Tuban zamburug‘larga:Xitridiomitsetlar (Chytridiomycess), Oomitsetlar (Oomycetes)va Zigomitsetlar (Zugomycetes) sinflari kiradi. Yuksak zamburug‘larga esa Askomitsetlar (Ascomycetes), Bizidiomitsetlar (Basidiomycetes) va Deutromitsetlar (Deutromycetes) sinflariga kiradi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi ipsimon gifalardan iborat mitseliydan tashkil topgan Tuban zamburug‘lar mitseliysi bo‘g‘inlarga bo‘linmagan, yuksak zamburug‘lar esa ko‘p hujayrali mitseliydan tashkil topgan. Mitseliyning sirti bir, ikki yoki qavat qattiqqobiq bilan qoplangandir, bu esa vegetativ t anaga ma’lum bir shakl berib turadi. Zamburug‘ hujayrasi sitoplazma vakuoli va bir qator boshqa kiritmalardan iborat. Zamburug‘ mitseliylari xo‘jayin o‘simlikka nisbatan tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) bo‘ladi. Ana shu mitseliylar hosil qilgan gaustori ylar yordamida zamburug‘lar hujayradan o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqani oladi. Tashqi muhitning noqulay sharoiti ta’sirida zamburug‘ mitseliysi o‘z shaklini o‘zgartiradi. Zamburug‘ning asosiy shakl o‘zgarishlari quyidagicha: Oidiyalar - mitseliyning bo‘linishi natijasida paydo bo‘lgan xujayralar. Tashqi qobig‘i ingichka va yumaloq shaklga egadir. Misol: Xamirturush zamburug‘i.
Xlamidosporalar - mitseliylarning bo‘linishi natijasida paydo bo‘lgan xujayralar to‘plami. Ularning qobiqlari qattiqlashgan shuning uchun ular uzoq muddatgacha noqulay sharoitda saqlanish imkoniyatiga egadirlar. Misol: bug‘doyning qora kuya kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘.
Sklerotsiyalar - mitseliylarning gifalarining jipslashishi natijasida paydo bo‘ladi. Sklerotsiylar ko‘proq uchrovchi zamburug‘ tanasi bo‘lib, ularning qattiqlangan tanasi turli xil shakl va kattalikda, hamda ozuqa moddaga boy bo‘ladi. Misol: javdarning sporinya kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar.
Rizomorflar - qo‘ng‘ir rangdagi baquvvat shoxlangan iplardan tashkil topgan bo‘lib, uzunligi bir necha metr, qalinligi esa bir necha mm. ga teng keladi. Misol: openok.
Ko‘pchilik zamburug‘lar namlik yuqori bo‘lgan hamda harorat +20 -250C bo‘lgan sharoitda yaxshi rivojlanadi. Zamburug‘lar aerob (kislorodli sharoit) organizmlaridir. Ma’lum bir optimal haroratda rivojlanishiga qarab zamburug‘lar: psixrofil,mezofil va termofillarga bo‘linadi. Zamburug‘larning bir optimal haroratda rivojlanishida ozuqa muhitning rN (46) bo‘lishi eng optimaldir. Zamburug‘larning ko‘payishi. Zamburug‘lar bir necha yo‘llar bilan