O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi


Ekzotoksinlarning xossalari



Download 6,93 Mb.
bet97/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Ekzotoksinlarning xossalari. Ekzotoksinlar spetsifikligi bilan ajralib turadi. Buning ma’nosi shuki, ekzotoksinlarning organizmga ta’siri muayyan organ va to‘qimalarning ko‘proq zararlanishida ko‘rinadi. Masalan, qoqshol ekzotoksi ni nerv sistemasiga zarar yetkazadi, natijada bemorning muskullari tortishadi; difteriya ekzotoksini yurak-tomirlar sistemasiga, buyrak usti bezlariga zarar yetkazadi va h.
Ekzotoksinlar bir muncha kam chidamliligi bilan ta’riflanadi; isitish, yorug‘lik va turli kimyoviy moddalar ta’sirida oson parchalanadi. Ekzotoksinlarning yana bir xossasi shuki, ular g‘oyat kichik dozada ta’sir etadi. Mikroblarning ekzotoksinlari eng kuchli zaharlardan biridir.
Hayvon organizmiga kirgan ekzotoksinlar darhol ta’sir ko‘rsatmay, muayyan inkubatsion davr - bir necha soat, bir sutkaga qadar va undan ortiq vaqtdan keyin ta’sir etadi. Ekzotoksinlarning turli kimyoviy zaharlardan muhim farqi ham shu.
Endotoksinlar ekzotoksinlardan farq qilib, qat’iy spetsifik bo‘lmaydi va organizmga kiritilgan taqdirda bosh og‘rig‘i, darmonsizlik, halloslash va shu kabi umumiy zaharlanish belgilarini yuzaga chiqaradi. Endotoksinlar ekzotoksinlarga nisbatan chidamliroq; ba’zi endotoksinlar hatto qaynatishga ham chidaydi. Endotoksinlar kimyoviy tarkibi bilan ham ekzotoksinlardan farq qiladi, chunki ular oqsil moddalardan emas, balki polisaxaridlar va lipoproteidlardan tuzilgan. Endotoksinlarning organizm uchun zaharliligi ekzotoksinlarnikidan ancha kam.

  1. Infeksion jarayonning paydo bo‘lish sharoiti va ta’rifi. Infeksion jarayon yuzaga chiqishi uchun faqat patogen mikroblarning o‘zi kifoya qilmaydi. Mikrob muayyan darajada virulent bo‘lishi va bundan tashqari, organizmga yetarli miqdorda kirishi kerak, lekin ba’zi bir kasalliklarda, masalan, septik kas alliklarda bakteriya xojayralarining soni unchalik katta rol o‘ynamaydi. Mikroblarning kichik dozalari kirgan joyida osonlik bilan yo‘q qilinishi mumkin va infeksion kasallik yuzaga chiqmasligi tabiiy.

Mikroblarning miqdoridan tashqari, bir qancha hollarda organizmga mikroblarning qayerdan kirganligi ham ahamiyatli. Ba’zi infeksiyalarning o‘ziga xos «kirish yo‘llari» bor, shu yo‘llardan tashqari mikrob organizmga kira olmaydi va kasallik paydo qila olmaydi.
Biroq organizmga kirgan joyidan qat’iy nazar, kasallikka sabab bo‘ladigan patogen mikroblar ham bor. Tuberkulyoz, toun, brusellyoz tayoqchalari misol bo‘la oladi. Lekin bu holda ham mikrobning kirish usuli o‘z ahamiyatini har holda saqlaydi; mikrobning kirish usuliga qarab, kasallik manzarasi har xil bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, infeksion jarayonning vujudga kelishida
342


mikroorganizmlarning holati eng muhim ahamiyatga egadir.


Organizmning muayyan infeksiyaga moyilligi kasallik avj olishi uchun birinchi zarur shartdir. Odamlar ba’zi infeksiyalarga (qizamiq, toshmali tif) juda ham moyil bo‘lgani holda, qorin tifi kabi kasalliklarga unchalik moyil bo‘lmaydi (40 - 50%), juda oz kishilargina serebrospinal meningitga moyil bo‘ ladi. Odamning yoshi katta ahamiyatga ega. Masalan, 6 oylikkacha bolalarda qizamiq, difteriya juda kamdan- kam kuzatiladi, lekin shu kasalliklar 1 yoshdan 8 yoshgacha bolalarda ko‘proq uchraydi. Katta yoshdagi kishilar ko‘k yo‘tal, skarlatina bilan kamdan-kam kasallanadi.
Turmush, ovqat, mehnat sharoiti, och qolish yoki uzoq vaqt to‘yib ovqat yemaslik, asabiy va ruhiy travmalar organizmning chidamini juda pasaytirib yuboradi. Shu bilan birga tiqilinch yashash, sanitariyaga xilof sharoit, madaniy saviyaning pastligi yuqumning doimo aylanib yurishiga qulay sharoit tug‘diradi, bunday vaziyatda yangi kasalliklar osongina ro‘y beradi.
Demak, infeksion kasalliklarning paydo bo ‘lishida jtimoiy omillar yetakchi rol o’ynaydi.
Har qanday patologik jarayon kabi, infeksion kasallik biror ayrim organ yoki to ‘qimaning kasalligi emas, balki butun organizmning kasalligidir.
Infeksion jarayonning birinchi xususiyati shuki, kasallik belgilari infeksiya yuqqandan keyin darrov paydo bo‘lmay, yashirin (inkubatsion) davr deb ataluvchi muayyan vaqtdan so‘ng paydo bo‘ladi. Bu davr bir necha (4-6) soatdan tortib bir necha kungacha (difteriya va b.) va hatto bir necha (2-3) haftagacha (qorin tifi, toshmali tifda) davom etadi, ba’zan esa hatto oylab (quturish kasalligida) va yillab (moxov kasalligida) cho‘ziladi.
Inkubatsion davr mobaynida, bir tomondan, mikroblar yangi sharoitda ko‘payadi va ularning zaharlari to‘planadi, ikkinchi tomondan, odam organizmining mikrobga va uning zaharlariga nisbatan reaktivligi oshadi, bular esa kasallik belgilarining paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.
Inkubatsion davrdan keyin darak beruvchi simptomlar davri (prodroma) boshlanadi, bu davr kasallikning ba’zi umumiy belgilari yuzaga chiqishi bilan: haroratning bir oz ko‘tarilishi, umumiy betoblik va shunga o‘xshash belgilar bilan ta’riflanadi.

  1. Infeksiya turlari, manbalari va uning o‘tish yo‘llari. Immunitet turlari, organizmning tabiiy himoya vositalari. Infeksiya turlari o‘tkir va xronik infeksiyalarga tafovut qiladi. O‘tkir infeksiyalar to‘satdan boshlanishi va qisqa davom etishi bilan ta’riflanadi (qizamiq, toshmali va qaytalovchi tiflar). Ba’zi infeksiyalar, masalan, tuberkulyoz yoki brusellyoz ko‘pincha xronik tusda o‘tib, hamisha uzoq davom etishi bilan farq qiladi.

Kasallik yuqqan odam yoki hayvon infeksiya manbai hisoblanadi.
343


Odamdan infeksiya o‘tish yo‘llari juda xilma-xil bo‘lishi mumkin;



Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish