Bakteriofagning bakteriyalar o‘zgaruvchanligining omili sifatidagi ahamiyati. Bakteriofaglar bakteriyalar o‘zgaruvchanligining qudratli omillaridir.Ulardan tirik vaksinalar olish, antigen xossalari,toksin hosil qilish va antibiotiklarga chidamlilikni bir bakteriyalardan boshqalariga o‘tkazish uchun foydalaniladi. Fagdan foydalanilganda toun mikrobi bilan vabo vibrionining avirulent shtamlari olinadi, bulardan infeksion kasalliklarning profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar tariqasida foydalaniladi.
Fag yordamida streptomitsitlar, ya’ni streptomisin ishlab chiqaradigan zamburug‘larning yuqori unumli shtamlari olinadi. Fag yordamida streptomisinga chidamlilikni salmonellalarning streptomisinga bardoshli shtamlaridan sezgir shtamlarga,toksin ishlab chiqarish xususiyatini difteriya korinobakteriyalarining toksigen shtamlariga, harakatlanmaydigan bakteriyalarga, masalan, kuydirgi bakteriyalariga harakatchanlik baxsh etish mumkin.
Savollar:
Viruslar deb qanday mikroorganizmlarga aytiladi?
Viruslarni hujayra bilan aloqa turlari
Virusni hujayra bilan o‘zaro munosabat bosqichlari qanday?
Viruslarni indikatsiya va identifikatsiya qilish usullarini tushuntiring.
Bakteriofaglar va ularni amaliyotda qo‘llanilishi.
5-MA’RUZA: MOG‘OR ZAMBURUG‘LARI. ACHITQILAR.
Reja:
Mog‘or zamburug‘larning xarakteristikasi, ko‘payishi va sistematikasi.
Achitqilarning umumiy xarakteristikasi, sistematikasi, xujayralarining shakli va tuzilishi.
Asоsiy tushunchalar: telemorf, anamorf , rizoid, mitselliy, gomotallik formalar, geterotallik formalar, nuklеoplazma, kariosoma, sporogеn, asporogеn, bipolyar kurtaklanish.
Zamburug‘lar (Fungi, Mycetes) - past tabaqali o‘simliklardan kelib chiqqan, xlorofilsiz, geterotrof organizmlardir. Hozirgi vaqtda zamburug‘lar katta eukariotlar olamiga kiradi, bu o‘z navbatida ikkita mustaqil Mycota zamburug‘lar olamiga bo‘linadi. Bular yana ikkita bo‘limga: Myxomycota va haqiqiy Eumycota zamburug’lariga ajraladi. Bular ham o‘z navbatida anamorf (jinssiz) va telemorf (jinsiy) rivojlanish, bosqichlariga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.
Patogen zamburug‘larning ko‘pchiligi deyromitset sinfiga kiradi. Ularning giflari septali bo‘lib, vegetativ hamda konidiylar (ekzosporalar) yordamida jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Bular ham o‘z navbatida sinf, tartib, oila, urug‘, tur va shtammlarga bo‘linadi. Shulardan ayrimlari saprofitlar, ba’zilari o‘simliklar, hayvonlar va odamlarda kasalliklarni keltirib chiqaradi, ya’ni patogendir. Hozirgi vaqtda zamburug‘larning 100 dan ortiq patogen turlari ma’lum.
Zamburug‘lar yosh kulturasining hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, etilgan hujayralari esa noksimon, duksimon va amyobaga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ko‘pchiligi esa silindrik hujayralarning birlashishidan mitseliy hosil qiladi. Zamburug‘lar tuzilishi bo‘yicha suv o‘tlariga o‘xshash bo‘lib, ajralib turadi, bir yoki bir necha yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Yosh kulturalarning sitoplazmasi gomogen bo‘lib, yetilganlari donachalardan tashkil topgan. Sitoplazmasida mitoxondriya, Goldji apparati, vakuola, turli kiritmalar (glikogen, volyutin, lipid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar) bor.
Zamburug‘lar hujayrasining struktural komponentini mitseliylar tashkil etadi. Ular shoxlangan, rangsiz, yo‘g‘onligi 1-10 mkm, uzunligi 4-70 mkm, iplardan (giflardan) iborat. Zamburug‘larning ayrim turlaridagi mitseliylar bo‘g‘insiz hujayralardan (Mucor), ayrim oliy zamburug‘lar mitseliylari ko‘p hujayrali, achitqisimon zamburug‘larda esa (Candida) soxta mitseliylar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |