Chirish jarayoni (ammonifikatsiya). Azot - hayvon va o simlik oqsillarining, ya’ni tirik materiyaning zarur va doimiy qismidir.
Azot miqdori havo tarkibining taxminan 4/5 qismiga to‘g‘ri keladi, shunga qaramay yashil o‘simliklar va hayvonlar havodan azotni o‘zlashtira olmaydi, balki faqat kimyoviy bog‘langan azotni assimilyatsiya qiladi.
O‘simliklar faqat anorganik azotni ammoniyli tuzlar shaklida o‘zlashtira oladi va nitrat kislota tuzlarini osonroq o‘zlashtiradi, nitratlar o‘simlik tanasida organik azot birikmalariga aylanadi, bular esa o‘simlik oqsilining tarkibiga kiradi. Hayvon organizmi o‘simlik oqsilini iste’mol qilib, parchalaydi va o‘z oqsilini sintez qiladi. Organik azotdan doimo anorganik azot hosil bo‘lib turishi uchun mikroblar ishtirok etishi shart, ular murakkab organik birikmalarni parchalaydi, so‘ngra o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradigan nitratlarni hosil qiladi. Shu tariqa, dalalar hosildorligi va qolaversa butun organik hayot tuproqdagi ba’zi
335
mikroblar faoliyatiga bog‘liq.
Chirish jarayoni. Turli organizmlarning jasadlari, shuningdek ularning chiqindilari (go‘ng, najas, siydik) tuproqqa tushadi va unda muayyan harorat va namlikda chirituvchi mikroblar ta’sirida parchalana boshlaydi. Chirish — azotli moddalarning mikroblar tomonidan parchalanishidir. Odam va hayvonlarning yo‘g‘on ichagida chirituvchi mikroblar ayniqsa ko‘p, shuning uchun jasadlarning chirishi qorin bo‘shlig‘idan boshlanadi. Dastlab oqsillar anaerob sharoitda parchalanadi va oqsil molekulasi chala parchalanadi, so‘ngra aerob sharoitda esa oqsilning parchalanishi to‘laroq bo‘ladi - chirishning oxirgi mahsulotlari vujudga kelguncha davom etadi. Havo bemalol tegib to‘rgandagi chirishni tutash deyiladi. Oqsil parchalanishining bosqichlariga qarab, chirishda goh anaerob mikroblar, goh aerob mikroblar qatnashadi. Anaerob mikroblardan V.putrificus, V.sporogenes va boshqa mikroblar, aerob mikroblardan esa V.proteus, V.mycoides, mog‘or zamburug‘lari va boshqa mikroorganizmlar chirish jarayoniga sabab bo‘ladi.
Oqsil molekulasi sekin-asta polipeptid, pepton, albumoza, aminokislotalargacha parchalanadi, bunda sassiq hidli moddalar - indol, skatol, vodorod sulfid ajralib chiqadi.
Oqsil oxirigacha parchalanganda ammiak, vodorod sulfid, karbonat angidrid, suv, vodorod hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi havoga ko‘tariladi, boshqalari, masalan, ammiak tuproqdagi anorganik tuzlar bilan qo‘shilib, ammoniy tuzlarini hosil qiladi.
Chirish jarayonini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar. Quyida chirish jarayonini qo‘zg‘ovchi mikroorganizmlardan eng ko‘p tarqalgan turlaridan misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |