Don massasi namligi;
Don massasi harorati;
Don massasining havo bilan ta’minlanishi;
Don yuza qismining holati;
Aralashmalarning miqdori va tarkibi.
Mikroorganizmlarning 80-96% ini suv tashkil qiladi. Don massasining kritik namligi 0,5-1,0% miqdorga o‘zgarganda mikroorganizmlarning hayot faoliyati jadallashib ketadi.
Namlikni xush ko‘rishi bo‘yicha mikroorganizmlar 3 guruhga bo‘linadi:
Kserofitlar W = 14-16 %;
Mezofitlar W = 16-18 %;
Gidrofitlar W > 18 %.
Zamburug‘lar asosan kserofitlarga taalluqlidir. Gidrofitlarga esa bakteriyalar va ayrim achitqilar misol bo‘ladi. Ularning hayot faoliyati don namligi 18% dan yuqori bo‘lganda keskin rivojlanadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyatlarining haroratga bog‘liqligiga qarab 3 turga bo‘linadi:
Psixrofillar (kam issiklikda t<20°C);
Mezofillar (o‘rtacha don harorati 20-40°C);
Termofillar (t>40°C).
Psixrofillarga - zamburug‘lar kiradi. Yuqori haroratda rivojlanadigan mikroorganizmlarga bakteriya va ayrim achitqilarni misol qilish mumkin.
Penisillum - mikroorganizmlar - 5°C haroratda ham yashashi mumkin. Bundan tashqari mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga havo har kuchli ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |