Quniq moddalar - mikrob hujayrasining o‘rtacha 15-25% ini tashkil qiladi. Bular, organoidlar tarkibidagi organik moddalar va kul elementlaridir (mikroelementlar).
Organik moddalar - oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va nuklein kislotalarini o‘z ichiga oladi. Organik moddalar orasida oqsillar miqdori ko‘proq bo‘lib, ularni miqdori 50-80% tashkil qiladi (mikrob hujayrasidagi quruq modda hisobida) oqsillarni miqdori mikroorganizmlami turlari va oziqa muhitining tarkibiga bog‘liq. Oqsillar ikkiga bo‘linadi - oddiy (proteinlar) va murakkab (proteidlar) oqsillar. Proteidlar - oddiy oqsilning oqsil bo‘lmagan tabiatiga ega bo‘lgan moddalar bilan birikmasidan iborat. Agar oqsil nuklein kislotalari bilan birikkan bo‘lsa nukleoproteidlar, polisaxaridlar bilan kompleks hosil qilgan bo‘lsa - glyukoproteidlar. Yog‘simon moddalar bilan birikkanda esa lipoproteidlar deb ataladi. Keyingi yillar ilmiy adabiyotlarida oddiy va murakkab oqsillarni ham proteinlar deb atashmoqda.
Nuklein kislotalari - hujayra hayotida ulkan vazifalarni bajaradilar. Ikki xil tipdagi nuklein kislotalar ma’lum: ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiribonuklein kislota (DNK). DNK ko‘proq yadroda, RNK esa sitoplazmada uchraydi.
300
Uglevodlar (karbonsuvlar) - hujayrada polisaxaridlar sifatida uchraydilar, sitoplazmada ular kraxmal va glikogen zarrachalari bo‘lib uchraydilar. Ular hujayra uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiladilar.
Yog‘lar (lipidlar) - mikroorganizmlar hujayralarida bir xil bo‘linmaydilar, ularni ko‘p miqdori sitoplazmani va hujayra qobig‘ini sathida joylashgan bo‘ladi. Yog‘larni miqdori har xil mikroorganizmlarda har xil bo‘lib, 3,8 dan 40,0 % gacha yetadi. Ular sitoplazmaga ma’lum tuzilish berib turadi va sitoplazmatik membranalar tarkibiga kiradi.
Mineral moddalar - hujayra massasini kuydirilgandan keyin qoladigan kul bo‘lib, ularni miqdori 2 dan 14 % gacha yetadi. Misol tariqasida mikroorganizmlarnii o‘rtacha element tarkibi keltirilgan (quruq moddalarga nisbatan % hisobida).
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, hujayraning asosiy elementlari bo‘lib, uglerod, kislorod, azot, vodorod, fosfor, va oltingugurt hisoblanadi. Ularni miqdori 95% atrofida, boshqa elementlar esa atigi 5% ni tashkil etadilar. Kaliy, natriy, kalsiy va temir nisbatan ko‘proq saqlangani uchun ularni makroelementlar deb ataladi. Ulardan farqli o‘laroq, marganets, kobalt, mis, molibden va rux juda kam miqdorda uchraydilar. Bularni mikroelementlar deb ataladi.
Mikroorganizmlarning oziqlanishi. Mikroorganizmlarni u yoki bu moddaga bo‘lgan muhtojligini, uning hujayrasini kimyoviy tarkibini o‘rganish orqali topish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, hujayra tarkibini tashkil qiluvchi barcha elementlar oziqa muhitida bo‘lishi shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan elementlar orasida eng biogenetik hayotiy zarur element uglerod hisoblanadi. xunki, uglerod mikrob hujayrasini sintez qiladigan barcha organik moddalar tarkibiga kiradi. Uglerod, kislorod, vodorod, azot va oltingugurt bilan o‘zaro aloqaga kirib, hayotiy zarur moddalar sintez bo‘lishiga xizmat qiladi. Aminokislotalar, oksidlar, karbon suvlar, uglevodlar, nuklein kislotalar, yog‘lar va hakoza shular jumlasidandir.
Ikkinchi, eng muhim, biogen element, bu azotdir. Azot mikroorganizmlarni o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun o‘ta zarur bo‘lgan aminokislotalar, oqsil moddalr, nuklein kislotalar tarkibiga kiradi.
Mikroorganizmlarning oziqlanishida boshqa elementlar ham, jumladan, fosfor, oltingurgut, kislorod, temir, kaliy, kalsiy va boshqa elementlar ham zarur. Ularning birortasi oziqa tarkibida bo‘lmasa, mikroorganizmlarning o‘sishi juda ham sekin kechadi yoki umuman o‘smaydi.
Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Energiya manbaiga qarab barcha organizmlar fototroflar - yorug‘lik energiyasini ishlatishga qodir organizmlar va energiyaning kimyoviy manbalariga muhtoj organizmlarga bo‘linadi.
301
Uglerod manbaiga qarab esa organizmlar - geterotroflarga (asosan uglerod manbasi sifatida uglerod ikki oksidi CO2 ishlatadigan organizmlar) va geterotroflarga (uglerodning organik birikmalariga muhtoj organizmlarga bo‘linadi.
Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda butun mikroorganizmlar to‘rtta katta guruhga bo‘linadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |