Mikroorganizmlarning turli xil tuproqlarda tarqalishi
Tuproqda mikroorganizmlarning tarqalishi har xil bo‘lib, tuproq yuzasida 1-4 sm chuqurlikdagiga nisbatan kam uchraydi, chunki quyoshning UB nurlari ularni o‘ldiradi va tuproqni quritadi. Mikroorganizmlarning eng ko‘p miqdori tuproqning 10-40 sm chuqurligida bo‘ladi. Tuproqning bu qatlamida asosan biokimyoviy jarayonlar faol bo‘lib, organik moddalarning parchalanishi mikroorganizmlarning hayot faoliyatini boshqaradi. Tuproqqa suvdan, havodan, hayvonlardan va o‘simliklardan, shuningdek, sanoat korxonalaridan chiqqan oqava suvlardan ko‘plab patogen, shartli patogen mikroorganizmlar tushadi. Tuproq uchun sanitar-ko‘rsatkichli mikroorganizmlar ITGB, cl. perfingens, enterokokklar hisoblanadi. Koli-titr 10 va ortiq, perfingens – titr 0,01 va ortiq.
Tuprоqdagi mikrооrganizmlarni hisоblash uchun 1924 yili S. N. Vinоgradskiy yangi mеtоd ishlab chiqdi. Uning mоhiyati quyidagidan ibоrat. Ma’lum hajmdagi yoki miqdоrdagi tuprоq suspеnziyasidan оlib mazоk tayyorlanadi, so‘ngra u karbоl kislоtada eritilgan eritrоzin bilan bo‘yaladi va mikrоskоpda qarab mikrооrganizmlar sо‘ng hisоblanadi.
F. N. Gеrmanоv baktеrioskоpik mеtоdni yanada mukammallashtirdi. U tuprоq zarrachalariga оsh tuzi bilan ta’sir etadi. Natijada tuprоq kоmplеksidan.kaltsiy va tuprоq zarrachasi ichidagi va ustidagi baktеriyalar bo‘shaydi. Bu mеtоd bilan hisоblaganda, 1 g tuprоqdagi baktеriyalar sоni 10 milliardga yеtgan.
Tuprоq hоsil bo‘lish jarayonida, tirik оrganizmlarning: baktеriyalar, zamburug‘lar, infuzоriyalar, suvo‘tlar, o‘simliklarning ildizi va bir qatоr hayvоnlarning ahamiyati nihоyatda kattadir.
Tuproq mikroflorasini o‘rganishda olimlardan V.V.Dokuchaev, P.A.Kostchev, S.N.Vinogradskiy, V.R.Vilyams va boshqalarning qilgan ishlarining ahamiyati katta.
Tuproq prokariot va eukariotlarning yashashi va ko‘payishi uchun eng qulay obyektdir. Tuproqdagi organik va mineral birikmalarning tarkibini undagi mikroblar biotsenozini tashkil qiladigan bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va bakteriyalar boshqarib turadi. Tuproq biotsenozida albatta yuqori turuvchi o‘simliklar, hashoratlar, hayvonlar alohida o‘rin tutadi.
Tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hilda bo‘lmasdan, ular tuproqning kimyoviy tarkibi, namligi, temperaturasi, pH sharoiti va boshqa holatlariga bog‘liq bo‘ladi. namligi va ozuqa moddalari kam bo‘lgan ko‘mlik tuproqlarida 1 gr da 105 gacha, ishlov beriladigan tuproqlarida esa 108-109 gacha bakteriyalar bo‘ladi. Odatda 1 ga tuproqdagi tirik organizmlar soni 1 tonna gacha etadi. Bakteriyalarning eng ko‘p qismi tuproqda 5-15 sm chuqurligida bo‘ladi. 1,5m m chuqurlikda esa kam bo‘ladi. Tuproqda har xil autotrof va geterotroflar, aerob va anaeroblar, termo-, lizo- va psixrofill bakteriyalar yashaydi. Bularning ichida erkin holatda yashovchi, azotfiksiya qiluvchi Azotobacter Lar, Nocardia va Clostridiilarning ayrim turlari, dukkakli o‘simliklarning bakteriyalari-Rigobium Lar, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar avlodiga kiruvchi Nitrosomonas, Nitrobacter, Psevdomonas va zamburug‘lar, denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar Tiobacylus denitrificans, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar va boshqalar kiradi. Organik moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda ko‘p miqdorda aerob va anaerob bakteriyalar aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar bo‘ladi.
Tuproq mikrob biotsenozining o‘zgarishi uchun hosildorligiga, fasldagi harorat va namlikning o‘zgarishiga bog‘liqdir. Hosildor tuproqlarda Achromobacteriaceae, Pseudomonodaceae, Bacillaceae va boshqa oilalarga kiruvchibakteriyalar ko‘proq bo‘ladi. Ular kuchli fermentativ xossaga ega bo‘lganliklari uchun tuproqning pHni kislotalik tarafga o‘zgartiradilar. Bu sharoitda esa sut achitqisi bakteriyalari, achitqilar mo‘g‘or zamburug‘lari va bakteriyalar yaxshi ko‘payadi va ular moddalarni yaxshi parchalaydilar. Natijada hosil bo‘lgan kiribnatlar muhit sharoitini neytrallanishiga va ishqoriy tarafga o‘zgarishga olib keladi. Natijada qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yaxshi o‘smaydi. Undan so‘ng tuproqning tarkibidagi bakteriyalarning vegetativ formalarini soni kamayib ketadi, ya’ni ular o‘ladi, spora hosil qiluvchi bakteriyalar, aktinomitsetlar, za mburug‘lar, sodda jonivorlarning sistalari esa ko‘payib ketadi.
Biotsenozning bunday o‘zgarishi tuproqning tarkibidagi mikroblarning oqsilni ammiak va H2S hosil qilib parchalashi va ularni keyinchalik nitratlar va sulfidlariga oksidlanib, tuproqning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat esa tuproqda yangi biotsenozning hosil bo‘lishiga, ya’ni mikobakteriyalar, aktinomitsetlar, yuqori turuvchi zamburug‘larning ko‘payishiga olib keladi. Bunday hollarda sodda jonivorlarning faolligi oshadi va u lar bakteriyalar va bakteriotsidlarni kamayishiga sabab bo‘ladi (ularni ―yeydi). Tuproq har xil mineral o‘g‘itlarni solish, yuqorida ko‘rsatilgan biotsenozni izdan chiqarishi mumkin.
Tuproqqa har xil chiqindilar turli kasalliklardan o‘lgan odam va hayvon tanalari bilan patogen va shartli patogen mikroblar tushishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar odam va hayvonlarning siydik va pateslani bilan tushadi va ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi. Ularning saqlanish muddati tuproq biotsenozdagi doimiy bakteriyalarning a ntagonistik xususiyatiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Bakteriyalarning vegetativ formalari tezroq nobud bo‘ladi, ya’ni bir necha kundan bir necha oygacha. Sporalari esa bir necha o‘n yillab saqlanishi mumkin. M.V. Antracis, Cl. Tetani va boshqa.
Tuproqning sanitar-gigiyenik holati undagi termofil bakteriyalar holatiga va najas bilan ifloslanishi darajasiga bog‘liqdir.
Tuproqning shartli patogen va patogen mikroblar – esherixiyalar, salmonellalar, batsillalar, klostridiyalar bilan ifloslanishi katta epidemiologik ahamiyatga egadir. Asosan bir gr. tuproq tarkibidagi nitrobakteriyalar va enterobakteriyalar (Citrobacter, Entetobacter), Str. Fecalis, Cl. Perfringenslar soni aniqlanadi. Bunda sitrobakter va enterobakteriyalar tuproqning eskidan ifloslanganl igi, E.Coli va Str.Fecalis – yangi ifloslanganligi, Cl. Perfringens esa juda eski ifloslanganligini bildiradi, ya’ni laboratoriya tekshirish usuli bilan tuproqdagi koli-titr va perfringens titrini (Membranali filtr usuli) aniqlash orqali tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |