O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi



Download 6,93 Mb.
bet82/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Deyteromitsetlar yoki taraqqiy etmagan - tuban zamburug‘lar (Deuteromycetes) - ko‘p hujayrali va bir hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinssiz ko‘payadi. Ko‘pchiligi konidiyalar bilan ko‘payadi, ba’zilari oidiyalar hosil qiladi.

Bu sinfga jinsiy ko‘payishi aniqlanmagan yoki butunlay bo‘lmagan zamburug‘lar kiradi. Konidiyali bosqichi askomitsetlarnikiga juda o‘xshaydi.
297



Tuban zamburug‘lar mitseliylari yaxshi rivojlangan, ko‘ndalang bo‘lingan. Ko‘payish konidiyalar hisobiga amalga oshadi. Taraqqiy etmagan zamburug‘lar guruhi vaqtinchalik taksonomik guruhga o‘xshaydi. Chunki, ushbu guruh vakillarini jinsiy ko‘payish jarayoni aniqlansa, ularni darhol askomitsetlarga yoki bazidiomitsetlarga kiritilishi aniq.
Tuban zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgandir. Ularning ko‘pchiligi oziq- ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaradi. Ayrim vakillari o‘simliklarda tekinxo‘rlik qilsa, ba’zilari odamlar tanasida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiatda oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar fuzarium (Fuzarium), botriks (Botritic), alternariya (Alternaria), oidium (Oidum), moniliya (Monilia), foma (Foma), kladosporum (Cladosporium) va hakazodir.
Achitqilar haqida umumiy tushuncha. Achitqilar tabiatda keng tarqalgan, bir hujayrali harakatlanmaydigan organizm. Ular tuproqda, mevalarda, ayniqsa, pishib yetganlarida, o‘simliklar barglarida uchraydi. Ko‘p achitqilar xojalikda va sanoatda ishlatiladi.
Achitqilarning texnik ahamiyati ularning qandni etil spirti va gazga (SOz) aylantirib berish qobiliyatiga asoslanganligi. Bu bilan bog‘langan holda qadimdan ular qandli qo ‘ziqorinlar
yoki saxaromitsitlar nomini olgan. Achitqilar tarkibida yuqori miqdordagi oqsil va vitaminlar (Bb B2, Bz, nikotin kislotasi) tutgani bilan ajralib turadi. Achitqi hujayrasining o‘lchami odatda 10-15 mkm dan oshmaydi.
Nazorat savollari

  1. Zamburug‘lar qanday turda nafas oladilar?

  2. Zamburug‘lar necha xil yo‘l bilan ko‘payadilar?

  3. Zamburug‘larning oziqlanishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

  4. Mog‘or zamburug‘lari tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadilar?

  5. Achitqilar qanday holatda zarar keltiradi, qaysi holatlarda foyda keltiradi?

298


  1. MAVZU. MIKROORGANIZMLARNING MODDA ALMASHINUVI, KIMYOVIY TARKIBI VA OZIQLANISHI VA NAFAS OLISHI. MIKROORGANIZM FERMENTLARI

REJA:

  1. Mikroorganizmlaming modda almashinuvi.

  2. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi.

  3. Mikroorganizmlarning oziqlanishi.

  4. Mikroorganizmlarning nafas olishi.

  5. Mikroorganizm fermentlari.

Tayanch iboralar: modda almashinuvi, quruq modda, organik modda, nuklein kislota, uglevod, anaerob, aerob, ferment, gidrolaza.
Mikroorganizmlarning modda almashinuvi. Ko‘z ilgamas, juda kichik mikroorganizmlar o‘z hajmlariga nisbatan juda ko‘p miqdordagi moddalarni qayta ishlash xususiyatiga egalar. Masalan, bakteriya hujayralari sutkasiga o‘z og‘irligidan 30-40 marotaba ko'p bo'lgan oziqani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega. Bu hodisa, mikrob hujayrasi qabul qilayotgan yoki chiqarayotgan moddalar ular hujayralarining bor sathicha baravariga amalga oshirilishi bilan tushuntiriladi. Mikrob hujayra va tashqi muhit orasida modda almashinuvi amalga oshirib turiladi.
Modda almashinuvi yoki metabolizm deb hujayra va u yashab turgan tashqi muhit orasidagi modda va energiya almashinuvi jarayonlarini ta’minlab turuvchi va fermentlar yordamida amalga oshiriluvchi maxsus yo‘naltirilgan reaksiyalar majmuasiga aytiladi.
Modda almashinuvi ikki jarayondan iborat: birinchi - tashqi muhitdan o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo'lgan moddalarni qabul qilib olish va ular asosida hujayra elementlarini sintez qilish (oziqlanish) va ikkinchi - tashqi muhitga oxirgi mahsulotlarni chiqarish.
Mikroorganizmlarda har qanday oziqa moddalarini almashinuvi ikki yo‘nalishdan birida: anabolizm yoki katabolizm asosida amalga oshiriladi. Anabolizm hujayrada oddiy birikmalardan, yangi biopolimerlar tuzish bilan bog‘liq bo'ladi, ATF (adenozin uch fosfat) dan chiqadigan energiyani yutish bilan bog‘liq. Katabolizm - fermentlar yordamida yuqori molekulalik organik moddalarni parchalanishi bo'lib, bu jarayonda energiya ajralib chiqadi va ATF yoki boshqa energiyaga boy bo'lgan birikmalar tarkibida to‘planadi (energiya zahirasi tashkil etiladi).
Mikroorganizmlarda modda almashinuvi, hujayraga qurilish materiallari olib kirish va shu materiallarni hujayra ichida qayta ishlaydigan reaksiyalardan iborat.

299



Bu reaksiyalar maxsus fermentlar ishtirokida olib borilib, ularni o'tishi birin-ketin olib boriladi.
Birinchi reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulot, ikkinchi reaksiya uchun substrat bo'lib xizmat qiladi (Substrat- parchalanishi yoki o‘zgarishi lozim bo'lgan modda) yuqorida aytib o‘tilganidek, mikroorganizm o'sishi uchun tashqaridan (oziqa muhitidan) barcha kerakli moddalarni olishi shart. Bu moddalarni ba’zilari oziqa manbai ba’zilari esa energiya manbai bo'lib xizmat qiladi.
Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi. Suv
- mikrob massasining asosini tashkil etadi. Uning miqdori har xil mikroorganizmlarda har xil bo'lgan, ularning og‘irligining 75-85% ni tashkil etadi. Hujayradagi suv bo'sh yoki makromolekulalar sathi bilan bog‘langan holda bo'lishi mumkin. Biologik tizimda, makromolekulali biopolimer sathida mustahkam bog‘langan suv deb aytiladi. Bunday suvni xususiyati yoki xossalari oddiy suvnikidan farq qiladi. Shuning uchun bunday suvni strukturaviy element sifatiga kiritiladi. Mikroorganizmlarda bunday suvning miqdori 15-18% ni tashkil etadi. Mikroorganizmlar hujayrasidagi suvning ko'p miqdori bo'sh suv bo'lib, u moddalarni eritish yoki har xil biokimyoviy jarayonlar ketishi uchun muhit tashkil qilishga xizmat qiladi. Hujayralarni mo'tadil faoliyat ko'rsatishi, yoxud modda almashuvi, o'sishi va ko'payishi, faqatgina kerakli miqdorda suv bo'lgan va hujayra suvli ozuqa muhitida bo'lgan sharoitdagina amalga oshadi. Suv miqdorini kamayishi hujayraning hayotiy zarur jarayonlarini susayishiga olib keladi. Bunday vaziyat anabioz deb ataladi, qisqa qilib aytganda suv-hayotiy zarur komponentlardan biridir.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish