O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi


Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda butun mikroorganizmlar to‘rtta katta guruhga bo‘linadilar



Download 6,93 Mb.
bet208/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda butun mikroorganizmlar to‘rtta katta guruhga bo‘linadilar:

  • Fotoavtotroflar - energiya manbai sifatida yorug‘lik va uglerod manbai sifatida C02 ni ishlatadilar. Bu kategoriyaga fotosintez qiluvchi bakteriyalar kiradilar.

  • Fotogeterotroflar - energiya manbai sifatida yorug‘lik va oziqa sifatida organik moddalarni ishlatadigan mikroorganizmlar. Bularga yashil va to‘q qizil rangli bakteriyalar kiradi.

  • Xemoavtotroflar - kimyoviy energiya manbai va uglerod sifatida C02 ni ishlatadilar.

  • Xemogeierotroflar - kimyoviy energiya manbai va asosiy uglerod manbai sifatida organik moddalarni iste’mol qiladilar.

531



  • Nafas olish protsessida hosil bo‘ladigan energiyaning bir qismi mikroorganizmlarda yorug4lik energiyasi shaklida tarqaladi. Kislorodga bo‘lgan munosabatiga qarab, bakteriyalarni bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Ko‘pchiligi havo kislorodi bo‘lishini talab qiladi, bular aeroblardir. Aksincha, anaeroblar havo kislorodi bo‘lmasa yaxshi rivojlanadi, bular anaeroblardir. Fakultativ anaeroblar substratda oz miqdorda kislorod bo‘lsa yaxshi rivojlanadi.

1. Obligat aeroblar atmosferada 21% kislorod bo‘lsa yaxshi rivojlanadi. Odatda, suyuq va qattiq oziq muhiti yuzasida o£sadi (vabo vibrioni, sarsinalar, sil tayoqchalari va boshqalar).

2. Mikroaerofillar oz miqdorda (10%) kislorod bo‘lsa ham o‘sa oladi (sut kislotali bijg‘ituvchilar).

3. Fakultativ aeroblar molekulyar kislorod bo‘lmasa ham ko‘paya oladi (ko‘pchilik patogen va saprofit bakteriyalar).

4. Obligat anaeroblar kislorod bo'lsa rivojlana olmaydi. Kislorod cheklovchi salbiy faktor (qoqshol klostridiysi, botulizm, gazli gangrena tayoqchalari).

532



  1. Mikroorganizm fermentlari. Mikroorganizmlar metabolizmi va undagi jarayonlami tushunish uchun, awalo bu jarayonlarda qatnashadigan fermentlar va ularning funksiyalari bilan qisqacha tanishish lozim. Fermentlar biologik katalizatorlardir. Ular, bir vaqtning o'zida minglab reaksiyalami olib boradi va shu reaksiyalar metabolizm asoslarini tashkil etadi. Fermentlar odatda, u parchalaydigan substrat nomiga «aza» ko‘shimchasi qo‘shib nomlanadi. Sellyulaza sellyulozani, sellobiaza sellobiozani, ureaza mochevinani parchalaydigan fermentlardir. Ferment olib boradigan reaksiyasining kimyoviy tabiatiga qarab ham nomlanadi.

Fermentlar olti sinfga bo‘lmadi.

  1. Oksireduktazalar - oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boradi, biologik yo‘l bilan energiya olishda ishtirok etadi. Degidrogenazalar (NAD, NADF, FAD), sitoxromlar (v, s, si, a, al), N, elektronlar va kislorodni olib o‘tuvchi fermentlar jumlasidandir.

  2. Transferazalar - ayrim radikallarni o‘tkazuvchi fermentlar. Masalan, atsetil transferazalar - sirka kislota qoldig‘i (CN3CO-) va yog‘ kislota molekulalarini, fosfotransferaza (kinaza) fosfat kislota qoldig‘ini (H2P03 2-) o£tkazadi. Shu xil fermentlardan aminotransferaza va fosforilazalarni ko‘rsatish mumkin.

533



  1. Gidrolazalar - oqsil, moy, uglevodlarni suv ishtirokida parchalaydi, sintezlaydi. Peptidogidrogenazalar oqsil va peptidlami, glyukozidgidrolazalar uglevod va glyukozidlarni (v-fruktofuranozidaza, a-va P-amilaza, v-galaktozidaza va h.k.); esterazalar murakkab efirlami parchalaydi va sintezlaydi (lipazalar va fosfatazalar).Liazalar - substratlardan kimyoviy guruhlar radikallarini olib qocsh bog‘ hosil qiladi yoki kimyoviy guruhlarni radikallarini qo‘sh bogclarga ulaydi. М., piruvatdekarboksilaza pirouzum kislotadan karbonat angidridni ajratib tashlaydi:

  2. CN3COCOON — CN3CON + C02 pirouzum sirka kislota aldegidi Aldolaza fermenti ham shu guruhga kirib olti uglerodli fruktoza-1.6-difosfatni ikki uch uglerodli birikmaga ajratadi.

  1. Izomerazalar - organik moddalami ularning izomerlariga aylantiradi. Izomerlanish molekula ichidagi atomlar, radikallar va guruhlaming o‘mini o‘zgartadi. Uglevodlar, organik kislotalar va aminokislotalaming izomerlanishida qatnashadi. Bu fermentlar metabolizmda katta rol o‘ynaydi. Ularga triozafosfatizomeraza, glyukozafosfatizomerazalami misol qilib keltirish mumkin.

  2. Ligazalar - oddiy moddalardan murakkab moddalami sintezlaydi. Masalan, asparaginsintetaza fermenti asparagin kislota va ammiakdan ATF ishtirokida asparagin amidini, ADF va fosfat kislota hosil qiladi.

534



  • Fermentlar erkin aktivlashtirish energiyasini pasaytirib kimyoviy reaksiyalami tezlashtiradi. Fermentlarni boshqa katalizatorlaridan farqi ulami olib borayotgan kimyoviy reaksiyalarini spetsifikligidir. Har bir ferment faqat bitta ma’lum reaksiyani olib boradi. Ferment molekulasining substrat birikadigan katalitik markazi ma’lum fazoviy konfiguratsiyaga ega bo‘lib, u faqat substrat molekulasigagina mos keladi. Fermentlaming aktivligi ferment va substratning konsentratsiyasiga, temperaturaga, pH ga va boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir ferment uchun o‘z temperatura va pH optimumlari mavjud.

  • Odatda bunday fermentlar gidrolitik fermentlar bo‘lib, katta molekulali birikmalami (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, mumlar, neft, parafin va h.) parchalab hujayraga o‘taoladigan holatga keltiradi va hujayra tomonidan oziqa modda sifatida o‘zlashtiriladi.

Mikroorganizmlami tabiatda moddalarni aylanishidagi buyuk roli ana shunda muj as samlashgandir.

535


7-MAVZU. FIZIKAVIY OMILLARNING


MIKROORGANIZMLARGA TA’SIRI

Reja:

  1. Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlar hayot faoliyatiga ta’siri.

  2. Fizikaviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri.

  3. Namlik.

  4. Bosim.

  5. Harorat.

  6. Yorug‘lik.

  • Tashqi muhit sharoitlar qanchalik mos boTsa, mikroorganizmlar shunchalik tezko‘payadilar. Mikroorganizmlarni tashqi muhit bilan aloqasi, ulami butun rivojlanish davrida davom etadi va ko‘p qirrali xarakterga ega.

  • Harorat, oziqa moddalarining miqdori, bosim, pH va boshqa bir qator omillami o‘zgarishi natijasida mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi buziladi, oqibatda ulami o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi. Mikroorganizmlaming rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha omillar uch guruhga bo‘linadi: fizikaviy; kimyoviy va biologik omillar.

536



  1. Fizikaviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri. Fizikaviy omillardan eng katta ahamiyatlisi - namlik, moddalar miqdori, harorat, bosim, radiatsiya, yorug‘lik bo‘lsa, kimyoviy omillarning ahamiyatlisi - muhitning pHi, kislorod va har xil kimyoviy moddalar; biologik omillardan esa mikroblarga qarshi moddalar, biostimulyatorlar diqqatga sazovordir.

  2. Namlik - mikroorganizmlar hujayrasida bir murakkab, makromoddalar parchalansa, boshqa bittasi kichik molekulalardan paydo bo‘ladi. Har ikkala jarayon ham ko‘plab biokimyoviy jarayonlar natijasida amalga oshiriladi.

  1. Bosim. Osmotik bosim - mikroorganizmlami hayoti uchun katta ahamiyatga molik omil muhitni bosimi bo‘lib, u muhitda erigan moddalar miqdori bilan o‘lchanadi. Agar oziqa muhitida erigan moddalami miqdori baland bo‘Isa, osmotik bosim oshadi, ba’zida hujayra ichidagi suv tashqariga chiqa boshlaydi, hujayra suvsizlanadi, tashqi muhit bilan almashinuv jarayonlari buziladi, oqibatda plazmoliz boshlanadi va hujayra nobud bo‘ladi. Ko‘pgina bakteriyalar, hujayra devorining o‘ziga xosligi va sitoplazmatik membranalarini boshqaruv funksiyalari tufayli tuzlar miqdoriga unchalik e’tibor bermaydilar, hatto 0,5-3,0% - li tuzli eritmalarda ham yashayveradilar.

537

1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish