6– Laboratoriya ishi : Aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar, ularning morfologiyasini mikroskopda ko‘rish. (2s) Mashg‘ulotning maqsadi



Download 120 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi120 Kb.
#296257
1   2   3
Bog'liq
6– Laboratoriya

Mikobakteriyalar. Aktinomitsetlar tartibiga Mikobakteriyalar oilasi ham kirib, ular grammusbat, yoshlik vaqtida egilgan va shoxlangan, harakatsiz tayoqchalardir. Kalta mitseliy hosil kiladi va u tezgina kalta fragmentlarga parchalanib ketadi. Bo‘linib ko‘payadi, spora hosil qilmaydi, ko‘p vakillari odam va hayvonlarda kasallik ko‘zg‘atadi (21– rasm).



35- rasm. Mikobakteriyalar: A - M. mucosum; B — M. rubrum; B-M. cyaneum;G - M. bifidum; D — M. citreum; E — M. filiforme

Miksobakteriyalar - shilimshiq bakteriyalarning eng yuksak formalari bo‘lib, ba’zilari ipsimon, ba’zilari - kokklarga o‘xshab ketadi (22 - rasm). Bularning hujayra po‘sti elastik bo‘lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini o‘zgartiradi. O‘zi ajratgan suyuqlik yordamida harakatlanadi, hivchinlari yo‘q hujayrasi ikkiga bo‘linib yoki o‘rtadan to‘siq hosil qilib ko‘payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab sistemaga solinadi. Qattiq oziqa muhitida bakteriyalar koloniyasiga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi.



36 – rasm. Miksobakteriyalarning shilimshiq tanasi:

1 - poliangium; 2- xondromitses; 3 - poliangium fizkum; 4 – mikokkus



Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish: Turli usullarda preparatlarni tayyorlab aktinomitsetlar va ularga yaqin mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘linadi. Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli sohalarida izlanishlar olib borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.

Ishni bajarish uchun ruhsat olish savollari:

1.Aktinomitsetlarning axamiyati nimadan iborat?

2.Aktinomitsetlardan preparatlarni tayyorlash qayday turlari mavjud?

3.Nusxa olish usulida preparat tayyorlash qanday amalga oshiriladi?

4.Mazkur ishdan maqsad nima?

Nazorat savollar:

1.Chin aktinomitsetlarning qanday turlari mavjud?

2.O‘xshash organizmlarga qaysilar kiradi?

3.Aktinomitsetlar qaerlarda keng tarqalgan?

4.Foydali va kasallik keltirib chiqaruvchi aktinomitsetlarga misollar keltiring.

Test savollari

.... - qiyshaygan yoki kuchsiz shoxlangan, sharsimon formaga o‘ta oladigan mikroorganizmlarning yig‘ma guruhidan iborat.

A) Sarsinalar

B) Korinoform bakteriyalar

S) Aktinomitsetlar

2. Mikobakteriyalar nima ?

A) haqiqiy mitseliy hosil qilmaydigan bir hujayrali organizmlar

B) “qisqichlarsimon” kompleks hosil qiladigan hujayralar

S) sharsimon formali hujayralar

3. Aktinomitset so‘zining ma’nosi



A) nurli zamburug‘

B) bo‘g‘imli zamburug‘

S) sharsimon zamburug‘

4. Geosmin moddasi qaysi mikroorganizmlarda mavjud?

A) mikomitsetlar

B) aktinomitsetlar

S) streptomitsetlar

5. Shilimshiq bakteriyalarning eng yuksak formalari bu-

A) Miksobakteriyalar

B) aktinomitsetlar



S) streptomitsetlar
Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish