JC-ea.*>yC - . К «■. / * Простой mfjyc герпеса
Корь - Вирус пврагр«гг« \ \ jf - Адемаои^с
Пх?<1 - Ресгчрлтарньа! _ * Цитомвгаловирус
Др6се»1р^ С^^гицнвгъ^й емоус V— _ _
^ . . - Паоотмт Пившмо1и«
-Бешв^тво f' .S.,PV= - в»*>ус грмгге
— .. ,, . . . S И свинк» типоеАив
ч-лрикгмт Гростос^ onps'c герпеса Н( \ /
АДемОвЫруС ' ггчгетго птта Д V|^H / * Вирус парсЭГрг
-е»«)ус Эгшт«йна«арр , » ‘тЦК / Респратосгы'1
-и^тжасгжювнр><с / * Сннтиюяпьнып
C«w«o- ’ i I • » 1 * вируг
’ 1 - Аденоои^с
Внр^с Коюсаш 3 I? 4 ^ ^ -щ ~ SARS-
иоронаирус
Ммфлйт
•MTLV-1
0*фус гепатита -ляов А 5
С. D Е
вмрус остряиой ОСТЫ _ ' /■’ _ .—• ' Гастрюамггрмг
'Гсроканрчс в чглоаеш , \ М | ‘ Длвюоиргс
'Оспа ■% И ' Рогатое
* Контагиозный uoniotK -* ^ " Ио^мвмрус
Пвггох(Ывв1 Vrc чепов«*а Зл5о1*#в*ния, s - Астс«^ир>с
-Пзрек»«р%-с 019 д»н)«иес* половым n*tH« - Koponsao»vyc
.KpacnN'xa - Простой герпес 2 nna
.Корь - Паптпомавкргс --«егкюека^ ПаммрвЛТНГ
. Вирус Коюсаш А _ BtiM - вирус Комсаки в
Vimsning hujayradan chiqishi. Vims oqsillari xojayin hujayrasi sitoplazmasidagi ribosomalarda sintezlanib, hujayra plazmatik membranasiga o‘rnashadi. Ma’lum vaqtdan keyin virus DNK yoki RNKsi aynan shu plazmatik membrana yaqiniga kelib, plazmatik membranada tashqariga bo‘rtiqchani hosil qiladi (bu gidraning kurtaklanib ko‘payishiga o‘xshaydi). Aynan shu bo‘rtiqcha ichida virus o‘zining DNK yoki RNKsi kapsidga o‘raladi. So‘ngra virus hujayradan chiqib ketadi. Bunday hollarda zararlangan hujayralar hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab qolishi mumkin. Ayrim hollarda hujayra ichida virusning konsentratsiyasi ko‘payib ketsa hujayra yoriladi - portlaydi. Bunda hujayra nobud bo‘ladi.
Bakteriofaglarning aniqlanishi. Angliyalik mikrobiolog F.V.Tvort 1915 yili mikroblaming ham kasallanishini aniqladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bu agent bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan osonlik bilan o‘tadi. Mikroor ganizmdan holi, deb o‘ylangan bu suyuqlik, qaytadan mikroorganizmlarga qo‘shilsa, mikroorganizmlar o ‘lar ekan. Tvort filtrlangan bu suyuqlikda mikroblardan ham mayda va mikroblarni o‘ldiruvchi qandaydir tirik organizm bor deb, taxmin qildi va bakteriofaglarning ochilish davrini boshlab berdi. Xuddi shu davrda, kanadalik bakteriolog F.D.Errel dizenteriya mikroblarida kasallanish alomatlari borligini anikladi. U dizenteriya bilan kasallangan kishi axlatini bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan o‘tkazilib, dizenteriya bakteriyalariga qo‘shilsa, dizenteriya
287
bakteriyalarining nobud bo‘lishini aniqladi va bakteriyalarni o‘ldiruvchi - bakteriofagiarning kashf etilishiga katta hissa qo‘shdi ("fagos" so‘zi grekcha bo‘lib, "yutuvchi" degan ma’noni anglatadi).
Elektron mikroskop yordamida bakteriofaglarning umumiy morfologiyasi o‘rganildi va ularning irsiy modda DNK (dezoksiribonuklein kislata) tutuvchi boshcha, qisqarish xususiyatiga ega oqsil qobiq bilan o‘ralgan dumcha va quyi qismida joylashgan o‘zak va fibrionlardan tashkil topganligi va bakteriofag o‘z DNK sini bakteriya hujayrasiga "shprits" mexanizmi vositasida kiritishi, hujayra ichida o‘ziga o‘xshash bakteriofaglarni hosil qilishi, DNKning reduplikatsiyasi, bakteriofag strukturasida qatnashuvchi oqsillar sintezi va virusning yetilishi kabi jarayonlar aniqlandi.
Bakteriofagiarning tuzilishi va bakteriya hujayrasiga kirishi. Bakteriya virusi - bakteriofag kapsidli boshcha, bo‘yni va retseptorli dum qismlari mavjud. Bakteriya viruslari - bakteriofaglarning hujayra ichiga kirishi biroz boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig‘i murein moddasidan iborat. Bu esa bakteriya ichiga virusni kapsidi bilan kirishiga to‘sqinlik qiladi.
4.3-rasm. Bakteriofag hujayra tuzilishi
Shuning uchun bakteriofag dastlab bakteriya qobiqlaridan chiqib turgan kipriksimon oqsil - uglevodli retseptorlarga bog‘lanadi va bakteriofag o‘zining boshchasidagi nuklein kislotasini (DNKsini) ichi kovak tayoqchasi orqali bakteriya
288
ichiga itarib kiritadi. Bakteriofag nuklein kislotasi bakteriya sitoplazmasiga tushadi, bakteriya kapsidi esa hujayra tashqarisida qoladi. Bakteriya hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning nuklein kislotasi reduplikatsiyasi (nuklein kislotaning karra ortishi) boshlanadi hamda bakteriya ribosomalarida bakteriofag oqsili sintezlanib, bakteriofag kapsidi shakllanadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bakteriya nobud bo‘ladi. Yetilgan fag tashqariga chiqadi (4.3-rasm)
Adsorbsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-retseptorlari ishtirok etadi, ya’ni virus, hujayraga kirish uchun uning retseptori hujayra retseptorlari bilan bog‘lanishi kerak. Masalan: T-bakteriofagning retseptorlari uning o‘simta, to‘g‘irirog‘i dum qismdagi fibrillarida joylashgan. T-bakteriofaglari singari, maxsus adsorbsiyalanish qismlari bo‘lmagan, sferasimon va boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor deb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha birorta virus retseptorining kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayraga kirish paytida, o‘zining fibrillari bilan hujayra devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "probka" yo‘qoladi. So‘ngra, o‘simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o‘simta o‘zga hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o‘tadi.
Nazorat savollari
Virus so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Viruslarni kim kashf qildi?
Virus atamasini fanga kim kiritdi?
Viruslar necha guruhga bo‘linadi?
Bakteriofaglar viruslarning qanday turi hisoblanadi?
289
BOB. MIKROORGANIZMLARNING MODDA ALMASHINUVI, KIMYOVIY TARKIBI VAOZIQLANISHI VA NAFAS OLISHI.
MAVZU. MOG‘OR ZAMBURUG‘LARI. ACHITQILAR REJA:
Zamburug‘lar haqida umumiy tushuncha.
Zamburug‘larning ko‘payishi.
Zamburug‘larning oziqlanishi.
Mog‘or zamburug‘lari tuzilishi.
Achitqilar haqida umumiy tushuncha.
Tayanch iboralar: tuban, oidiya, xlamidospora, sklerotsiya, rizomorf, vegetativ ko‘payish, askomitset, bazidiyamitset.
Zamburug‘lar haqida umumiy tushuncha. Hozirgi vaqtga kelib zamburug‘larning 1.000.000 dan ziyod turi bizga ma’lum bo‘lib, ular parazit va saprofit hayot kechirib, o‘simliklardagi ko‘pgina kasalliklarga sababchi bo‘ladilar.
Ular asosan morfologik, fiziologik, biologik, sitologik va shunga o‘xshash xususiyatlarga asoslanib sistematikaga bo‘linadi.
Zamburug‘lar sistematikasida sinfdan turigacha bo‘lgan nomlanish lotincha nom bilan belgilanadi.
Zamburug‘lar sistematikasi alohida (sinf, tartib, oila, turkum va x.k) o‘rtasida tashkil topgan evolyusion, tabiiy aloqalar asosida tuzilgandir. Ularning ba’zi bir xususiyatlari o‘simlik xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgani uchun (o‘sishi, ko‘payishi) hamda hayvonlarning xususiyati (glikogen modda va xitindan tashkil topganligi) mavjud bo‘lganligi uchun yangi guruhga ajratilgan. Bu guruhning nomi Fungi yoki Mycola.
Sinf - Clasis Tartib - Ordo Oila - Familiae Turkum - Yenus Tur - Species.
Hozirgi davr sistematikasi bo‘yicha zamburug‘lar 2 guruh va 6 ta sinfga bo‘linadi.
Vegetativ tanasining tuzilishiga qarab: yuksak va tuban zamburug‘larga bo‘linadi. Tuban zamburug‘larining vegetativ tanasi qobiqsiz sitoplazmali ameboid va ipsimon bir hujayrali mitseliydan tashkil topgan. Yuksak zamburug‘larda esa ko‘p hujayrali mitseliydir.
290
Tuban zamburug‘lar 3 evolyusion guruh: Uniciliata - bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar; Biciliata - ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar; Aciliata - xivchinsiz va harakatsiz sporalar hosil qiluvchi organizmlardir.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |