Bog'liq Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)
Faglar bilan bakteriyalarning o‘zaro ta’siri. Fag va unga sezgir bakteriyalar bir-biriga duch kelganda ketma-ket bo‘lib o‘tadigan bir necha stadiyalar boshlanib,shularnig natijasida bakteriyalar yemirilib ketadi yoki lizisga uchraydi. Fag adsorbsiyasi: fag korpuskulalarining fag hujayra devorida joylashgan maxsus retseptorlariga birikib olishdan iborat. Fag o‘simtasi o‘z iplari bilan hujayraning maxsus retseptoriga birikib olganidan keyin silindirini qattiq nayi bakteriyaning hujayra devorini teshadi. Hujayraning sitoplazmatik membranasida fag o‘simtasidagi lizotsimnaza ferment ta’siri bilan teshik hosil bo‘ladi. Fag boshchasidagi DNK mana shu teshik orqali o‘simta kanalidan bakteriya sitoplazmasiga qo‘yiladi. Fagning bo‘sh pardasi soya ko‘rinishida hujayraning tashqarisida qoladi.
Bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalanishi mumkin bo‘lgan fag zarralarining soni o‘sha hujayradagi adsorbsiyalovchi yuza maydoniga va fagning katta-kichikligiga bog‘liq.
Latent davri: fag DNKsi bakteriya sitoplazmasiga o‘tganidan keyin boshlanadi. Bu davrning qancha davom etishi odatda fag–xo‘jayin sistemasiga bog‘liq.
Yangi fag hosil bo‘lish davri: juda murakkab jarayon bo‘lib,bu davrda fag DNKsi aqlga to‘g‘ri kelmaydigan tezlik bilan bakteriya hujayrasida hokimiyatni qo‘lga oladi va uning sintezlovchi mexanizmlarni to‘xtatib qo‘yadi. Fag DNKsi bakteriyalarni hayot-faoliyatini genetek yo‘l bilan boshqarishni o‘z qo‘liga oladi, bakteriyalar o‘z ribosomalarida fag oqsillarini va fag pardasini sintezlay boshlaydi. Latent davrining oxiriga kelib fag DNKsi va oqsil pardalari bakteriya sitoplazmasida birikadi va yetuk fag zarralarini hosil qiladi.
Hujayraning lizisi:fag bakteriya yuzasiga yopishib olganidan keyin taxminan 30 minut o‘tgandan keyin boshlanadi. Lizis lizotsimga o‘xshab ketadigan alohida litik ferment hosil bo‘lishi tufayli boshlanadi yoki shunga bog‘liq bo‘ladi, deb taxmin qilinadi. Hosil bo‘lgan fag korpuskulalari erkin bo‘lib qoladi va bakteriya boshqa hujayralarida ularning yangi rivojlanish sikli boshlanadi.
Lizogeniya. Bakteriya hujayralarini lizisga ajratadigan faglar virulent faglar deb ataladi. Bulardan boshqa mo‘ta’dil faglar bor,bular bakteriyalarga kirganidan keyin ularni yemiradi. Mo‘tadil hujayraga o‘tib olganidan keyin uning xromosomasiga qo‘shilib ketadi va shu xromosoma bilan ko‘payaveradi. Mana shunday bakteriya kulturalari lizogen kulturalar deb, xromosomaga qo‘shilgan mo‘tatil fag esa profag deb ataladi. Lizogen bakteriyalar fagni cheksiz uzoq vaqt nasldan-naslga o‘tkazib turish xususiyatini saqlab qoladi. Profag bakteriya hujayrasi xromosomasidan sitoplazmaga chiqqanda u bakteriya xromosomasining o‘ziga yaqin yotgan qanday bo‘lmasin biror xil genlarini birga olib chiqishi mumkin. Bakteriya kulturasiga mo‘tadil fag yuqishi bilan aloqador bo‘lgan hamma hodisalar lizogeniyalar deb ataladi.