Askomitsetlar (Ascomysetes) - askomitsetlar yuqori taraqqiy etgan zamburug‘larga kiradi. Mitseliysi to‘p hujayrali yaxshi rivojlangan, ammo mitseliysiz shakllari ham bor. Bu sinfga achitqilar kiradi. Tabiatda keng tarqalgan, oziq-ovqat sanoatida ahamiyati katta aspergillus va penits illium mog‘orlari ham shu sinf vakillaridir.
295
Askomitsetlar va bazidiyamitsetlar jinsiy ko’payishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular zigota paydo bo’ish bilan reduksion bo‘linish yuzaga keladi. Natijada qobiq strukturalar ichida yoki tashqarisida 4 ta 8 ta jinsiy gapliod sporalar hosil bo’ladi. Ularni askomitsetlarda askolar, bazidiyamitsetlarda bazidiyalar deb ataladi. Aska jinsiy ko’payishning so‘ngi bosqichidir. Ko’pchilik askomitsetlar jinssiz yul bilan konidiyalar yordamida to‘payad i. Ko’payishning bunday shaklini taraqqiy etmagan deb yuritiladi. Zamburug‘larni juda to‘p turlari mavjud bo’ib, hozirgi vaqtda ularning faqat yetilmagan yoki taraqqiy etmagan to‘payishi, ya’ni konidiyalar hosil qilishigina ma’lum. Shuning uchun ularni taraqqiy etmagan yoki tuban zamburug‘lar - deyteromitsetlar deb ataladi. Askomitsetlarda zigota qopsimon shaklni oladi - asko, undagi yadro esa bo‘linadi, hosil bo’lib har bir qiz yadro atrofidagi sitoplazmadan hujayra po‘sti hosil bo’ib shunday qilib, xar bir asko ichida 4,8 sm va undan ortiq askospora hosil bo’ladi. Askoni yorilishi natijasida sporalar tashqariga chiqadi. Bazidiomitsetlar (bazidiomycetes) - bazidiomitsetlar zamburug‘larning yuqori taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. Ko’p hujayrali mitseliysi Bo’lib, jinsiy to‘payishda bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta o‘simtalar sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo’ladi. Ularning zigotasi kattalashib, to‘g‘nog‘ichsimon hujayra bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyalarning yuqori uchida ingichka o‘simtalar - sterigmalar paydo Bo’lib, yadrolar esa ularga o‘tadi. Voyaga yetgan bazidiya ichida 4 ta bazidiospora mavjud. Bazidiomitsetlardagi sporalarning ajralishi juda ajoyib kechadi. Bazidiospora yetilganidan keyin bazidiyaga o‘rnashgan nuqtada kichik suyuqlik tomchisi hosil bo’adi bu tomchi juda tez kattalashadi va sporaning 1\5 o‘lchamiga yetgach to‘xtaydi, so‘ngra birdaniga spora tomchisi bilan birga bazidiyadan otilib ketadi. Ularning keng tarqalgan vakillari shlyapali zamburug‘lardir.
Yerning ustida shlyapali zamburug‘larning uncha katta bo‘lmagan qismi bazidiyadan iborat meva tanasi ko'rinadi, xolos. Zamburug‘larning vegetativ qismi to‘la tuproqda yashiringan yumshoq mitseliydan iborat bo'lib, bir necha metrgacha tarqalgan bo’ladi. Plastinkali zamburug‘larning meva tanasi oyoqchada joylashgan shlyapadan iborat, u esa zich taxlangan gifalardan tashkil topgan. Shlyapaning ostki tomonida radial plastinkalardan iborat va ularning har biri minglab bazidiya tutadi. Bazidiyalar havo bo‘shlig‘iga chiqariladi va shamol yordamida yerga tushadi. Shlyapali zamburug‘lar yetilganda bazidiya sporalarning juda katta miqdori ajraladi. Dunyoning ko’pchilik mamlakataarida iste’mol qilinadigan shampinyonlar, veshenoklar va boshqa zamburug‘larni sanoat miqyosida ko‘paytirish avj olmoqda.
296
Fermentlarning chuqur sharoitida zamburug‘lar mitseliysini olish usullari ishlab chiqilmoqda Bazidiomitsetlarga trutoviye (bukokoli) zamburug‘lar ham kiradi. Bu zamburug‘lar asosan daraxtlarda o‘sadi va yog‘ochni parchalaydi. Daraxtlarda bukok zamburug‘larining mitseliysi ularning asos qismida o‘sadi, daraxt tashqarisiga zamburug‘larning meva tanasi chiqadi. Bunday meva tanalarining ostida bazidiosporalardan iborat bazidiyalar joylashgan. Ko‘pchilik bukok zamburug‘lar binolarning yog‘ochli qismini tuproqqa yaqin joylashgan yerlarini, omborlarni, bino yerto‘lalarini yog‘och qismlarini, bochkalarni va boshqa predmetlarni zararlaganligi uchun uy zamburug‘lari deb ham ataladi. Ularning orasida kuchli zarar yetkazgani uy zamburug‘idir. Yog‘och tez yumshaydi va chiriydi. Yuqori namlikda bu jarayon tez o‘tadi, chunki zamburug‘ mitseliysini daraxtning zararlanmagan qismiga o‘tkazishga amalga oshiradigan uzun qayishlar hosil qiladi. Uy zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ayrim bazidiomitsetlar ko‘p hujayrali bazidiyalar hosil qiladi. Ko‘p hujayrali bazidiya tutuvchi bazidiyali zamburug‘larga dala, poliz va bog‘ ekinlariga zarar yetkazuvchi tekinxo‘r zamburug‘lar kiradi. Ular meva tanalari hosil qilmaydi. Iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazganlari korakuya va zang zamburug‘laridir. Qorakuya zamburug‘lari gulli o‘simliklar, ayniqsa boshoqli ekinlarni zararlovchi zamburug‘lar katta iqtisodiy zarar yetkazadilar. Qorakuya zamburug‘lari o‘simliklarni barcha rivojlanish bosqichlarida zararlay oladi. Qorakuya zamburug‘lari mitseliysi gul to‘qimalarida kuchli rivojlanadi, asta-sekin changuvchi xlamidosporalarga aylanadi. Xlamidosporalar qattiq himoy a qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib, tuproqda bir necha yil o‘z hayotchanligini saqlab qolishi mumkin. Zang zamburug‘lari ham asosan tekinxo‘rlar bo‘lib tabiatda keng tarqalgandir. Bu zamburug‘lar o‘z nomini o‘simliklarning zararlangan qismlarida qo‘ng‘ir dog‘lar yoki yo‘laklar hosil bo‘lishidan olgan. Zang zamburug‘lari murakkab rivojlanish sikliga ega. Ayrim zamburug‘lar to‘la rivojlanish siklini bitta o‘simlikda o‘tkazsa, ayrimlar ikkita o‘simlikda o‘tkazadi. Zamburug‘ sporalari tarkibidagi tanasidagi olov rangli moy tomchilari ularga zang rangini berishi bilan bog‘liqdir. Korakuya va zang zamburug‘lari xalq xo‘jaligiga juda katta iqtisodiy zarar yetkazadi.