Eritrin hayvon eritrotsitlaridan ajratib olingan, bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi va boshqa mikroorganizmlarga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Savollar:
Biologik omillar dеganda nimani tushunasiz?
Mikroorganizmlarda simbioz hodisasini tushuntirib bеring.
Mikroorganizmlarda kommеnsalizm hodisasini tushuntirib bеring.
Mikroorganizmlarda mеtabioz hodisasini tushuntirib bеring.
Mikroorganizmlarda parazitizm hodisasini tushuntirib bеring.
9-MA’RUZA: TUPROQ MIKROFLORASI
Reja:
Tuproqning resident va alloxton mikroflorasi.
Mikroorganizmlarning turli xil tuproqlarda tarqalishi.
Granulometrik tarkib.
Asоsiy tushunchalar: urobakteriya, alloxton, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar, denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar, kоli-titri, kоli-indеks.
Tuproqning resident va alloxton mikroflorasi.
Tuproq - juda ko‘p mikroblar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi. 1 gr. tuproqda ularning miqdori bir necha yuz milliondan milliardgacha bo‘ladi. Tabiiy sharoitda tuproq mikroorganizmlar uchun eng asosiy yashash joyi va ko‘payish manbai hisoblanadi.
Tuproq mikroflorasi turlicha: nitrifikatsiya, azogifikatsiya, denitrifikatsiya, oltingugurt va temir, bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar uchraydi. Ko‘pgina mikroblar tabiatda organik moddalarni parchalashda ishtirok etadi. Mikroblar yordamida tuproqning kimyoviy tarkibi va tuzilishi o‘zgaradi. Tuproq infeksiya qo‘zg‘atuvchilarni tarqatuvchi omil bo‘lib ham hisoblanadi.
Tuproq autoxton mikroflorasi sifati tarkibi har xil, modda aylanishida o‘zining vazifasini bajaradi:
- chiritadigan mikroblar (aeroblar, protey, mog‘orlar, anaeroblar);
- nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar (nitromons - ammiakni azotli kislotasigacha oksidlaydi, nitrobacter
- azotli kislotani azot kislotasigacha oksidlaydi. Birinchisi nitratlar, ikkinchilari nitritlar hosil qiladi);
- azot fiksatsiyalaydiganlar, ildizdagilar va erkin yashovchi bakteriyalar - ular havodagi azotni olishadi va o‘simliklardan azot saqlaydigan oqsillarni (o‘simliklar foydalanadigan) hosil qiladilar;
- urobakteriyalar - mochevinani parchalashadi;
- har xil -achish jarayonlari chaqiradigan bakteriyalar (laktobakteriyalar, batsillalar va klostridiyalar, achitqilar).
Tuproqda yashaydigan hamma patogen mikroblar ikki guruhga bo‘linadi:
Tuproqda doim yashaydigan autoxton mikroblar - botulizm qo‘zg‘atuvchilari, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, fitogen bakteriyalar.
Biologik kontaminatsiya mahsulotlari bo‘lgan mikroblar (alloxton). Ular odamlar va hayvon chiqindilari bilan ajraladi (axlatda mikroblarning 60 dan ortiq turi bor, ular 8-10 ta oilaga kirishadi).
Mazkur guruhdagi mikroblar o‘z navbatida yana ikki guruhga bo‘linadi: birinchisi bir necha o‘n yillab saqlanadigan, tuproq ular uchun ikkilamchi manba hisoblangan spora hosil qiluvchi bakteriyalar kiradi, ikkinchi guruhga tuproqda odam va hayvon chiqindilari bilan tushib, bir necha soatdan bir necha oygacha yashaydigan mikroblar va viruslar kiradi: terlama salmonellalari (12 – 50 kun), shigellalar - 10 - 20 kun, vabo vibrioni - 50 kun, o‘lat qo‘zg‘atuvchilari - 30 kun, brutsellalar —150 kun, sil qo‘zg‘atuvchisi -1 yilgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |