Mikrobiologik ishlab chiqarishning namunaviy texnologik chizmasi
SHuningdek, xavoni va ekish materialini tayyorlash xam mikroorganizmlarni intensiv o’sishi va rivojlanishi ketadigan aralashtirish va aerasiya sharoitlarini o’z ichiga oluvchi fermentasiya jarayoniga bog’liq bo’ladi. Keyin kulutural suyuqlik,qayta ishlanadigan qoldiq suyuqlikdan biomassalarni ajratish bosqichiga beriladi.
Ishlab chiqarishda fermentatordan chiquvchi kulutural suyuqlikdan oxirgi mahsulotni ajratib olishda biomassaning ajratilish xususiyati asosiy rol o’ynaydi.
Ekish materialini olish bosqichi
Ekish materiali - deb - produsent - mikroorganizmning toza kuluturasini ishlab chiqarish uskunalarida o’stirish uchun tayyorlangan rivojlangan kuluturalar (miqdori) majmuasiga aytiladi.
Ekish materialini olish uchun laboratoriyalarda saqlanayotgan dastlabki kuluturalardan foydalaniladi. Xar bir ishlab chiqarishda foydalaniladigan kuluturaning nomlanishi (avlodi, turkum va turlari), kolleksion nomeri, seriyasi, o’rganilgan sanasi, faolliklarining o’rtacha darajalari, saqlanish muddati kabi ko’rsatkichlari aniqlanganligi xaqida pasporti bo’lishi lozim.Ushbu pasportda kuluturani o’stirish uchun mo’tadil oziqa muxiti va uning tavsifi xamda kuluturani saqlash usullari keltirilgan bo’ladi. Mikroorganizmlarning foydali xususiyatlari o’zgarishsiz qolishi uchun mos keluvchi saqlash usulidan foydalanish lozim.Odatda uzoq vaqt saqlangan va ko’p marotoba qayta ekilgan kuluturalarda fiziologik xususiyatlari tez va oson o’zgaradi, kuluturalarni saqlash usullari bilan tanishib chiqamiz. Bularning ko’pchiliklari mikrobiologik ishlab chiqarish zavodlarida bevosita qo’llanilmoqda
Mikroorganizm kulturalarini saqlash usullari.
Mikroorganizmlarni saqlashning asosiy vazifasi ularning xayotiy faoliyatini ushlab turish, toksonomik belgilarini turg’un saqlash, fan va amaliyot uchun zarur bo’lgan ma’lum xossalarini o’zgartirmasdan turishdir. Mikroorganizmlarni uzoq muddatga saqlash muammosi ularga anabioz sharoitini yaratish, ya’ni modda almashinish jarayonini sekinlashtirishdir.
Mikrooorganizmlarni saqlash maxsus kuluturalar to’plamida (kolleksiya) amalga oshiriladi. Katta kolleksiyalarda bakteriya, miselial zamburug’lar, achitqi zamburug’lari, suv o’tlari, tuban xayvonlar, viruslar, o’simlik va xayvon to’qimasi kuluturasi banklari mavjud. Umuman dunyo miqyosida xisoblaganda turli xil mamlakatlarda 500 dan ortiq kolleksiya faoliyat ko’rsatmoqda.
Kolleksiyalarda mikroorganizmlarni xayotiy faoliyati ko’pincha quyidagi usullarda ushlab turiladi: Doimiy ravishda qayta ekish; past va o’ta past xaroratli sharoitda saqlash; Liofilizasiya; quritish; mineral yog’ ostida saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |