6 Laboratoriya ishi : Aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar, ularning morfologiyasini mikroskopda korish. (2s)
Mashgulotning maqsadi: Aktinomitsetlar va ularga yaqin mikroorganizmlarning turli-tumanligi bilan tanishish. Mazkur laboratoriya ishi aktinomitsetlar va ularga yaqin mikroorganizmlarni organishga bagishlangan. Laboratoriya ishini bajrishdan maqsad turli mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi, oziga xosligi haqida axborotga ega bolish.
Kerakli asbob-uskunalar: MBR-1 mikroskop, okulyar, obektiv, immersion moy, buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik obekt, tuproq namunalari, dezinfiksiyalovchi modda.
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: Laboratoriya mashgulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi boyicha yoriqnoma talablari bilan tanishtirilgan bolishlari lozim. Mazkur ishni bajarishda talabalar aktinomitsetlar va ularga yaqin mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida malumotlarga ega bolishlari kerak. Shuningdek talaba oqituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni ozboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Nazariy qism: Aktinomitsetlar va ularga yaqin mikroorganizmlarga korineform bakteriyalar, mikobakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa organizmlar kiradi. Korineform bakteriyalar qiyshaygan yoki kuchsiz shoxlangan, sharsimon formaga ota oladigan mikroorganizmlarni yigma guruhidan iboratdir. Korineform bakteriyalar, odatda harakatsiz boladi. Bu guruhga Arthrobacter (arthros - bogim) avlodi bakteriyalari kiradi. Artrobakteriyalar tuproq biotalarining katta qismini tashkil qiladi, hamda osimliklarda, suv tozalash inshootlarining faol balchiqlarida yashaydi. Artrobakteriyalarni yosh hujayralari tayoqchasimon bolib, bolinganda keskin otkir burchak hosil qilib bukiladi va qisqichlarsimon komplekslar hosil qiladi. Vaqt otishi bilan hujayralar qisqaradi, shar shaklini oladi. Yangi oziqa muhitida kokklar yana tayoqchasimon shaklli hujayralarga aylanadi. Bazi turlari shoxlanishga moyil bolib, mitseliy hosil bolishini boshlangich davrini eslatadi. Mikobakteriyalar haqiqiy mitseliy hosil qilmaydigan bir hujayrali organizmlardir. Yosh hujayralari shoxlangan yoki burchaksimon bolib vaqt otishi bilan kokksimon yoki tuxumsimon hosilalarga bolinadi. Mikobakteriyalar faol harakat namoyon qilmaydilar. Koloniyalari pastasimon, yumshoq, kopincha qizil, olovrang, sariq, yashil, qongir va qora rangga boyalgan boladi. Mikobakteriyalar orasida odamlarda (sil, moxov kasalliklarini yuqtiruvchi) va osimliklarda (pomidor rakini yuqtiruvchi) kasallik yuqtiruvchi vakillari mavjuddir. Aktinomitsetlar - (lotincha actis nur, myces -zamburug) nurli zamburuglar kopgina vakillarini oz ichiga oladi. Bular bir hujayrali bolib, hujayralari shoxlanib mitseliy hosil qiladi. Shuning uchun ham tashqi korinishidan zamburuglar bilan oxshash boladi. Mitseliy iplarining, giflarning diametri 0,5-0,8 mkm. Oziqa muhitlarida aktinomitsetlar momiqsimon, duxobasimon, unsimon yoki terisimon substrat bilan birga osgan koloniyalar hosil boladi. Ular pigmentlar hosil qiladi va koloniyalar havo rang, kok, siyoh rang, pushti, qongir, jigarrangga boyaladi. Bazi aktinomitsetlar vakillari komfora, iodoform, ammiak, meva hidlarini ajratadi hamda geosmin deb ataladigan maxsus moddaning borligi tuproq hidini beradi. Aktinomitsetlar orasida dorivor moddalar - antibiotiklar hosil qiladiganlari ham topilgan. Streptomitsetlar oziqa manbalariga juda ham talabchan emas, shuning uchun ular tabiatda keng tarqalgan. Ular organik murakkab moddalarni minerallashtirish jarayonida ishtirok etadi. Odamlarda aktinomikoz kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalari ham bor. Aktinomitsetlar yoki nursimon (nurli) zamburuglar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburuglarga oxshaydi (18-19- rasmlar). Ular mogor zamburuglar bilan bakteriyalar orasidagi guruhga mansub, malum shakldagi yadrosi bolmaydi. Bu gurux grammusbat bakteriyalardir. Aktinomitsetlar gifalarining uzunligi 600 mkm, eni 0,5 2 mkm va undan uzun bolgan shoxlangan mitseliy hosil qiladi (18-rasm). Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil - biri substratda (substrat mitseliysi), ikkinchisi oziqa muxit yuzasida (havo mitselliysi) boladi. Havo mitseliysida sporalar yetiladi. Aktinomitsetlar tuproqda, organik ogitlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdosh osimliklar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olinadi. Bazi patogen formalari yumshoq toqima va suyaklarni emirib, ogir kasallik - aktinomikozni vujudga keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |