Ekish materialini olish.
Ekish materialini olish oddiy laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi: dastlab probirkalarda,so‘nga kolbalarda mikrobiologik tebratgichda keyin 2-53 hajmli ekish fermentyorlarida o‘stiriladi.O‘stirish harorati 28-300S, oziqa muhiti rn darajasi 6,8-7,5; o‘stirish davomiyligi esa har bir bosqichda 24 soat davom etadi.
Fermentatsiya.
Fermentatsiya 50m3 hajmli fermentyorda intensiv (jadal) aeratsiya va 28-30 0 C haroratda olib boriladi. O‘stirish davomiyligi 2-3 sutkaga cho‘ziladi. Bu vaqt oralig‘ida oziqa muhitida 50 g/l gacha glutamin kislota to‘planadi.
Kultural suyuqlikdan biomassa filtrlash yoki sentrifugalash orqali ajratib olinadi,cultural suyuqlik esa vakuum-bug‘latish uskunasida bug‘lantiriladi. Kristallizatsiyadan keyin glutamine kislota ajratiladi. Yanada tozaroq maxsulot olish uchun odatda qayta kristallizatsiyalash qo‘llaniladi.
Kultural suyuqlikdan glutamin kislotani ajratish uchun ionalmashish usuli ham ishlab chiqarilgan bo‘lib, bunda KU2-smolasida sorbsiyalanadi.
Smolaga sorbsiyalangan glutamin kislota yuvilgandan so‘ng kolonkada 0,5-5,0% li ammiakli suvda elyuirlanadi. Olingan elyuat faol ko‘mirda ishlov beriladi va 40 0C haroratli vakuum ostida hajmi 3-5 martagacha kamaygncha quyultiriladi. Sulfat kislotada nordonlashtirilgan (rn 3,2 gacha) eritma 40 0C haroratgacha sovutiladi va bunda glutamin kislotaning kristallizatsiyalanishi amalga oshadi. Qayta kristallizatsiyalangan maxsulotda asosiy modda (glutamin kislota) 99,6% ni tashkil etadi.
Natriy glutamat olish
Natriy glutamat: HOOC −CH2 −CH2(NH2) −COONa − texnik glutamin kislotadan olinadi. Kislota kristallari suvda eriydi, suvli eritmani faol ko‘mir bilan ishlov berilib 60-70 0C haroratda kristallar erishi to‘liq ta’minlanadi. Keyin glutamin kislota eritmasi 45-50% li NaOH eritmasi bilan rn-6,8 bo‘lguncha neytrallanadi va shundan keyin filtrlanadi.Filtrat vakuum-bug‘latish uskunasida 40-50 0C haroratda bug‘lantirilib, so‘ngra sovutiladi.Kristallizatsiya past haroratda 3 sutka davomida amalga oshiriladi. Glutamat natriy glutamate kristallari dastlabki eritmadan sentrifugada ajratilib issiq havoda quritiladi. Tayyor maxsulot 98% asosiy moda (natriy glutamat) saqlaydi. Ba’zi mamlakatlarda oqsil parxez mahsulotlar tarkibida triptofan qo‘llaniladi. Fransiyada Dtriptofani asosida olingan shakar o‘rnini bosuvchilari ishlab chiqariladi.
“Serl-aspartam” firmasi aminokislotali shirinlashtiruvchi ishlab chiqaradi. Bu modda
shakakrdan 200 marta shirinroqdir. Bu birikma - N- L-α-aspartil L fenilalaninning metil efiri fenilalanin va asparagin kislotadan fermentlar yordamida olinadi.
SHakar o‘rnini aspartam bilan almashtirish ko‘pchilik oziqa mahsulotlarining (saqich,
konfetlar va ichimliklar) koloriyasini 95 % ga ta’mi va xidini o‘zgartirmasdan pasaytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |