Yirtqich zamburug’lar ekologiyasi



Download 376,88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2022
Hajmi376,88 Kb.
#516261
Bog'liq
Йиртқич замбуруғлар



YIRTQICH ZAMBURUG’LAR EKOLOGIYASI 
Tabiatda mavjud bo’lgan zamburug’lar ichida, ularning yirtqichlik bilan hayot 
kechiradiganlari ham mavjud. Yirtqich zamburug’lar qanotsiz hasharotlar va 
nematodalar bilan oziqlanadi. Yirtqich zamburug’larning ipchalari-mitseliylari 
tuproqda ko’payadi, tuproqdagi o’simlik qoldiqlari va boshqa chirindilar bilan 
oziqlanadi, zamburug’ oziqasining bir qismini o’zi ushlab olgan o’ljasidan oladi. 
Yirtqich zamburug’larga xitridiomitsetlar, zigomitsetlar va oomitsetlardan tashkil 
topgan turkum taksonomik guruhlardan iborat. Bu zamburug’larga bo’lgan qiziqish 
keyingi yillarda juda kuchaydi. Chunki ular yordamida zararli fitogel-mintlarga 
qarshi kurashda yaxshi samara berayotir. Yirtqich zamburug’larning mitseylarida 
har - xil tutqich vazifasini bajaruvchi moslamalar riiojlanadi, bu moslamalar tarkibi 
yopishqoq kleysimon bo’lib, ular yordamida o’ljasiga yopishib oladi, uning tanasida 
ko’payib halok qiladi. Yirtqich zamburug’lar asosan zararli nematodalarni kuchli 
darajada zararlaydi 1979 yilda Mixtaev va 1981 yilda Frantsiyalik R. Ferronlarning 
yozishlariga qaraganda yirtqich zamburug’larni laboratoriya sharoitida ko’paytirib, 
zamburug’ suspenziyasini tuproqqa o’tkazishdan bir oy oldin purkab qo’yilganida 
ekinlarni 18 oygacha zararli nematodalardan himoya qilib turganligini e’lon qilgan. 
Demak, yirtqich zamburug’larni zararli nematodalarga qarshi ishlatib yuqori
samara 
olish mumkin zkan.
 
Yirtqich zamburug’lar Zamburug’lar orasida sodda hayvonlar, nematodalar 
va mayda, qanotsiz, tuban hasharotlar bilan oziqlanadigan turlar guruhi ham 
ma’lum. Yirtqich zamburug’lar tuproqda, o’simlik qoldiqlari va boshqa 
substratlarda rivojlansada, ko’pincha ozuqa moddalarni ular changallab olgan 
o’ljasining to’qimasidan oladi. O’lja tanasi ular uchun yashash muhiti bo’lmay, balki 
yirtqich hasharotlarniki singari, faqat ozuqa manbaasi hisoblanadi. O’ljani zabt etish 
bu yirtqich zamburug’lar uchun yagona akt bo’lib, parazitizmga o’xshash birgalikda 
yashash jarayoni emasdir. Yirtqich zamburug’lar yig’ma ekologik guruhlarga: 
xitridiomitsetlar, zigomitsetlar (zoopassimonlar tartibi) va oomitsetlar (zigomitsetlar 
tartibi, zoofagus turkumi) sinflariga oid turli taksonomik guruhlarga tegishlidir. 
Ammo ularning ko’pchilik turlarini takomillashmagan zamburug’lar sinfining 
gifomitsetlar tartibi birlashtiradi. Yirtqich zamburug’larni zararli fitogelmintlarga 
qarshi qo’llashdagi muvaffaqiyatli urinishlar bu guruh organizmlariga bir muncha 
qiziqish uyg’otdi. Yirtqich zamburug’lar vegetativ mitseliylari yaxshi shoxlangan, 
gifalari septalangan, eni 5-8 mkm gacha. Konidiyalari tik turuvchi, tuzilishi har xil 
va bir yoki bir necha septalari bo’lgan konidioforalarda rivojlanadi. Artrobotris 
(Arthrobotrys) turkumi zamburug’lari konidiyalari ikki hujayrali. Birinchi konidiya, 
konidiofora uchida rivojlansa, keyin pastda yangi o’suv nuqtasi hosil bo’ladi va 
yangi konidiya rivojlanadi, shu bilan birga bu jarayon ko’p marta takrorlanadi. 
Natijada konidiya boshlari ham konidioforalar uchida, ham pastroq qismida hosil 
bo’ladi. Daktilyariya (Dactylaria) turkumi vakillarining konidiforalarida ko’p 
hujayrali konidiyalar rivojlanadi, monakrosporium turkumi 23 turlarida esa alohida, 
ko’pincha markaziy hujayrasi yirikroq ko’p hujayrali konidiyalar rivojlanadi(1-
rasm). 


1-rasm. Daktilyariya (Dactylaria) 
Yirtqich zamburug’lar mitseliylarida ko’pincha yelimli tuzoqlari bo’lgan turli 
moslamalar rivojlanadi. Oddiy qilib aytganda, bu gifalarning maxsus o’simtalari 
yelimli modda (Arthrobotrys perposta) yoki sharsimon yelimli boshchalar (A. 
entomophaga) bilan qoplangan. Ammo eng keng tarqalgan yelimli tuzoq tipi – 
yelimli to’rlar bo’lib, u ko’p sonli xalqalardan iborat. Bunda uch kamerali to’r 
gifalarning kuchli shoxlanishi va ular qo’shni gifalar yoki ota-ona gifalari bilan 
tutashishi natijasida hosil bo’ladi (2-rasm). 
2-rasm. Arthrobotrys perposta 
Bunday xususiyat keng tarqalgan kam sporali artrobotrisga xosdir. Yelimli 
to’rga tekkan nematoda unga yopishadi va to’rdan chiqishga harakat qilgan sari, to’r 
bilan battarroq o’raladi. Egallab olgan to’rdan tezda kutikulani eritadigan va tana 
ichiga kiradigan gifa rivojlanadi. Ko’pincha nematoda tanasida infektsion ildizpoya 


hosil bo’lib, undan o’lja ichida gifalar rivojlanadi. Zamburug’ nematoda tanasini 
so’rishi bir sutkadan ortiqroq davom etadi.
Ayrim yirtqich zamburug’lar tuzog’i halqa shaklida bo’lib, ular yopishqoq 
moddadan xoli bo’ladi va mexanik tarzda faoliyat ko’rsatadi. Ular ancha sust 
harakatlanadi. Yirtqich zamburug’lar uzoq muddat davomida saprotroflar singari 
tuproqda yoki o’simlik qoldiqlarida yashab, turli organik moddalar bilan oziqlanadi 
va mineral azot birikmalarini o’zlashtiradi. Yirtqich zamburug’lar qo’shimcha 
energetik moddalar (qand va boshqa birikmalar) bilan oziqlantirilganida yaxshiroq 
o’sishi va nematodalarni faolroq tuzoqqa tushirishi qayd qilingan. Yuqorida 
keltirilgan yirtqich gifomitset turlarining sof kulturalari oson ajratiladi va ular sun’iy 
ozuqa muhitida yaxshi o’sadi, ammo muhitda nematodalar bo’lmasa tuzoqlar hosil 
qilmaydi. Sof kulturaga nematodalar kiritilsa, tuzoqlar 24 soatdan keyin hosil 
bo’ladi. Tuzoqlar hosil bo’lishini tezlashtirmoq maqsadida nematodalar 
yashayotgan muhitga steril suv qo’shish mumkin. Frantsiyada (Ferron, 1981) 
Arthrobotrys avlodiga oid yirtqich zamburug’ gall hosil qiluvchi nematodalarga 
qarshi issiqxonalarda muvaffaqiyatli qo’llanilgan.
4-rasm. Arthrobotrys 
Ko’chat ekishdan bir oy oldin tuproqqa zamburug’ suspenziya purkash 
o’simliklarni nematodalardan 18 oy davomida ishonchli himoya qiladi. 
 

Download 376,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish