Ishning maqsadi: Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni tayyorlashni bajarish



Download 64,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2022
Hajmi64,54 Kb.
#550795
Bog'liq
7-laboratoriya ishi



7-laboratoriya ishi: Titrimetrik analiz. Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni 
tayyorlashni bajarish. 
 
Ishning maqsadi:
 
Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni tayyorlashni bajarish.
 
Titrimetrik analizda titri aniq bo'lgan eritmalardan foydalanib, titri noma'lum eritmalarning 
titrlari aniqlanadi. Titrlash usullari qo'llaniladigan reaksiyalar (protolitometriya, oksredmetriya, 
kompleksimetriya va cho'ktirish usullari), titrlash amalini bajarish (bevosita, bilvosita, te^kari va 
reversiv) va titrlash uchun namuna olish (pipetkalash va ayrim namunalar) bo'yicha bo'linadi. 
 
Titrimetrik analizda qo'llaniladigan asboblar, ularni darajalash qoidalari 
Eritmalarning hajmini o'lchash. Eritmalaming hajmlari litrlar va kub metrlarda yoki 
ularning ulushlarida o'lchanadi. Eritmalaming hajmlarini aniq o'lchash titrimetriyada eng 
mas'ulyatli ishlardan hisoblanadi, chunki hajmni o'lchash aniqligi analizning aniqligi bilan 
bevosita bogliq. Titrimetrik analizda qo'llaniladigan muhim o'lchov asboblariga byuretkalar, 
pipetkalar va o`lchov kolbalari kiradi. 
O'lchov idishlarining sig'imini aniqlash uchun ular darajalanadi. Bunday maqsadda unga 
solingan yoki undan to'kilgan distillangan suvning massasi o'lchanadi. Suvning massasini 
olchashda uning harorati muhim ahamiyatga ega. Suvning 4 °C dagi zichligi 1 g/ml bo'lganligi 
uchun uy haroratida 1 /hajmli suv 1 kg dan kam bo'ladi. Shuning uchun ham suvga 1000-1000p 
(bu yerda, p- suvning berilgan temperaturadagi zichligi) tuzatish kiritiladi. Bundan tashqari havoda 
tortishga ham tuzatish kiritiladi, chunki jismning massasi havoning massasi miqdorida haqiqiy 
massasidan farq qiladi. Odatda bu qiymat katta bo'lmaganligi uchun uni hisobga olmaslik ham 
mumkin. 
Kislota-asosli titrlash (protolitometriya) Kislota-asosli reaksiyalarga asoslangan barcha 
titrimetrik (hajmiy) aniqlashlar kislota-asosli titrlash usuliga kiradi. Bu usulda biror kislotaning 
titrlangan eritmasidan foydalanib, ishqorlarning miqdorini yoki ishqorning titrlangan eritmasidan 
foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash mumkin. Shuningdek kislota-asosli reaksiyalar bilan 
bog`liq boshqa aniqlashlar ham o'tkaziladi. Masalan, gidrolizlanish natijasida kuchli ishqoriy 
muhitga ega bo`ladigan va shuning uchun ham kislotalar bilan titrlanadigan Nа
2
СО
3
va Na
2
B
4
O
7
ga o'xshash ba'zi tuzlar, suvning qattiqligi, ammoniyli tuzlar, organik birikmalar tarkibidagi azotni 
aniqlash kabilar bunga misol bo'ladi. 
Kislota-asosli atsidimetriya usulining asosiy ish eritmalari kuchli kislotalar - HC1, НСlO
4
yoki H
2
SO
4
, alkalimetriya usulining asosiy ishchi eritmalari ishqorlar - NaOH, KOH yoki tetraalkil 
(tetrametil- tetraetil-, tetrabutil-) ammoniy gidroksidlar eritmasidir. Lekin bu moddalar 
boshlang'ich moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun ularning 
titrlangan eritmalarini bevosita namuna tortimlari asosida tayyorlab bo'lmaydi. Bunday 
moddalarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari tayyorlanib, ularning titri malum titrli standart 
eritma yordamida aniqlanadi. Kislotalarning titrini aniqlash uchun qayta kristallanganda toza 
holda dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob beradigan bura (Na
2
B
4
O
7
10H
2
O) yoki 
soda (Na
2
СО
3
10H
2
O), ishqorlarning titrini aniqlash uchun esa, ko`pincha, oksalat kislota (H
2
C
2
O
4
2H
2
O) yoki kahrabo kislota ishlatiladi.

Titrlash uchun eritmalar tayyorlash
Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini 
tayyorlash. Xlorid kislota dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning 
uchun odatda uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, uning titri buraning standart 
eritmasi yordamida aniqlanadi. Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash uchun 
laboratoriyada mavjud bo'lgan konsentrlangan kislotaning molyar konsentratsiyasini uning 
zichligi (p) bo'yicha ma'lumotnomadan topamiz va tayyorianishi mo'ljallangan hajmli (Vt) 
eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan kislotaning hajmi hisoblanadi. 
 

Download 64,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish