart bo ‘lmagan) anaeroblar;

  • mikroaerofillar.

Obligat aeroblar faqat moddalarni kislorod yordamida oksidlanishi natijasida olinadigan energiya hisobida rivojlanadilar. Shuning uchun ham ularni hayoti kislorod bilan bog‘liq. Obligat anaeroblar, oksidlanish reaksiyalarida vodorodning akseptori sifatida nitratlar, sulfatlar yoki boshqa oksidlangan moddalardan foydalanadilar. Fakultativ anaeroblar yashashi uchun kislorodni bo‘lishi yoki bo‘lmasligi unchalik katta rol o‘ynamaydi. Mikroaerofillar, juda oz miqdorda
310


kislorod saqlagan muhitda rivojlanadilar.



  1. Biologik omillarning mikroorganizmlarga ta’siri. Tabiiy sharoitlarda, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarida, mikroorganizmlarning turli vakillari birgalikda rivojlanadilar. Ular orasida qaror topgan o‘zaro ta’sir va munosabat turlicha bo‘ladi. Ayrim hollarda ikki yoki undan ortiq mikroorganizm turlarining birgalikda hayot kechirishi o‘zaro foydali bo‘lishi va, hatto, birgalikda ular yakka holda hayot kechirganlaridan yaxshiroq hayot kechirishlari mumkin. Bunday o‘zaro ta’sir simbioz deyiladi. Simbiontlar orasida mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlarining o‘zaro almashtirib o‘zlashtirishi ham kuzatiladi. Simbiozga misol qilib sut achitqi bakteriyalari va achitqi zamburug‘larining birgalikda rivojlanishlarini keltirish mumkin. Sut achitqi bakteriyalari sut kislota sintez qilib, achitqi zamburug‘lari uchun qulay sharoit yaratadilar. Achitqi zamburug‘i hayot faoliyatining ayrim mahsulotlari (masalan, vitaminlar) sut achitqi bakteriyalari tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, achitqi zamburug‘lari kislotani o‘zlashtirib muhit kislotaligini tushiradilar va sut achitqi bakteriyalari rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘diradilar. Bu mikroorganizmlarning simbiotik rivojlanishi ayrim sut achitqili mahsulotlar (qimiz, kefir) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Birgalikda rivojlanishi o‘zaro foyda ham zarar ham keltirmasa, bunga kommensalizm deyiladi. Bunga odam organizmining normal mikroflorasi misol bo‘ladi.
Birgalikda rivojlanish bitta organizmga foyda keltirib, ikkinchisiga zarar keltirsa bunga parazitizm deyiladi. Parazitlar bo‘lib odam, hayvon, o‘simliklarning kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, tirik bakteriya hisobida yashovchi va uni yemiruvchi bakteriofaglar hisoblanadi.
Mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan o‘zaro ta’sir turlaridan bir mikrob hayot faoliyati natijasining ikkinchi mikrob hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Bunda birinchi mikrob ikkinchi mikrob hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan mahsulot bilan oziqlanadi va unga zarar yetkazmaydi. Bunday o‘zaro ta’sir metabioz deyiladi. Masalan, oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalovchi mikroorganizm bu qobiliyatga ega bo‘lmagan mikroorganizm uchun qulay azot manbai yaratadi. Turli mikroorganizmlarning birgalikda yashashi bir moddaning navbat bilan boshqa moddaga aylantirishga asoslangan. Masalan, achitqi zamburug‘lari qandlarni etil spirtigacha parchalaydilar. Etil spirtini esa sirka achitqi zamburug‘lari sirka kislotasigacha oksidlaydilar. Sirka kislota esa o‘z navbatida mog‘orlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Mikroorganizmlar orasida antogonistik o‘zaro ta’sir ham tarqalgan. Bu usulda bir mikrob turi ikkinchisining rivojlanishini to‘xtatib qolishi va, hatto, o‘limigacha olib kelishi mumkin.

311



Antibiotiklar. Fitonsidlar. Ko‘p hollarda mikrob-antogonistning halok etuvchi ta’siri uning muhitga specifik biologik faol kimyoviy modda ajratib chiqarishi tufayli sodir bo‘ladi. Bunday moddalar antibiotiklar
deyiladi. Antibiotik ajratib chiqaruvchi mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Bu xususiyatga ko‘pgina zamburug‘lar, bakteriyalar, ayniqsa, aktinomitsetlar ega. Ayrim mikroorganizmlar bir vaqtning o‘zida bir necha xil antibiotik hosil qilishi mumkin.
Antogonizm hodisasini Petri likopchasida bir vaqtning o‘zida turli mikroorganizmlami o‘stirishda kuzatish mumkin. Mikrob-antogonist koloniyasi atrofida steril zona hosil bo‘lib, bu zonada ushbu antogonistga ta’sirchan bo‘lgan mikroorganizm rivojlanishi kuzatilmaydi.
Antibiotiklarning juda ko‘plari ajratib olingan va o‘rganilgan. Ularning kimyoviy tabiati turlichadir. Antibiotiklarning o‘ziga xos xususiyati - ularning tanlab ta’sir etishi, ya’ni ma’lum mikroorganizmga ma’lum bir antibiotik ta’sir etishidir. Ayrim antibiotiklar zamburug‘larga ta’sir etsa, boshqalari bakteriyalarga ta’sir etadi. Viruslarga ta’sir etuvchi antibiotiklar ham mavjud.
Antibiotiklarning ta’sir mexanizmi turlichadir. Ayrimlari hayot faoliyatini to‘xtatsalar, boshqalari rivojlanishini vaqtinchalik bosib turadilar. Bunday ta’sir bakteriostatik (bakteriyalarga nisbatan) yoki fungistatik (mog‘orlarga nisbatan) ta’sir deyiladi. Mikroorganizmlarga halok etuvchi ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar bo‘lib, ularning ta’siri mos ravishda bakteritsid yoki fungitsid ta’sir deyiladi. Ayrim antibiotiklar nafaqat halok etuvchi ta’sir, balki mikrobning lizisini, ya’ni yemirilishini ham keltirib chiqaradi.
Antibiotiklar uni ishlab chiqargan mikroorganizm oilasi yoki turi nomiga qarab nomlanadi. Masalan, penitsillin uni ishlab chiqargan Renicillium zamburug‘i oilasining nomi bilan; gramitsidin esa uni sintez qilgan gramijobiy bakteriyalar nomi bilan yuritiladi.
Antibiotiklar tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
Ilmiy izlanishlar asosida tez buziluvchan mahsulotlarga antibiotiklar bilan ishlov berish va bunday ishlov berishda sovuqdan foydalanish samaradorligi aniqlangan.
Oziq-ovqat sanoatida nistatin, biomicin, nizin kabi antibiotiklar qo‘llaniladi.
Antibiotiklar nafaqat mikroorganizmlar tomonidan, balki o‘simlik va hayvonlar tomonidan ham ishlab chiqariladi.
O‘simlik tabiatli antibiotiklar fitonsidlar (grekcha "fiton" - o‘simlik) deyiladi. Fitonsidlar 1928-yilda B.P.Tokin tomonidan aniqlangan. B.P.Tokin o‘simliklar tomonidan ajratib chiqaruvchi ayrim uchuvchan moddalar va ularning to‘qima sharbatlari infuzoriylar, bakteriyalar, achitqi zamburug‘lari va mog‘orlarga halok etuvchi ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.
Fitoncidlar o‘simlik dunyosida keng tarqalganlar. Fitoncidlar o‘simliklarning
312



mikroblardan zararlanishiga qarshi tabiiy muhofaza vazifasini bajaradi. Fitoncidlar mikroorganizmlarga tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega. Ma’lum bir o‘simlikning sharbati bir mikrobga halok etuvchi ta’sir ko‘rsatsa, boshqasi uchun umuman zararsizdir. o ‘simlikdagi ko‘p moddalar - efir moylari, glikozidlar, antocianlar, oshlovchi moddalar va boshqalar antimikrob ta’siriga ega.
Ovqatda ishlatiladigan ko‘pgina sabzavotlar ham antimikrob xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar saqlaydilar. Masalan, sarimsoq va piyozdan allicin, sholg‘omda - rapin, pomidorda - tomatin kabi fitoncidlar bo‘ladi.
Ayrim o‘simliklardan ajratib olingan antimikrobli fitoncidlar tibbiyotda va qishloq xojaligida foydanilmoqda.
Nazorat savollari

  1. Mikroorganizmlarga qanday tashqi muhit omillari ta’sir etadi?

  2. Kimyoviy omillarga qaysi omillar kiradi?

  3. Muhit reaksiyasi mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

  4. Kislorod mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

  5. Biologik omillar mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

313


3-BOB. INFEKSIYA, ULARNING MANBALARI VA TARQALISH


YO’LLARI

  1. MAVZU. TUPROQ, SUV VA HAVO MIKROFLORASI REJA:

  1. Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi.

  2. Tuproq mikroflorasi.

  3. Suv mikroflorasi.

  4. Havo mikroflorasi.

Tayanch iboralar: metabioz, sil tayoqcha, koli-titr
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi. Yer sharining turli geografik zonalarida iklim sharoiti har xil bo‘lishiga qaramay, mikroorganizmlardan xoli bo‘lgan tumanni topib bo‘lmaydi. Muz okeanida va Afrika sahrosida, baland tog‘lar cho‘qqisida va chuqur suv ostida, o‘simlik organlarida son-sanoqsiz mikroblar tarqalgandir. Mikroorganizmlarda hayot jarayonlarini saqlash xususiyati kuchli bo‘lganligidan ular bir necha yuz, hattoki bir necha ming yillardan keyin ham qulay sharoitda tiriklik xususiyatlarini namoyon qilgan. 1911 yilda muz tagidan topilgan momont ustida mikroorganizmlar borligi va ular yashashga qodir ekanliklarini Omelyanskiy kuzatgan. Amerikalik Meyer Antraktidada (Janubiy qutbda) 30 mqalinlikdagi muz oralaridagi mikroblarni ajratib olib, qulay sharoitda parvarish qilib, ularda hayot jarayonlarini uyg‘otgan. Bu mikroblar 3000 yil davomida muz ichida anabioz hayot kechirganligidan dalolat beradi.
Foydali mikroblardan tashqari inson, hayvon va o‘simliklarda turli xil kasalliklarni tug‘diruvchilari ham uchraydi. Zararli mikroblar ishlab chiqaradigan zaharli moddalar toksinlar deb ataladi. Tashqi muhitga chiqarilgan zaharli moddalar ekzotoksin deyiladi. Bunday mikroblardan saqlanish uchun har bir shaxs gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur. Toza va sog‘lom teri ko‘p mikroorganizmlarni halok qilish qobiliyatiga ega. Shunga qaramay odamlar badaniga ularning soni million va milliardlar bilan hisoblanadi.
Insonlarning og‘iz, burun bo‘shliqlarida, ayniqsa kasallangan tishlarida turli xil zararli va zararsiz mikroorganizmlar uchraydi. Traxeya va bronxlarda havo tarkibidagi barcha mikroblar uchraydi.
Qizilo’ngach va oshqozonda mikroblar soni kam bo‘lsa, ingichka ichak, ayniqsa yo‘g‘on ichakda mikroblar son-sanoqsizdir. Masalan 1 g axlat tarkibidagi mikroblar soni milliardlar bilan sanaladi.

314


Ba’zi hayvonlar axlatining 1/3 qismi mikroblardan iborat ekan. Axlat tarkibida kokkilar va tayoqchasimonlar, vibrionlar va spiroxetalar, viruslar va aktinomitsetlar, turushlar, zamburug‘lar hamda sodda hayvonlar vakillari uchraydi. Shular ichida vabo poliomilit, dizenteriya, sariq va boshqa kasalliklarni tug‘diruvchilar ham bo‘lishi mumkin. Bola tug ‘ ilib, 2,5 oy o‘tgach, uning tanasida mikroblar to‘plana boshlaydi. Mikroblar turining o‘zgarib turishi har bir shaxsning yoshi, oziqlanishi va gigiyena qoidalariga rioya qilishiga bog‘liq.



  1. Tuproqdagi mikroflorasi. Tuproqda mikroorganizmlarning ahamiyati katta. Mikroblar tashqi muhitdagi hamma obektdardan ko‘ra tuproqda ayniqsa ko‘p. Ularning hayot faoliyati uchun tuproqda qulay sharoit, zarur oziq moddalar bor, namlik yetarli. Tuproq mikroblarni quyosh nurlaridan himoya qiladi. Mikroblar tuproqning turli qatlamlarida turlicha tarqalgan. Eng ustki qatlamda mikroblar kam. Chunki bu yerda mikroblar quyosh nurlarining ta’siridan tez qurib halok bo‘ladi. Yer yuzasining 10-20sm chuqurlikdagi tuproq qatlamida mikroblar hammadan ko‘proq. Pastga tushgan sayin mikroblarning xarakteri o‘zgaradi va ularning umumiy miqdori kamayadi. 4-5 m chuqurlikdagi

tuproq esa deyarli steril bo‘lishi mumkin.
Tuproqningmorfologiyasitarkibiga, yoritilishsharoitiga, namlikdarajasiga, yilfasllarigavaboshqaomillargaqarabmiqdorhamdasifatjihatdanfarqqiladi. Masalan, taqir, toshloq, qumloqtuproqlardamikroblarjudakam, haydabqo‘yilgan, o‘g‘itlabturiladigantuproqdaesamikroblarayniqsako ‘pbo‘ladi. Tuproqdagimikroblaryozda (iyul - avgustda) ko‘proq, qishdaesajudakambo‘ladi. Tuproqning ustki qatlamlarida saprofit mikroblar bor, ular organik moddalarning chirishiga sabab bo‘ladi, bu mikroblarning ko‘pchiligi odamlar bilan hayvonlarning ichidan tushadi. Spora hosil qiladigan har xil tayoqchalar, turli mog‘or va nursimon zamburug‘lar keng tarqalgan. 1 g mozor tuprog‘ida 19 mlrd. bakteriyalar borligi aniqlangan, 1 ga yerning 25 sm chuqurligidagi tuproqdan olingan mikroblarning og‘irligi 3 tonnadan 5 tonnagacha yetadi. Tuproqdagi mikroorganizmlarga: suv o‘simliklari, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, bakteriyalar va boshqalar kiradi.
Suv o‘simliklari tuproqni shakllaydigan asosiy mikroorganizmlardir. Ularyer yuzining quyosh va namlik ko‘p bo‘lgan eng yuqori qatl amlarida yashaydilar. Suv o‘simliklar tuproqda yashab, havodan azotni fiksatsiya qilib, uning hosildorligini oshiradi.

  1. Zamburug‘lar tuproqda nihoyatda ko‘p tarqalgan tirik xlorofilsiz organizmlardan biridir. Bazidomitsetlar ko‘proq o‘rmon tuproqlarida uchrab, yuksak o‘simliklar bilan mikroizani hosil qiladi (yuksak o‘simliklarning ildizlarida zamburug‘larning simbiozi). Zamburug‘larning eng ko‘p miqdorini tuproqning yuqori (5 dan 20 santimetrgacha) qatlamlarida, ammo ba’zilarini

315



(aktinomitsetlar, mukammallashmagan zamburug‘lar va boshqalar) 50-80 santimetr chuqurlikda ham topish mumkin. Yuqori qatlamdagi 1 g tuproqning tarkibida 1 mln zamburug‘lar bo‘ladi. Bu esa biomassasining 1500 kg da, ya’ni 1 ga da 1500 kg zamburug‘lar borligini bildiradi.

  1. Bakteriyalarning boshqa mikroorganizmlarga qaraganda soni va turlari tuproqda ko‘proqdir. Bularga autotroflar va geterotroflar kiradi. Tuproqdagi bakteriyalar ishtirokida ammonifikatsiya, azotni, oltingugurtni, temirni va boshqa elementlarni to‘plash jarayonlari o‘tadi. Tuproqda odam va hayvonlar uchun zararli, ya’ni yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar ham ko‘p. Ba’zilari tuproqda ko‘payadi va rivojlanadi. Masalan, kuydirgi kasalini ko‘zg‘atuvchi sporalar yozda, tuproq moddalarga boyiganda vegetat iv shaklga o‘tib, ko‘payadi, kuzda esa yana spora shaklini oladi.

Evolyusion taraqqiyot natijasida tuproq mikroorganizmlarining ayrim gruppalari orasida metabioz munosabat hosil bo‘lgan. Boshqa gruppa mikroorganizmlar orasida esa o‘zaro antogonizm munosabati paydo bo‘lib, bakteriya va zamburug‘lar bir-birining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi yoki biri ikkinchisini yo‘q qiladi.
Tuproqdagi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar rivojlana olmaydi. Natijada ularning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati yo‘qoladi va ular o‘ladi (spora hosil qiladigandan tashqarilari). Sil tayoqchasi 5 oydan 2 yilgacha, brusellalar 100 kungacha, yiring hosil qiluvchi kokklar 2 oygacha, viruslar 5 kungacha yashaydilar. Kuydirgi, qora son va boshqa sporalar hayot faoliyatini bir necha o‘n yil davom ettiradi.
Bakteriologik tekshirish uchun 1-2 sm chuqurlikdan maxsus qoshiq bilan tuproq olinadi. Uning mikroblar bilan ifloslanganligi darajasi 1 g tuproqdagi mikroblarning soni bilan belgilanadi. Tuproqdagi ichak tayoqchasining titri va patogen mikroblarning borligi ham aniqlandi.
Suv mikroflorasi. Mikroblar suvga asosan yer yuzidan, qisman havodan yomg‘ir va chang bilan tushadi. Ularning suvda yashashi uchun sharoit mavjud. Buloq (chashma), artezian quduqlar suvida mikroblar juda kam b o‘ladi. Daryo, anhor, hovuz, ko‘l suvida, ularning qirg‘oqlarida, ayniqsa aholi yashaydigan joylar yaqinida mikroblar ko‘p. Chunki ularga har xil iflos suvlar, kanalizat siya suvlari kelib quyuladi. K.Vagner va U.Reyss 1953 yili sil kasalliklar kasalxonasidan chiqqan suvni tekshirib, 1ml suvda kasallik qo‘zg‘atuvchi 100 ming
mikrob borligini aniqlashgan. Suvda atrof-muhitdan tushib turadigan mikroblardan tashqari, doimo yashashga moslashgan mikroorganizmlar ham bor. Mikroblarning o‘lishiga asosiy sabab, suvda yashaydigan sodda organizmlardir. Ular bir-birlarini tutib hazm qiladilar. Bundan tashqari ular bir-biriga qarama- qarshi bo‘lishi tufayli ham nobud bo‘ladi. Mikroblarning bir qismi suvning oqimi
316


bilan doimo harakat qilishi natijasida, suv ostida to‘plangan loyqada xalok bo‘ladi.


Odam najasi yoki hayvon tezagi bilan ifloslangan suvda kuydirgi batsillasi, paratif, brusellyoz, tuberkulyoz va boshqa turli mikroorganizmlar uchraydi. Ba’zi mikroblar suvda bir necha vaqtdan keyin ko‘paya boshlaydi. Patogen mikroblar aralashgan suvni qaynatmasdan ichish yoki undan boshqa maqsadda foydalanish odam va hayvonlar uchun xavflidir. Daryo suvi shaharga yetmasdan oldin unda mikroblar kamroq bo‘ladi. Shahardan chiqqandan keyin esa ularning soni ko‘payadi. Masalan, Ural daryosi suvining shaharga yetib kelmasdan oldingi 1 ml da 197000 mikrob bo‘lgan bo‘lsa, shahardan chiqqandan keyin 400000 mikrob aniqlangan.

  1. Havo mikroflorasi. Havo quruq bo‘lsa, tuproqdan ko‘tarilgan chang to‘zon hisobiga havo mikroblar bilan ifloslanib turadi. 1 g chang tarkibida bir milliongacha mikroblar borligi aniqlangan. Yil fasllari o‘zgarishi bilan havodagi mikroblar soni ham o‘zgarishini parijlik Mikeleya tekshirgan. Buni quyidagi jadval raqamlaridan ko‘rish mumkin.

Yil fasllari

1 m havodagi bakteriyalar soni

1 m havodagi mog‘or zamburua‘lar soni

Qishda

4305

1345

Bahorda

8080

2275

Yozda

9845

2500

Kuzda

5665

2185

Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni juda ko‘p bo‘lib, yuqoriga ko‘tarilgan sari kamaya boradi (YE. N. Mishustin).
Yangi ma’lumotlarga asoslanib, yerdan 20 km balandlikda ham spora hosil qiluvchi va mog‘or zamburug‘lari bo‘lishi aniqlangan.
Okeanlarda, dengizlarda va baland tog‘lar havosida mikroblar soni kam bo‘lsa, aholi zich joylashgan markazlarda ularning soni ko‘p bo‘ladi.
Olimlarning dalillariga ko‘ra, shamollatilmagan xonadagi 1 m havo tarkibida mikroblar soni 200-300 ming donaga borib qolar ekan. Jumladan, dars boshlashdan oldin 1 m sinf havosi tarkibida 300 mikrob borligi aniqlangan. Darsdan keyin esa mikroblar soni 4 ming gacha ko‘paygan. Bu hodisa tanaffus vaqtida derazalarni ochib, xonani shamollatish zarurligini ko‘rsatadi.
Mikroblar kichik bo‘lganligi tufayli biz ularni ko‘ra olmaymiz. Ammo ularni ko‘z bilan ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lganimizda edi, ularning kuchli jalaga o‘xshab to‘rganligini kuzatgan bo‘lar edik.
Havoning quruq bo‘lishi, quyosh nuri, oziq moddalarning yo‘qligi ularning

317

ko‘payishiga va rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada havo tarkibidagi zararli mikroorganizmlar ham kamdan-kam uchraydi. Havodagi mikroblarning oz- ko‘pligi har xil usullar bilan aniqlanadi. Kox usuli: Petri kosachasiga 15-20 ml go‘sht-pepton agari quyiladi. U qotgandan keyin, uyning burchaklariga va o‘rtasiga qopqog‘i ochib qo‘yiladi. Chang bilan birga kosachaga havodagi mikroblar o‘tiradi. Shundan so‘ng kosachaning qopqog‘i berkitilib, uni termostatga qo‘yiladi (+37 daraja). Qancha mikroblar tushgan bo‘lsa, shuncha koloniyalar o‘sadi yoki hosil qiladi. Shundan keyin havoda mikrob bor - yo‘qligini, ularning soni va necha xili mavjud ekanligini taxminan bilish mumkin. Petri kosachasida o‘sgan yoki hosil bo‘lgan mikroblarning soni bir detsimetr maydonga ko‘paytirilib, 1 mJ havodagi mikroblar aniqlanadi. 5 minut ichida 1 detsimetr maydonchaga 10l havoda bo‘lgan mikroblar tushadi.
Masalan, Petri kosachasida o‘sgan koloniyalar 25 ta, kosachaning diam etri 10 sm. Maydoni pr2 (3,14 radius-kvadratiga ko‘paytiramiz) 3,14x25=78,5 sm kv. (radius 5 sm). 25 koloniyalar-78,5 sm kv. X koloniyalar-100 sm kv. Proporsiya bilan chiqarsak 32 koloniya 1 m
2 da bo‘ladi. 32 koloniya 10 l havoda - 1 m kv havoda 100
l Demak 32 koloniya - 10 l yoki 1000 m kv.-3200. Mikroblarning patogen yoki patogen emasligi laboratoriya hayvonlariga yuqtirib aniqlanadi. Turar joy binosining 1 m havosida 500-1000 dona bakteriya bo‘lishi uning juda ham ifloslanganligini bildiradi.
Nazorat savollari

  1. Mikroblar necha xil bo‘ladi?

  2. Mikroblar organizmning qaysi qismida ko‘p uchraydi?

  3. Havo mikroflorasi haqida tushuncha bering.

  4. Tuproq mikroflorasi haqida tushuncha bering.

  5. Suv mikroflorasi haqida tushuncha bering.

  6. Koli-titr deganda nimani tushunasiz?

318


10-MAVZU. ANAEROB JARAYONLAR



REJA:

  1. Spirtli bijg‘ish jarayoni

  2. Sut kislotali bijg‘ish jarayoni

  3. Moy kislotali bijg‘ish jarayoni

  4. Propion kislotali bijg‘ish jarayoni.

Tayanch iboralar: achitqi, streptokokkus, laktis, bakterium, delbryukki, laktobakterium, bulgarikum.
Spirtli bijg‘ish jarayoni. Bijg‘ish jarayonlari xilma-xil mikroorganizmlar ishtirokida sodir bo‘ladi va turli-tuman mahsulotlar sintezlanishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, bijg‘ish jarayonining nomi hosil bo‘lgan mahsulot yoki bijg‘ish jarayonida sarflanadigan moddaning nomi bilan ataladi.
Etil spirtli bijg‘ish vino, pivo tayyorlashda va xamir oshirishda ularga o‘ziga xos ta’m berish uchun qadimdan foydalanib kelingan bo‘lsada, uning biologik jarayon ekanligini Fransiyalik olim Lui Paster (1858) aniqlagan.
Anaerob sharoitda yashagan turush zamburug‘larining nafas olishida sarflanadigan uglevodlar hisobiga etil spirt hosil bo‘ladi. Bu jarayon etil spirtli bijg‘ish
deb ataladi va u quyidagi umumlashtirilgan tenglama bilan ifodalanadi:
C6 H12O6 ® 2CH3CH2OH + 2CO2 + energiya Etil spirtli va boshqa turli bijg‘ish jarayonlari juda murakkab biokimyoviy jarayon bo‘lib, bunda glyukoza katta o‘zgarishlarga uchraydi. Bijg‘ish jarayonlarida oxirgi maxsulotlar - turli-tuman birikmalar hosil bo‘ladi. Jumladan, bu bijg‘ishda oxirgi mahsulot - etil spirt to‘planadi va karbonat angidrid ajralib chiqadi.
Etil spirtli bijg‘ish jarayoni turush zamburug‘lariga xos bo‘lsada, ba’zi mog‘or zamburug‘lari va ayrim bakteriyalarning hayot faoliyatida ham etil spirt hosil bo‘lganligi aniqlangan. Turushlar Fakultativ anaerob organizmlar bo‘lib, saxaromitsetlar oilasiga kiradi. Ular kurtaklanish yo‘li bilan, ayrim vaqtlarda spora hosil qilib ko‘payadi. Ularning hayot faoliyatida muhitda 10-15% gacha etil spirt to‘planadi. Agar muhitga NaHCO3, Na2 CO3 tuzlari qo‘shilsa, etil spirt o‘rniga ko‘p miqdorda glitserin yig‘iladi.
Spirtli bijg‘ishning kimyosi. Barcha bijg‘ish jarayoni ko‘p etapli jarayon hisoblanib, ikki bosqichda boradi:
birinchi - oksidlanish - glyukozaning ikki molekula qaytarilgan NAD ■ N2

  • vodorodning oraliq akseptori hosil bo‘lishi bilan pirouzum kislotagacha o‘z ichiga oladi:

C6H12O6 ®2CH3COCOOH+NAD • N2; ikkinchi bosqichda - qaytarilish - NAD • N2 oxirgi akseptorga vodorodni

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish